14-ma`ruza. Ishlab chiqarish omillari. (Kapital qo`yilmalar va kapital bozori. Mehnat bozori va korxonalarda mehnat resurslaridan foydalanish.) Reja


Daromadlarni differentsiatsiyalashuvi (xilma-xil bo`lishi, tabaqalashuvi)


Download 0.72 Mb.
bet21/22
Sana08.03.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1254356
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
14-mavzu. Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot

Daromadlarni differentsiatsiyalashuvi (xilma-xil bo`lishi, tabaqalashuvi). Shaxsiy daromadlarning tabaqalashuvining asosida ish haqining har xil bo`lishi yotadi. Ish haqining har xil bo`lishi esa quyidagi omillarga bog`liq: shaxslar qobiliyatining har xilligi, bilim darajasi, malakasi, tajribasi, mulkning va qimmatbaho qog`ozlarning notekis taqsimlanishi, ko`chmas mulkning notekis taqsimlanishi, ya`ni jamg`armaning notekis taqsimlanishi va hokazolar.
Bulardan tashqari daromadlarning notekis taqsimlanishida omad, qimmatli axborotga ega bo`lish, tavakkalchilik, shaxsiy va oilaviy munosabatlar ham ma`lum rol o`ynaydi. Ushbu omillarning ta`siri har-xil, ba`zi hollarda ular daromadlarni taqsimlashga qaratilgan bo`lsa, ba`zi hollarda notekislikni kuchaytiradi. Daromadlarni notekis taqsimlanishi darajasini, chuqurligini aniqlashda Lorents egri chizig`idan foydalaniladi.
Lorents egri chizig`ini chizish uchun koordinata sistemasini chizamiz. Gorizontal o`q bo`yicha aholining yoki oilalarning foizlardagi ulushi ifodalanadi. Vertikal o`q bo`yicha-daromadlar foizi ifodalanadi (16.17-rasm).


4.1-rasm. Lorents egri chizig`i
Odatda aholini besh qismga bo`ladi, ya`ni besh kvintelga. Har bir kvintelga (beshdan bir qismiga) aholining 20 foizi kiradi. Aholining qismlari koordinata o`qiga eng kam daromadga ega bo`lgan qismidan boshlab to eng ko`p daromad oladigan qismigacha bo`lgan ketma-ketlikda joylashtiriladi. Agar aholining barcha qismlari oladigan daromad bir xil bo`lsa, ya`ni daromad tekis taqsimlangan bo`lsa, u holda 20 foiz aholiga 20 foiz daromad to`g`ri keladi, 40 foiz aholiga 40 foiz daromad to`g`ri keladi va hokazo. Grafikdagi 0F chizig`i daromadlarni absolyut tekis (teng) taqsimlanganligini ifodalaydi. 0EF chizig`i esa absolyut notekis taqsimlanganligini ifodalaydi. Lorents egri chizig`i 0ABCDF daromadlarni real, haqiqiy taqsimlanishini ifodalaydi. Amalda aholining eng kam ta`minlangan qismiga daromadni 5-6 foizi to`g`ri kelsa, eng boy aholi qismiga 40-45 foizi to`g`ri keladi. Shuning uchun ham Lorents egri chizig`i daromadlarni absolyut tekis va notekis taqsimlanishini ifodalovchi chiziqlar o`rtasida joylashgan. Daromadlar taqsimlanishi qancha notekis bo`lsa, Lorents egri chizig`i shuncha E nuqtaga tomon botiq bo`ladi. Daromadlar taqsimlanishi qancha tekis bo`lsa, Lorents egri chizig`i to`g`rilanib 0F chizig`iga shuncha yaqinlashadi. Daromadlarni notekis taqsimlanishi darajasi Djini koeffitsientini deb belgilasak, u 0ABCDF yuzani (1-rasmda shtrixlangan yuza) 0FE uchburchak yuzasiga nisbati bilan aniqlanadi:
.
Bu erda biz nominal daromadni taqsimlanishini ifodaladik. Nominal daromadga aholi tomonidan pul shaklida olingan barcha daromadlar kiradi: ish haqi, dividendlar, foizlar, barcha transfert to`lovlari. Davlatni daromadlarni qayta taqsimlash siyosati natijasida Lorents egri chizig`i to`g`rilanib 0F chizig`i tomonga siljiydi, ya`ni Lorents egri chizig`i holatdan holatga siljiydi (16.18-rasm).



Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling