14-mavzu. Buyuk Britaniya ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda


Download 381 Kb.
bet5/17
Sana16.06.2023
Hajmi381 Kb.
#1516558
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
doc 14- MAVZU docx

Regional partiyalar. Uelstr Ittifoqchilar partiyasi, Ekoss millatparvarlar partiyasi, Britaniya Milliy partiyasi kabi tuzilmalar regionlarda katta ta’sirga ega hisoblanadi.
Partiyalar sonidan qat’iy nazar bipartizm (ikki partiyaviylik) Buyuk Britaniya siyosiy hayotining o‘ziga xosligini ifoda etadi. 1970-1979 yillar parlament krizisi davri bo‘ldi. 1979 yildan esa ikki partiyaviylik tizimi yana tiklandi va bu siyosiy hayotning qayta jonlanishiga sabab bo‘ldi. 1979 yildan 1997 yilga qadar qariyb 18 yil Konservatorlar partiyasi hokimiyat tepasida bo‘ldi. 1997 yildan Leyboristlar partiyasi davlat jilovini qo‘lga oldilar va 2007 yil yozida parlamentga saylovlarda Leyboristlar partiyasi yana g‘alaba qildi va Gordon Braun hukumatga bosh bo‘ldi. 2010 yil parlamentga saylovlarda konservator Devid Kameron bosh ministrlik lavozimini egalladi. Siyosiy hayotdagi yana bir o‘ziga xoslik Bosh vazir o‘z partiyasi bilan kelisha olmay qolishi mumkin. Bunday holatda uning iste’fo berishdan boshqa iloji qolmaydi. 1976 yil leyborist X.Vilson, 1990 yil konservator M.Tetcher shu sababga ko‘ra iste’fo bergan edi.
Bugungi kunga kelib, Buyuk Britaniya parlamenti islohotlar bo‘sag‘asida turibdi. 1997 yil Leyboristlar partiyasi hokimiyat tepasiga ekan, Lordlar palatasini isloh etishga qaratilgan bir necha takliflarni olg‘a surgan edilar. Ulardan ko‘zlangan maqsad palata a’zoligidagi vorisiylik tamoyilini bekor qilish, 750 nafar merosxo‘r lord o‘rniga 92 nafar saylangan lord qabul qilish va shu bilan merosxo‘rlar palatasi o‘rniga saylangan yoki tayinlangan palata barpo etishdan iboratdir. Natijada, parlamentni demokratiyalashtirishga qaratilgan islohotlar bosqichi ko‘p asrlik tadrijiga yakun yasaydi.
2. Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda Buyuk Britaniya.



1945 yilgi Britaniya inqilobi.
Ikkinchi jahon urushi Buyuk Britaniya iqtisodiyotiga katta zarar keltirdi. Ishlab chiqarish hajmi 10% ga kamayib ketdi. Urush vaqtida ingliz korxonalaridagi asbob-uskunalar batamom eskirdi, texnik taraqqiyot sekinlashdi. Xom ashyo zaxiralari tugadi, ayniqsa, sanoatning an’anaviy sohalarida ishlab chiqarishning o‘ta pasayishi kuzatildi (qog‘oz sanoatida 50% ga, ko‘mir qazishda 16% ga, poyafzal ishlab chiqarishda 13 % ga). Mamlakatning davlat qarzlari 7,2 mlrd. funt sterlingdan (1939 y), 23,7 mlrd. funt sterlinggacha (1946 yilda) oshib, shundan 3 mlrd. funt sterlingi tashqi qarzni tashkil etdi. AQSh tomonidan berilgan harbiy texnika ashyolarni to‘lash uchun Buyuk Britaniya o‘zining xorijga qo‘ygan mablag‘lari hisobidan 1000 mln. funt sterling mablag‘ini AQShga berishga majbur bo‘ldi. Urush yillarida Buyuk Britaniyaning savdo eksporti keskin kamaydi. 1938 yilda Buyuk Britaniyaning savdo eksporti hajmi 417 mln. funt sterling miqdorida baholangan bo‘lsa, 1944 yilga kelib bu ko‘rsatkich 266 mln. funt sterlingni tashkil etdi. Savdo flotining katta qismi boy berilgan edi. Urush yillarida halok bo‘lgan fuqarolarning uchdan bir qismini baliqchilar va savdo-sotiq bilan mashg‘ul bo‘lgan dengizchilar tashkil etdi. Mustamlakalar bilan munosabatlar Metropoliya bilan birgalikda urush qiyinchiliklarini baham ko‘rgan Britaniya dominionlari o‘zlarining iqtisodiy va siyosiy mustaqilliklarini talab qilish borasida tobora faollashib bormoqda edilar. Mustamlakalarda milliy ozodlik harakatlari keng yoyilib borayotgan edi. Arab Sharqi va Janubiy-Sharqiy Osiyo bozorlaridan foydalanish nihoyatda qiyinlashgani tufayli, uning jahon eksportidagi ulushi 1937 yilda 11,3% dan 1947 yilda 9,8% ga tushib qoldi. Mamlakat savdo balansidagi tanqislik Buyuk Britaniya iqtisodiyotining surunkali muammosiga aylanib qoldi.
Umuman, Ikkinchi jahon urushi yillarida Buyuk Britaniya o‘z milliy boyligining 25% ini yo‘qotdi. Ammo, G‘arbiy Yevropa mamlakatlari ichida u eng yomon holatda emas edi. Urush qurbonlari soni Birinchi jahon urushi yillaridagidan deyarli to‘rt marta kamroq edi: o‘lganlar 245 ming kishi, yaradorlar 278 ming kishi, bedarak yo‘qolganlar 53 ming kishini tashkil etdi. Nemis bombardimonlaridan keyingi talafotlar qit’a mamlakatlaridagi yer bilan yakson qilingan joylarga nisbatan ancha kam edi. Buyuk Britaniya 30-yillarda tashqi siyosatda yo‘l qo‘ygan xatolari asoratlarini bartaraf etib, urushdan keyingi dunyo taqdiriga ta’sir ko‘rsatadigan g‘olib mamlakatlar safiga qo‘shildi. Matbuot vakillari tomonidan “Britan inqilobi” deb atalgan 1945 yildagi siyosiy holat kutilmagan hodisa bo‘ldi.
Hali jahon urushi tugamasdan hukumatning parlament saylovlarini o‘tkazishga urinishini bir qancha sabablari bor edi. Hukumat hali ham 1935 yildayoq saylangan parlament qo‘lida edi. Urush sharoiti hisobga olinib uning vakolati uzaytirilgan edi, ammo, Yevropada urush tugagandan keyin saylovlarni kechiktirishga hojat yo‘q edi. Hukumatning o‘zi favqulodda xarakterga ega edi. Uning rahbari U.Cherchill o‘zining shaxsiy shon-shuhrati va urush yillarida nasib etgan cheksiz hokimiyatga ega bo‘lishiga qaramay o‘zini millatning to‘la huquqli vakili deb hisoblay olmas edi. Cherchill hukumati urush yillarida tayangan konservatorlar, leyboristlar va liberallar koalitsiyasi millatning birlashuvida muhim rol o‘ynadi. Ammo, tinchlik qurilishi davriga o‘tagandan keyin ilgarigi partiyalar o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar bu koalitsiyaning parchalanishiga olib kelishi mumkin edi. Shuning uchun Cherchill qulay psixologik sharoitdan ustalik bilan foydalanib, “g‘alaba cho‘qqisida” bo‘lgan vaqtda saylov o‘tkazishga harakat qilardi.
1945 yil 18 mayda u leyboristlar partiyasiga ultimatum xarakteriga ega bo‘lgan taklifni jo‘natdi. Unda leyboristlarga Yaponiya bilan urush tugaguncha kaolitsiya tarkibida qolish (bu Cherchillning shaxsiy rahbarligini to‘la tan olishni bildirardi) yoki navbatdan tashqari saylovlar o‘tkazish uchun hukumatni tark etish taklif qilingan edi. Leyboristlar partiyasi Ijroiya qo‘mitasi saylovlarni kuzda o‘tkazish va ungacha koalitsiyaning oldingi tarkibini saqlab qolishni taklif qildi. Shunga qaramasdan, Cherchill 1945 yil 23 maydayoq iste’foga chiqishini ma’lum qildi va qiroldan parlamentning quyi palatasini tarqatib yuborishni so‘radi. Qirolning topshirig‘iga ko‘ra u “o‘tish davri hukumati”ni tuzdi. Bu hukumat 5 iyulga mo‘ljallangan parlament saylovlarigacha faoliyat ko‘rsatdi. Konservatorlarning saylovoldi tashviqotlari markazida o‘z rahbari mashhurligidan foydalanish turar edi. Cherchill “urushda g‘alaba qilgan odam” va “ishni tugatish kerak bo‘lgan yagona odam” sifatida targ‘ib qilindi. Saylovchilarga qaratilgan murojaatlar antileyboristik va antisovet shiorlar bilan boyitilgan edi. 4 iyuldagi Cherchillning radio orqali birinchi saylovoldi chiqishi shov-shuvli xarakterga ega bo‘ldi. “Birorta sotsialistik tuzum siyosiy politsiyasiz barpo etilishi mumkin emas”,- uqtirardi Cherchill,-“agar saylovda leyboristlar g‘alaba qilsa, Angliyada gestapo tashkil qilinadi...”. Uning nutqlarida muxolifat rahbarlari to‘g‘risidagi shaxsga qaratilgan haqoratomuz gaplar ham kam emas edi.
Leyboristlar partiyasi saylovoldi tashviqotlarni ancha faolroq olib bordi. Leyboristlarning ijroiya qo‘mitasi Britaniyada iqtisodiyot va ijtimoiy sohani qayta qurishga qaratilgan ko‘p sonli loyihalar tayyorladi. Bu loyihalarning asosiy maqsadi davlat boshqaruvini kuchaytirish va jamiyatning barcha vakillarining farovonligini barqaror o‘sishini ta’minlashdan iborat edi. Leyboristlar dasturi o‘zining siyosiy radikalizmi (keskinligi) bilan ajralab turardi. Leyboristlar o‘zlarini “sotsialistik partiya” deb atashar va “bu bilan faxrlanishi” hamda asosiy maqsadlari “Buyuk Britaniya sotsialistik hamdo‘stligini” tashkil etishdan iboratligini bayon qilishardi. Leyboristlar dasturida barcha sohalarda, jumladan, uy-joy qurilishi, ijtimoiy sug‘urta, xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash sohalarida faol ijtimoiy siyosat yuritish ko‘zda tutilgan edi. Dasturning tashqi siyosatga oid qismi leyboristlar partiyasining xalqaro sahnada tinchlikni saqlash tamoyillarini qo‘llab-quvvatlashini targ‘ib qilardi. 5 iyul 1945 yildagi saylov natijalari juda kutilmagan hodisa edi, leyboristlar nafaqat g‘alaba qozonishdi, balki Jamoalar palatasida ham ilk bor mutlaq ko‘pchilikni tashkil etishdi.


Download 381 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling