14-mavzu. Buyuk Britaniya ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda
Download 381 Kb.
|
doc 14- MAVZU docx
- Bu sahifa navigatsiya:
- Konservatorlar partiyasi.
- Leyboristlar partiyasi.
Parlament saylovlari bir bosqichli majoritar tizimda bo‘lib o‘tadi. Partiyalar g‘olib bo‘lishi uchun mutloq ko‘pchilik ovoz olishlari shart emas. Eng ko‘p ovoz olgan partiya eng ko‘p o‘rinni qo‘lga kiritadi, biroq buning uchun u butun mamlakat bo‘ylab barcha saylov okruglarida birdek ko‘pchilik ovozga ega bo‘lishi kerak. Masalan, 1951 yilgi saylovlarda konservatorlar 13.713 000 ovoz olib (48%) 312 o‘rinni (51,35%) ishg‘ol etgan bo‘lsalar, undan ko‘proq 13.948 000 (48,80%) ovoz olgan Leyboristlar partiyasi esa parlamentda 295 o‘rinni (47,20%) egallay olganlar, xolos. Ba’zan partiyalar parlamentda mutlaq ko‘pchilikni tashkil etmasliklari ham mumkin. Masalan, 1974 yilgi saylovlarda konservatorlar 635 o‘rindan 296 ta (46,60%), leyboristlar esa 301 ta (47,40%) o‘rin qo‘lga kiritish biln cheklangan. Ya’ni, har ikki partiya parlamentdagi 50 foizdan kam o‘ringa ega bo‘lganlar. Umuman, aksincha holat 1945 yildan beri kuzatilmaydi. Bugungi kunda faoliyat ko‘rsatayotgan asosiy siyosiy partiyalar quyidagilar: Konservatorlar partiyasi. An’anaviy qarashlar va e’tiqodlar tarafdorlari bo‘lgan 500 mingdan ziyod a’zolarni o‘zida birlashtiradi. Partiyaga a’zolik barcha uchun ochiq. Partiya lideri 1974 yilda o‘zgartirilgan Nizomga muvofiq parlament guruhi tomonidan uch bosqichda saylanadi. Leyboristlar partiyasi. 300 ming atrofida a’zolarga ega. Partiyaga kasaba uyushmalari orqali orqali jamoa bo‘lib va yakka tartibda a’zo bo‘lib kirishishlari mumkin. Liberal-demokratlar partiyasi. Viglar partiyasining davomi. 1974 yildan boshlab siyosiy hayotda yana kuchaya boshladi. Parlament saylovlarida 2 va 3-o‘rinni egallamoqda. Download 381 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling