14-mavzu. Buyuk Britaniya ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda


Fulton aks sadosi. Buyuk Britaniya va “Sovuq urush”ning boshlanishi


Download 381 Kb.
bet7/17
Sana16.06.2023
Hajmi381 Kb.
#1516558
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
doc 14- MAVZU docx

Fulton aks sadosi. Buyuk Britaniya va “Sovuq urush”ning boshlanishi.
Buyuk Britaniyada oliy siyosiy rahbariyatning almashishi Potsdam konferensiyasi vaqtida ro‘y berdi. Ammo, Cherchillning ketishi va konferensiyaga yangi bosh vazirning kelishi Britaniya delegatsiyasi mavqeini o‘zgartirmadi. Ettlining o‘zi ham uning tashqi ishlar vaziri Ye.Bevin ham G‘arb va Sharq o‘rtasidagi ijobiy va amaliy muloqotga emas, balki “atlantik hamjixatlik” siyosatiga moyil edi. Yevropa ustidan “temir parda” tusha boshladi. Yangi jahon tartiboti bashoratchisi roli Uinston Cherchill zimmasiga tushdi.
Cherchillning 1946 yil 5 martda Fultonda so‘zlagan nutqi juda mashhur bo‘ldi. Unga Eron krizisi bahona bo‘lgan edi. 1942 yildagi ittifoqchilik shartnomasiga ko‘ra, Sovet qo‘shinlari Eron hududida urush tugagandan so‘ng yana olti oy qolishi mumkin edi. Bu muddat 1946 yil 2 martda tugadi. Bu kun arafasida SSSR qo‘zg‘olon ko‘tarilgan Eron Ozarbayjonidan tashqari boshqa hududlardan o‘z qo‘shinlarini chiqarishini ma’lum qildi. G‘arb mamlakatlari siyosiy doiralari bunga salbiy munosabatda bo‘lib, Eron hududining bir qismida sovetparast rejimini o‘rnatishga urinish deb baholadi. Shu kunlarda dam olish maqsadida Floridada bo‘lgan Cherchill bundan yangi psixologik hujum uyushtirish uchun foydalanishga ulgurdi. U Fultondagi Vestminster kolleji talabalari oldida nutq so‘zladi. Sobiq bosh vazirni tinglash uchun qariyb 30 mingta odam yig‘ildi.
Cherchill namoyishkorona suratda o‘z g‘oyalarini “global siyosatning yuksak strategik konsepsiyasi” deb atadi. Yangi dunyoviy tuzum namunasi qilib “Amerika demokratiyasining tantanasi”ni ko‘rsatdi. Bunda Cherchill Amerika demokratiyasi deb ingliz dunyosining umumiy qadriyatlari va hattoki butun G‘arbning ma’naviy birligini tushunardi. Uning fikricha, butun xristian sivilizatsiyasi boshiga “cheksiz ijtimoiy azob-uqubatlar” bilan tahdid soluvchi xavf-xatar yog‘ilgan edi. Cherchill fikriga ko‘ra, dunyoga zulm tahdid solmoqda va bu zulm aniq rejimda - sovet kommunizmida mujassamlashgan. Cherchill barcha demokratik xalqlarni o‘zlarining erkinlikka bo‘lgan huquqlarini himoya qilish uchun birlashishga chaqirdi. Aslida gap kommunizm xavfi oldidan “temir parda”ni tushirishga xizmat qiluvchi AQSh va Buyuk Britaniyaning harbiy-siyosiy ittifoqini tuzish haqida borayotgan edi. Keyinchalik ko‘p tarqalgan “temir parda” tushunchasi Cherchill tomonidan ilk bor 1945 yil 16 avgustda “Temir parda tushira boshlandi” deb nomlangan parlamentdagi nutqida ishlatilgan edi. Fulton nutqidan so‘ng bu tushuncha “sovuq urush” ramziga aylandi.
Sobiq Britaniya rahbarining Fultondagi nutqi G‘arb siyosiy tabaqalari orasida keng tarqalgan yangi geosiyosiy falsafaning uyg‘unlashgan birinchi ifodasi bo‘ldi. Uning asosiy mazmuni dunyoning ochiq to‘qnashuvga tayyor bo‘lgan ikkita bir-biriga qarama-qarshi tuzumlarga bo‘linganligini tan olishdan iborat edi. Dunyoni saqlab qolish raqibni mahdudlash, dunyoning “issiq” urush domiga tushib qolishini bartaraf etish uchun darhol “sovuq urush”ni boshlashni talab qilardi. Bu AQShning harbiy-siyosiy gegemoniyasini so‘zsiz tan olishni bildirardi. Fulton nutqi G‘arb global strategiyasi kaliti sifatida o‘zaro bog‘langan ingliz-amerika tashqi siyosati asoslarini bayon qildi. AQSh bilan “maxsus munosabatlar”, atlantik hamjihatlik tamoyiliga so‘zsiz sodiqlik Buyuk Britaniya tashqi siyosatining muhim yo‘nalishlariga aylandi.
1946 yildayoq Ettli hukumati to‘la sodiqlik bilan atlantik hamjihatlik siyosatiga o‘tib Trumen ma’muriyati bilan birga “sovuq urush” tashabbuskoriga aylandi. Chuqurlashib borayotgan moliyaviy inqirozga qaramasdan, qurollanishni avj oldirishga qaratilgan qat’iy tadbirlar ko‘rildi. O‘sha 1946 yilning o‘zidayoq Britaniya atom bombasini ishlab chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qildi. 50-yillarning boshiga kelib, harbiy xarajatlar milliy daromadning 10-11% ini tashkil etdi (30-yillar o‘rtalarida esa bu ko‘rsatkich bor-yo‘g‘i 2,5% ni tashkil etardi). 1949 yilda AQSh va Buyuk Britaniya NATOni tuzish tashabbuskorlari sifatida chiqishdi.
“Sovuq urush” Yevropani yana global qarama-qarshiliklarning bosh sahnasiga aylantirdi. Bu “urush”ga tortilgan Britaniya diplomatiyasi qit’aning ikkita lagerga bo‘linishida katta rol o‘ynadi. Aynan, Buyuk Britaniyaning aralashuvi 1946-1947 yildagi Gresiya siyosiy inqirozining chuqurlashishiga olib keldi. Germaniya masalasini hal qilishda AQSh tutgan siyosiy yo‘lning boshlovchisi ham Buyuk Britaniya bo‘ldi. Bunda katta qadam 1946 yil 2 dekabrida Germaniya hududidagi AQSh va Britaniyaga tegishli hududlarning birlashuvi vaqtida tashlandi. U urushdan keyingi davr siyosatchilari ichida birinchi bo‘lib, nafaqat Germaniyaning umumevropa integrallashuvida qatnashishi zarurligini ta’kidladi, balki shu bilan birga Germaniyani “qit’a yuragi” deb ko‘rsatdi. Cherchill bir vaqtda Yevropa oilasini qayta barpo etishda Fransiya va Germaniyaning hamkorligi birinchi qadam bo‘lib xizmat qilishini ham ta’kidlab o‘tdi. Aynan, shu ikki mamlakat ittifoqi Yevropa Qo‘shma Shtatlarini tuzishda asos bo‘lib xizmat qiladi. Taklif qilinayotgan loyihaning asl mazmuni AQSh strategik hamkoriga aylana oladigan Yevropa harbiy-siyosiy blokini tuzishdan iborat edi. Buning natijasida, Buyuk Britaniya AQShning “maxsus ittifoqchisi” mavqeini saqlab qolar, G‘arbiy Yevropa mamlakatlariga nisbatan nufuzliroq rahbar mavqeiga ega bo‘lardi.
1948 yil bahorida Buyuk Britaniya G‘arbiy Ittifoqni tuzish to‘g‘risidagi Bryussel paktiga qo‘shildi. 1949 yilda Britaniya Yevropa Kengashiga kirdi. Ettli hukumati tobora chuqurlashib borayotgan Britaniya imperiyasi inqiroziga keldi. Britaniya Hamdo‘stligining siyosiy va tashkiliy asoslarini qayta ko‘rib chiqish masalasi Hindiston muammosini tezlashtirdi. 1946 yil boshidan Britaniya hukumati Hindistondagi boshqaruvini butunlay boy berdi. Millatlararo to‘qnashuvlarda yuzlab odamlar halok bo‘ldi. 1946 yil bahorida Ettli hukumati hech qanday boshlang‘ich shartlarsiz Hindistonga dominion mavqeini berishga majbur bo‘ldi. 1947 yil yoziga kelib vitse-qirol Lyuis Mautbatten Hindistonni ikkita Hindiston va Pokiston dominionlariga bo‘lish rejasini ishlab chiqdi. 1947 yil 15 avgustida Dehli va Karachi shaharlarida Britaniya Hamdo‘stligiga o‘z ixtiyori bilan kirgan ikki mustaqil davlat barpo qilinganligi to‘g‘risida rasman e’lon qilindi.
Hindiston mustaqilligining e’lon qilinishi Britaniya Hamdo‘stligi evolyusiyasida yangi bosqichni boshlab berdi. “Britaniya fuqarosi” tushunchasi o‘rniga yangi “Hamdo‘stlik fuqarosi” iborasi paydo bo‘ladi. 1947 yildan boshlab “dominion” tushunchasi tez-tez “hamdo‘stlik a’zosi” tushunchasi bilan almashtirildi. (Rasmiy xujjatlardan “dominion” tushunchasi 1952 yilda olib tashlandi). 1948 yilda Seylon va Birma mustaqillikka erishdi. Birmaning tashkil qilinishi bu vaqtda eng muhim siyosiy-huquqiy ahamiyatga ega bo‘ldi. Ta’sis majlisi Birmani mustaqil suveren respublika deb e’lon qilishga qaror qildi. Yangi davlat tomonidan respublika boshqaruv shaklining qabul qilinishi uning hamdo‘stlik a’zosi bo‘lishini inkor etardi. Shuning uchun Britaniya parlamenti 1947 yil dekabrida Birma mustaqilligi to‘g‘risidagi Aktni qabul qildi. Bu Aktga ko‘ra Birma Hamdo‘stlikka kirmagan mustaqil respublikaga aylandi.
1949 yilda London shahrida Hamdo‘stlik mamlakatlari bosh vazirlari konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada ilgari davom etib kelgan “qirolga (tojga) umumiy sodiqlik” tomoyilidan voz kechishga qaror qilindi.
Sobiq imperiya ittifoqini huquqiy asosda qayta tashkil etish jarayonini amalga oshirishga qaratilgan urinishlarga qaramasdan, Ettli hukumati ba’zan ochiqchasiga fuqarolik urushlariga aylanib boruvchi yirik milliy- ozodlik harakatlariga ham duch keldi. Iqtisodiy qiyinchiliklar 1948 yilda Ganada (Oltin qirg‘oq) xalq chiqishlari to‘lqinini keltirib chiqardi. Siyosiy faollik to‘lqini Markaziy Afrikada, jumladan, Shimoliy Rodeziya (Zambiya), Janubi Rodeziya va Nyasalend (Malavi)da kuzatildi. Bu yerda to‘qnashuv irqiy xarakterga ega edi. Janubiy Afrikada 1948 yil 26 may saylovlari natijasiga ko‘ra, aporteid, ya’ni irqlarni bir-biridan ajratish siyosatini hayotga tadbiq qilishni asosiy maqsad qilib olgan Millatchilar partiyasi hukumat tepasiga keldi. Malayyadagi millatchilik chiqishlari Britaniya hukumatining faol aralashuvini talab etdi. Asosan xitoyliklardan iborat bo‘lgan kommunistik qo‘zg‘olonchi-partizanlar kauchuk plantatsiyalari ishchilari va politsiyaga qurolli hujumlar uyushtirar, hukumat muassasalarini vayronaga aylantirishardi. 1948 yil 18 iyunda Malayya favqulodda holat rejimiga o‘tkazildi, Britaniya qo‘shinlari tezda qo‘zg‘olon o‘choqlarini bartaraf etishdi.
O‘rta va Yaqin Sharqdagi voqealar Buyuk Britaniyaning xalqaro obro‘siga qattiq zarbalar berdi. 1951 yilda Eron hukumati tomonidan neft sanoatini milliylashtirish qaroridan keyin Eron va Buyuk Britaniya o‘rtasida diplomatik aloqalar butunlay uzildi. Buyuk Britaniya Eronni iqtisodiy qamal (blokada) qilish tashabbusi bilan chiqdi. Britaniya Harbiy-Dengiz floti Eronga tegishli suv hududlarida harbiy namoyish o‘tkazdi. Ammo, AQSh buni qo‘llab-quvvatlamadi va Eronda neft konlarini ishlatish bo‘yicha yangi xalqaro konsorsiumni yaratish bo‘yicha muzokaralar tashabbuskoriga aylandi. Buyuk Britaniyaga esa bor-yo‘g‘i a’zolardan biri bo‘lish vazifasini bajarish nasib etdi, xolos. Britaniya manfaatlarining muhim mintaqalaridan biri Falastin edi. Ikkinchi jahon urushidan oldingi davrdayoq, Buyuk Britaniya yahudiy emigrant (muhojir)larining o‘zlarining tarixiy vataniga ko‘chib o‘tishini boshqarish javobgarligini o‘z zimmasiga olgan edi. Ammo, yahudiylarning ko‘chib o‘tishini boshqarishga qaratilgan Falastindagi Britan ma’muriyatining harakatlari hech qanday natija bermadi. Arab aholisi yahudiy yashovchilarga oshkora dushmanlik (qarshilik) ko‘rsatardi. Yaqin Sharqda vaziyatning keskinlashuviga javoban Britaniya hukumati Falastinni ikki alohida mustaqil davlatlarga bo‘lishni taklif qildi. “Morrisan plani” deb atalgan bo‘lish rejasi 31 iyul 1946 yilda hukumatga taqdim qilindi. Bu masaladagi kelishmovchilik leyboristlar partiyasini bir-biriga qarshi ikki bloklarga ajratdi. Britaniya hukumati Arab-Isroil kelishmovchiligini hal qilolmagach, 1947 yil 14 fevralda vositachilikni BMTga topshirishini e’lon qildi. 1948 yil 14 mayda kutilmagan voqea ro‘y berdi. Falastindagi Britaniya mandati muddatining tugashiga bir necha soat qolganda yahudiylar rahbari David Ben-Gurion Isroil respublikasi tashkil qilinganini e’lon qildi.
50-yillar boshida Britaniyaning Koreya inqiroziga aralashuvi omma noroziligini yana qo‘zg‘atdi. Koreya urushida Britaniya kuchlari ishtirok etardi. Bu jangda o‘lganlar 686, yarador bo‘lganlar 2498 kishini tashkil etdi. Koreyadagi urush Buyuk Britaniyaning iqtisodiy ahvoliga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Mudofaa xarajatlari byudjet imkoniyatlaridan oshiq edi. Leyboristlar hukumatining ma’naviy-ahloqiy obro‘si juda pasayib ketdi.


Download 381 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling