14-ma’ruza. Sinash asboblarining jamlanmasi yordamida qatlamdan oqimni chaqirish Ma’ruza rejasi


 Quduqlarni o‘zlashtirishda oqimli apparatlarni qo‘llash buyicha amaliy


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana26.01.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1126552
1   2   3   4   5
Bog'liq
14-m

14.2. Quduqlarni o‘zlashtirishda oqimli apparatlarni qo‘llash buyicha amaliy 
tavsiyalar 
Oqimli apparatlardan foydalanib, oqimni chaqirish texnologiyasi 1980-1985 
yillarda ishlangan. Bu texnologiya yordamida quduqlarni o‘zlashtirish bosqichida 
bosimni egri tiklanish ma’lumotlari asosida quduq tubining atrofi zonasidagi tog‘ 
jinslarining filtratsiya xossalarini, alohida bir zonasidagi hamda bir zumda ko‘p 
martalik qatlamda hosil qilinadigan depressiyani va repressiyani hosil bo‘lishi tezkor 
nazorat qilinadi. 
“Bir zumlik” bosimning depressiyasini pasayishi yoki uning tiklanishi 
tushunchasi deganda bir necha sekunddan 100 sekundgacha bo‘lgan oraliq 
tushuniladi. Oqimli apparatlardan foydalanib o‘zlashtirishda bir bo‘lak ishlarni yoki 
quduq tubi zonasiga sun’iy ta’sir qilishdi quyidagi turdagi ishlarning turi amalga 
oshiriladi; 
1. 
quduqlardan 
bosimni 
egri 
tiklanish 
ma’lumotlari bo‘yicha 
tadqiqotlash; 
2. 
qatlamning quduq tubi zonasiga bir zumda ko‘p martalik depressiyali 
va repressiyali ta’sir qilish; 
3. 
reaksiya mahsulotlarini tezkor olib chiqish uchun qatlamning zonasida 
har xil kimyoviy reaksiyalarni haydash; 
4. 
indikator diagrammalarni qurish uchun har xil depressiyalarda 
quduqqa oqimni kelishini tadqiqotlash. 
Texnologik jarayonlar qatlamga ko‘p martalik depressiya va repressiyani 
hosil qilishi, bosimni egri tiklanishini tahlil qilish imkoniyatini beradi lekin, ularni 


aniq sharoitlarda qo‘llash tavsiya qilinadi; mahsuldor yotqiziqning g‘ovakligi va 
o‘tkazuvchanligi shu konning me’yoriy qiymatidan kichik bo‘lishi afzalroq, qatlam 
mustahkam tog‘ jinislaridan tashkil topgan hamda ko‘p martalik bir zumda qatlamga 
depressiya hosil qilinganda parchalanmasligi kerak. 

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling