14-ma’ruza. Sinash asboblarining jamlanmasi yordamida qatlamdan oqimni chaqirish Ma’ruza rejasi


-rasm. Oqimli apparatlarning yer ustki jihozlarining va lift


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana26.01.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1126552
1   2   3   4   5
Bog'liq
14-m

14.2-rasm. Oqimli apparatlarning yer ustki jihozlarining va lift 
jamlanmasining sxemasi tasvirlangan. 
1-ishchi suyuqlik uchun sig‘im idishi; 2-nasos agregatlari; 3-filtrlar; 4-haydovchi chiziq; 5-
manometr; 6-bufer; 7-NKQ; 8-sirkulyatsiya klapani; 9-bosim bilan siquvchi klapan; 10-shar;11-
oqimli apparat; 12-paker13-mahsuldor qatlam; 14-mustahkamlash tizmasi; 15- tizma boshchasi; 
16-chorbamroq; 17-planshayba; 18-tez olinuvchi birikma; 19-shtuser 20-ajratgich; 21-safr 
o‘lchagich; 22-mash’ala chizig‘i; 23-ombor; 24-texnologik eritma uchun idish; 25-o‘lchov idishi; 
26-qabul idishi; a,b,v, g, z, d, n, k, l, m - zulfinlar. 
Texnologik jarayonlarni amalga oshirishda quduqning ustiga loyihaga 
muvofiq favvora armaturasi maksimal kerakli ishchi bosimdagi ishlarni o‘tkazishni 
ta’minlash, NKQlarning maksimal kerakli bo‘lgan ichki bosimdagi mustahkamlikka 
hisoblanadi. 
Quvurning orqa fazosidagi ishchi bosim pasayganda mustahkamlash 
tizmasida hosil bo‘ladigan ichki maksimal texnologik bosimga, nasos kompressor 
quvurlari esa pachoqlanishga tekshiriladi. 


Quduqning ichki jihozlari jamlanmasiga quyidagilar kiradi; oqimli 
apparatlar (barqaror, suqma va boshqa) pakerlar (mexanik, gidravlik yoki 
gidromexanik), nasos kompressor quvurlari, siquvchi, klapanlar (nasos kompressor 
quvurlarni ichki bosimga siqish uchun), sirkulyatsiya klapanlari, pakerni sinash 
uchun klapanlar. 
Quduqning yer usti jihozlari – SA 320M, SA 400, 4 AN-700 turidagi nasos 
agregatlari, 25 m
3
hajmdan kichik bo‘lmagan ishchi suyuqliklarni saqlash uchun 
hajmli idishlar; quduqdan chiqib keladigan flyuidlarni qabul qilish uchun 50 m
3
hajmdan kichik bo‘lmagan idishlar yoki omborlar; quduqlarni bostirishda 
(uchirishda) qo‘llaniladigan suyuqliklar kiradi. Quduqlarni uchirish uchun 
texnologik eritma sifatida kalsiy xlor yoki natriy xlor bilan ishlangan texnik 
suvlardan foydalaniladi. 
14.3-rasmda quduqlarga ishlov berish qurilmasi (QIBQ) tasvirlangan bo‘lib, 
u korpusdan (1) va nasosning ejektoridan (2) tashkil topgan. 
Shar (8) klapan vazifasini bajaradi va ishchi suyuqlikni ishchi qisqa quvurga 
(5) yunaltiradi va halqaga (3) qisilgan. Texnologik berkitgich (6) quvurning orqa 
fazosiga pakerni qisishni ta’minlaydi. 
14.4-rasmda quduqlarni o‘zlashtirish uchun ejektor qurilmasi (QUEQ) ning 
oqimli apparati keltirilgan. 
14.5-rasmda sinash asboblarining yer usti va yer osti jihozlarning 
bog‘lanmasining moslamalari (UGIP) keltirilgan.
Quduqlarni o‘zlashtirishda qo‘llaniladigan ejektor qurilmasining (QUEQ) 
oqimli apparati (14.4-rasm) korpusdan (1), suqma nasosdan (2) tashkil topgan 
bo‘lib, uning pastki qismiga teskari klapan montaj qilingan. QUEQ si quduqqa 
teskari klapansiz tushiriladi, apparat yordamida qatlamga bir zumda depressiya va 
repressiya hosil qiladi. Manometr oqimli nasosning pastki qismga rez’ba orqali 
biriktiriladi va bosimning o‘zgarishini qayd qiladi.
Agarda pastki qismiga chuqurlik nasosi biriktirilib, teskari klapan montaj 
qilingan bo‘lsa, bosimning egri tiklanishini sirkulyatsiyasi to‘xtagandan keyin eng 
so‘nggi momentda bosimni tushishini yozib oladi. 


Teskari klapanli oqimli nasos manometr bilan birgalikda NKQdan arqonli 
texnika yoki quvur orqa fazosi orqali teskari suyuqlikning sirkulyatsiyasi yordamida 
yer ustiga ko‘tariladi. 
UGIP turida oqimli apparat QUEQ sidan injeksiya kamerasida tenzometrik 
datchik o‘rnatilganligi bilan farq qiladi, oqimli apparatning o‘zi esa datchik bilan 
birgalikda yer usti karotaj stansiyasiga biriktirilgan. 
QUEQ kabi konstruksiyada teskari klapanga chuqurlik manometrini 
biriktirilishi oldindan ko`rib chiqilgan (-rasm). 
UGIP dagi bosimning o‘zgarish jarayonining hammasi paker tagidagi foto 
qaydlovchi yoki o‘zi yozuvchi karotaj stansiya yordamida qayd qilinadi. 
14.3-rasm Quduqlarga ishlov 
berish qurilmasi (QIBQ); 
1-korpus; 2-botgich; 3-ejektor 
suqmasining korpusi; 4-shar; 5-qisqa 
quvur; 6-o‘ya; 7-zichlovchi halqa; 8- 
aralashtirgich; 9-texnologik bekitgich. 
14.4-rasm. Quduqlarni o‘zlashtirishda 
qo‘llaniladigan ejektor qurilmasi (QUEQ); 
1-korpus; 2-ejektorli nasos; 3-muvozanatlovchi 
klapan. 



Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling