Mehnat bozoridagi ikki tomonlama monopoliya. Bunday bozorda monopsonist firmaga ishchi kuchini taklif qiluvchi monopolist (kasaba uyushmasi) turadi. Ikki tomonlama monopolistik bozordagi holat quyidagi 16.15-rasmda ko`rsatilgan.
14.24-rasm. Mehnat bozoridagi ikki tomonlama monopoliya.
Raqobatlashgan bozorda muvozanat holat nuqtada o`rnatilgan bo`lar edi. Bu nuqtada mehnatga bo`lgan talab va taklif chiziqlari kesishadi. Muvozanat holatda ishchi ish bilan band bo`lib, ish haqi oladi. Lekin, monopsonist firma ish bilan band bo`lgan ishchilar sonini dan gacha qisqartirib, ish haqini dan gacha qisqartirishga harakat qiladi. Kasaba uyushmalari (monopolist) ish kuchi taklifini qisqartirib, ( gacha), ish haqini gacha ko`tarishga harakat qiladi. Shunday qilib, ish bilan band bo`lgan ishchilar sonining nisbatan kichik o`zgarishga ish haqlarining (ushbu yondashishda) bir-biridan juda katta farq qilishi to`g`ri keladi . Ushbu vaziyatda ish haqining qanday bo`lishi, qarama-qarshi turgan monopolistik va monopsonik kuchlarga bog`liq. Ko`rinib turibdiki, ish haqi muvozanat ish haqi ga ham yaqinlashishi mumkin.
Ish haqi stavkalari differentsiatsiyasi (tabaqalashuvi). Biz yuqoridagi mulohazalardan ish haqini o`zgarmas deb qaradik. Amalda o`rtacha ish haqi mutaxassisliklar bo`yicha ham, tarmoqlar bo`yicha ham, hattoki bir xil ishni bajaruvchi ishchilar bo`yicha ham farq qiladi. Masalan, avtomobilsozlik tarmog`ida ishlaydigan ishchilarning o`rtacha ish haqi, qurilish sohasida ishlaydigan ishchilarning o`rtacha ish haqlaridan farq qiladi, xuddi shunday kimyo tarmog`idagi o`rtacha ish haqi ham engil va oziq-ovqat sanoatidagi o`rtacha ish haqidan farq qiladi. Poliklinikada ishlovchi har xil kategoriyadagi vrachlarning ish haqi ham bir xil emas. Yuqori kategoriyali vrach past kategoriyali vrachga qaraganda ko`proq maosh oladi. Ushbu farqning tagida, insonlar qobiliyatining xilma-xilligi, ma`lumoti, bilimi, tajribasi, malakasi yotadi. Bulardan tashqari, ular bajaradigan ishlarning turi ham, ular oladigan daromadlarga har-xil ta`sir qiladi. Ishning murakkabligi, ishlab chiqarishning inson hayoti uchun zararli bo`lishi, ushbu sohada ishlovchilarning ish haqida ushbu zararni qoplaydigan qo`shimcha ish haqida o`z ifodasini topadi. Quyidagi 16.16-rasmda ishning og`irligi va zararligi uchun to`lanadigan qo`shimcha ish haqi ko`rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |