14-ma`ruza. Ishlab chiqarish omillari. (Kapital qo`yilmalar va kapital bozori. Mehnat bozori va korxonalarda mehnat resurslaridan foydalanish.) Reja


Download 0.72 Mb.
bet17/22
Sana08.03.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1254356
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
14-mavzu. Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot

Minimal ish haqi. Minimal ish haqi davlat tomonidan qonun orqali o`rnatiladi. Ko`p hollarda minimal ish haqi muvozanat ish haqi darajasidan yuqori qilib o`rnatiladi. Bunday holda umumiy o`rtacha ish haqi oshadi, lekin ishchilarni ishga yollash soni qisqaradi. Minimal ish haqini o`rnatilishini va uni oshirilishini kasaba uyushmalari ham ko`pincha talab qilib chiqadilar. Minimal ish haqi qanday oqibatlar bilan bog`liqligini ko`rib chiqaylik. Minimal ish haqi ko`proq malakasiz ishchilar va ish topa olmagan ishchilarga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Nima uchun deganda, malakali ishchilarga talab har doim mavjud bo`ladi, shu sababli ular minimal ish haqining oshishidan yutadilar. Quyidagi 16.13-rasmda minimal ish haqining aholi bandligiga ta`siri ko`rsatilgan.

E


14.22-rasm. Minimal ish haqi va bandlik.
Minimal ish haqi o`rnatilmaganda ishchilarning bandlik darajasi va ish haqi muvozanat holat ( nuqta) orqali aniqlanadi. Muvozanat holatda ish bilan ishchi band bo`ladi va u miqdorda ish haqi oladi. Minimal ish haqini muvozanat ish haqidan yuqori qilib belgilanishi , ish bilan band bo`lgan ishchilar sonini gacha qisqartiradi.
Monopolistik mehnat bozori. Amalda kasaba uyushmalarini monopolist deb qarash mumkin. Ular ishchilarga o`z ta`sirini o`tkazib, mehnat taklifini qisqartirib, ish haqini oshirishga harakat qiladilar. Faraz qilaylik, kasaba uyushmalari sof monopolist. Ushbu holat 16.14-rasmda keltirilgan.


14.23-rasm. Sof monopol mehnat bozorida monopolistning ish haqiga va bandlikka ta`siri.
Raqobatlashgan mehnat bozorida muvozanat nuqtada o`rnatiladi va ishchi ish bilan ta`minlanib, ish haqi oladi. Mehnat bozorida kasaba uyushmasi monopol hokimiyatga ega bo`lganligi uchun, u band bo`lgan ishchilar sonini dan ga qisqartirib, ish haqini dan ga oshirishi mumkin. Ishchilar oladigan al’ternativ foyda (iqtisodiy renta) to`rtburchak yuziga teng.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling