14-mavzu. Buyuk Britaniya ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda
Download 381 Kb.
|
doc 14- MAVZU docx
Parlament va hukumat.
Milliy siyosatni olib boruvchi hukumat hokimiyatning asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi. Hukumat boshlig‘i esa o‘z navbatida Jamoalar palatasida ko‘pchilikni tashkil etgan siyosiy partiya lideri bo‘lishi shart. Qabul qilingan qoidaga asosan, saylovlarda g‘olib chiqqan partiya lideri Bosh vazir etib tayinlanadi. Bu borada qirollik tanlash imkoniyatiga ega emas. U o‘z hukumatini tashkil etadi va uning faoliyatini boshqaradi. Agar mandati tugamay Bosh vazir iste’foga chiqsa, uning vakolatini o‘sha partiyaning boshqa bir lideri Bosh vazir sifatida davom ettirish mumkin. Bu qoida yangi hukumat endigina iste’fo bergan bo‘lsa, yoki parlament vakolati tugash arafasida bo‘lmagan holatdagina amal qiladi. Demak, partiya hukumat shakllanishida va uning faoliyati davomiyligida ham katta rol o‘ynaydi. Partiya yetakchisi Bosh vazir etib saylanishi va tayinlanishi uchun avvalo o‘z partiyasi ichidan yetarli mavqega ega bo‘lishi kerak. Leyboristlar partiyasida bu qat’iy qoida hisoblanadi. Konservatorlar partiyasida esa o‘zgacha o‘ziga xoslik mavjud bo‘lib, bu ayniqsa, Bosh vazir iste’fosi masalasida yaqqol namoyon bo‘ladi. 1955 yilgi parlament saylovlarida g‘olib chiqqan konservator A.Edem 1957 yil yanvarda iste’fo berishga majbur bo‘lgach, partiyaning nufuzli ta’siri ostida X.Makmillan bosh vazir etib e’tirof etilgan. 1990 yil noyabrda o‘z partiyasi tomonidan birinchi bosqichda qayta saylanmagani bois, M.Tetcher xonim Bosh vazir vazifasidan ozod etilgan edi. Uning o‘rnini partiya Nizomi qoidalariga ko‘ra, J.Meyjor egalladi. 1995 yil partiya ichidagi nizolar tufayli u iste’fo berdi, qaytadan o‘z nomzodini ilgari surdi va yana partiya lideri etib saylandi. 1997 yil maydagi parlament saylovlarida leyboristlar partiyasi g‘alaba qozonishi bilan uning lideri T.Bler hukumat tepasiga keldi. Bosh vazir o‘z mahkamasi – Kabinetni tuzadi. Kabinet bir necha yuzlab a’zolarni birlashtirgan ko‘p sonli hukumat komandasi bag‘ridagi juda muhim va oz sonli tuzilmadar. Uning tarkibiga portfelsiz vazirlar, Deportamentlarga biriktirilgan ministrlar, Davlat kotiblari, yordamchi davlat kotiblari, parlament kotiblari va ko‘pgina yetakchi muxoliflar kiradi. Bosh vazir hukumat a’zolarini o‘zi tayinlaydi va vazifalaridan ozod etadi. Jamoalar palatasining ko‘pgina a’zolari ham hukumatga kirishi mumkin. Hukumat tarkibida hatto lordlar ham uchraydi. Parlament saylovlarida bir necha partiya ishtirok etsada, keskin raqobat asosan asosiy ikki partiya orasida kechadi.
Download 381 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling