Zayomlarning qiymatini diskontirlash. Zayomlar to`lov majburiyati bo`lib, ularning mohiyati shundan iboratki, zayom beruvchi zayom oluvchiga (kreditorga) ma`lum muddat o`tishi bilan ma`lum summada pul to`laydi. Faraz qilaylik, davlat yoki biror korxonaning zayomi yaqin 10 yil ishlab chiqarishda har yilda 100 so`mdan daromad keltiradi, 10 yil o`tgandan keyin pirovard dividend 1000 so`m bo`lsin. Ushbu zayomga zayom oluvchi qancha to`lashini ko`rib chiqamiz. Buning uchun daromadlarning diskontirlangan summasini hisoblab chiqamiz.
Bu erda ham zayom qiymati foiz stavkasiga bog`liq.15.4-rasmda zayomning har xil foiz stavkalarida diskontirlangan qiymati keltirilgan. Foiz stavkasi qancha ko`p bo`lsa, zayomning qiymati shuncha past bo`ladi. Masalan, 5 foizli stavkada zayom narxi 1386 so`mni tashkil qilsa, 15 foizda u 747 so`mga teng bo`ladi. Zayomlar muddatsiz bo`lganda zayom olgan shaxs cheklanmagan muddatda har yili ma`lum o`zgarmas summa olib turadi. 1000 so`mlik dividend beradigan cheksiz muddatli zayomning narxi quyidagiga teng:
Bunday holda quyidagicha hisoblanadi:
Shunday qilib, agar foiz stavkasi 5% bo`lsa, muddatsiz zayomning qiymati so`m bo`ladi. Agar foiz stavkasi 20% bo`lsa, zayomning qiymati 5000 so`mga teng bo`ladi.
Iqtisodiy nazariyada er deganda, uning tabiiy resurslari tushuniladi, ya`ni: erning hosildorligi, undagi foydali qazilma boyliklar va hokazolar. Bunda biz erning ustki qatlamini qaraymiz, ya`ni uning ustki qatlamidan qishloq xo`jaligi mahsulotlari etishtirishda yoki qurilishda (uy-joy, maktab, korxona va hokazo) foydalanish mumkin.
14. 4-rasm. Zayom qiymatidan olinadigan diskontirlangan daromadlar yig`indisi.
2. Er bozori
Erning o`ziga xos xususiyatlaridan biri, u har doim cheklangan va uni u joydan boshqa joyga, ya`ni kapitalni ko`chirganday ko`chirib bo`lmaydi.
Er taklifi. Er taklifiga ta`sir etuvchi asosiy omillar - bu uning hosildorligi va qulay joylashganligidir. Ma`lumki, sifatli erlar har doim va har erda cheklangan bo`ladi. Sifatli, shaharlarga yaqin bo`lgan erlar yanada ko`proq cheklangan bo`ladi.
Ma`lumki, erning hosildorligi erning sifatiga, ob-havo sharoitiga, suv bilan ta`minlanishi mumkinligiga, unda mehnat qiladiganlarning bilimiga, tajribasiga va foydalaniladigan texnikaga, ekiladigan urug` sifatiga va hokazolarga bog`liqdir. Er taklifining cheklanganligi shuni ko`rsatadiki, uning taklif chizig`i absolyut elastik emas. Shuning uchun erning taklif chizig`i grafikda vertikal ko`rinishga ega bo`ladi (17.5-rasm). Taklif chizig`ining ayusolyut elastik emasligidan shu kelib chiqadiki, uning narxi (bir gektariga) qanchalik oshmasin, er taklifi o`zgarmaydi. Erning real narxi qanday bo`lishini aniqlash uchun unga bo`lgan talabni tahlil qilish kerak bo`ladi. Taklif o`zgarmasa, bozor narxini o`rnatilishida talab katta rol’ o`ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |