14-mavzu. Buyuk Britaniya ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda


-§. M.Tetcherning neokonservatizmidan E.Blerning


Download 381 Kb.
bet14/17
Sana16.06.2023
Hajmi381 Kb.
#1516558
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
doc 14- MAVZU docx

5-§. M.Tetcherning neokonservatizmidan E.Blerning
yangi leyborizmi”ga


M.Tetcher va Britaniyada “neokonservativ inqilob”.
1975 yilda Tetcher o‘ta og‘ir inqirozni boshdan kechirayotgan konservatorlar partiyasining rahbari bo‘ldi. Parlamentdagi fraksiya va partiyaning butun rahbariyati guruhlarning o‘zaro keskin raqobati natijasida susaygan edi. 50-yillarning boshiga nisbatan partiya a’zolari soni ikki marta, “yosh konservatorlar” harakati a’zolari soni esa uch martaga kamaygan edi.
1979 yilgi parlament saylovlarida konservatorlar 13,7 million, leyboristlar esa 11,5 million ovoz olishdi. Buyuk Britaniya hukumati tepasiga birinchi bor ayol kishi – konservatorlarning yangi yo‘lboshchisi Margaret Tetcher keldi. M. Tetcher o‘zini konservativ qarashlarining sodiq tarafdori, qat’iy va bukilmas fe’l-atvorli kishi sifatida ko‘rsatdi, shunga ko‘ra inglizlar uni “Temir xonim” deb atashdi. U hokimiyatga aniq harakat dasturi bilan keldi va bu dasturni amalga oshirishga kirishdi. M. Tetcher Angliyada va butun jahonda juda katta obro‘-e’tiborga sazovor bo‘lib, uning rahbarligida konservatorlar partiyasi 1983 va 1987 yillardagi saylovlarda g‘alaba qozonishdi, “Temir xonim” esa hukumatni surunkasiga o‘n bir yarim yil boshqardi. Ayrim tarjimai hol yozish bilan shug‘ullanuvchilar u boshqargan davrni “Tetcher erasi” deb ham yuritishadi.
Bosh ministrning dasturini britan torilarining an’anaviy konsepsiyasiga solishtirganda aytarli unchalik yangiliklardan iborat emasligi ma’lum bo‘ladi. U faqat o‘z dasturini zamonaviy davrga moslashtirdi va mantiqiy so‘nggiga yetkazdi. M.Tetcher tomonidan olg‘a surilgan va “Tetcherizm” deb nomlangan asosiy qoidalar quyidagilardan iborat edi:
- gullab-yashnayotgan har qanday iqtisodiyotning harakatlantiruvchi kuchi xususiy tadbirkorlikdir. Shunga ko‘ra hokimiyat siyosiy yo‘lining asosi: “erkinlik, imkoniyat hamma uchun, tadbirkorlik ruhini qo‘llab-quvvatlash, xususiy mulkchilarga – demokratiya” bo‘lishi kerak;
- davlatning iqtisodiy hayotga aralashuvi minimum darajaga tushishi lozim, u aslo xususiy tashabbuslarni bo‘g‘masin;
- barcha mehnatga qobiliyatli kishilar o‘zini-o‘zi ta’minlaydi. Davlat va xayriya tashkilotlari o‘z aybisiz ishlash imkoniyatidan mahrum bo‘lib qolgan mehnatga qobiliyatsizlarga yordam ko‘rsatadi. Shunga ko‘ra davlat ijtimoiy dasturlaridan voz kechish yoki uni eng past darajaga tushirishi lozim;
- davlat balanslashtirilgan tanqisliksiz byudjetga ega bo‘lishi kerak. Uning eng muhim qismini barcha aholi daromadiga binoan to‘laydigan soliqlar tashkil etadi. Iqtisodiyot tarkibiga qat’iy rioya qilib, harajatlarni kamaytirish zarur;
- kasaba uyushmalari mehnatkashlar manfaatini qonuniy vositalar bilan himoya qilishga haqli, bunda boshqa odamlarning manfaatlariga zarar yetkazmasligi kerak. Shuning uchun ham jamiyatga zarar yetkazadigan ish tashlashlar o‘tkazish huquqi cheklanishi lozim.
M. Tetcher Buyuk Britaniya kuchli armiya va flotga ega bo‘lishini, o‘zining yadro qurollarini takomillashtirishini yoqlardi. Tashqi siyosatda AQSh bilan ittifoqlik munosabatlarini kuchaytirishni, NATO oldidagi majburiyatlarga sodiq qolishni istadi, ammo, integratsiya jarayonlari jadallashtirishga qarshi edi.
Hokimiyat tepasiga konservatorlar hukumati kelganda Buyuk Britaniyaning iqtisodiy ahvoli murakkab edi. Eski korxonalarning yopilishi ishsizlar safining tez o‘sishiga olib kelib, ularning soni 3,3 million kishiga yetdi, bu mustaqil faoliyatli aholining 13 foizini tashkil etardi. Parlament “ishchi o‘rinlar haqida qonun” qabul qildi, bu qonun ish tashlash huquqini cheklar edi, ammo, u muammoni yecha olmadi. Pulning qadrsizlanishi kuchaydi, sanoat rivoji sur’ati sekinlashdi. Tejamkorlik yili- ishsizlarga beriladigan nafaqalarni qisqartirish va boshqa ijtimoiy dasturlarni kamaytirish hisobiga yo‘naltirildi. Natijada, stachka harakatlari yana qaytadan kuchayib ketdi. Ammo, Tetcher chekinmadi, u : “Evropadagi bemor kishi” – Angliya ahvolini qattiq iqtisodiy choralar ko‘rish bilangina tuzatish mumkinligini bayon qildi.
Hukumat davlat sektoridan ko‘pgina korxonalarning foyda keltirmayotganligiga asoslanib, keng ko‘lamda denatsionalizatsiya o‘tkazdi. Neft va aviakosmos sanoati korxonalarning ko‘pchiligi, shuningdek, havo transportining ancha qismi xususiy mulk egalariga o‘tdi. Xususiylashtirish tez kengayib bordi. “Tetcherizm” ning bir necha yili ichida davlat sektoridan korxonalarning 3/2 qismi xususiy mulk egalariga yoki korxonani xususiylashtirgan jamoalarga o‘tkazildi. Ayni paytda milliondan ortiq munitsipal kvartiralar sotildi. Mamlakat aholisining 60% dan ortig‘i shaxsiy uy-joylarga ega bo‘ldi. Bularning barchasi xususiy mulk egalari sonining oshishiga va konservatorlar partiyasi ijtimoiy bazasining mustahkamlanishiga olib keldi.
Britan sanoatining raqobatga chidamliligini oshirish maqsadida hukumat uni ITI yutuqlari asosida qayta jihozlash uchun yirik kapital ajrata boshladi, eng yangi sohalarni rivojlantirgan va mehnat unumdorligini oshirgan tadbirkorlar rag‘batlantirildi. Birinchi yillarda botqoqqa botgan “Tetcherizm” endi o‘z mevalarini berdi. 1982 yildan 1987 yilgacha Buyuk Britaniya iqtisodiyotining o‘sishi G‘arbiy Yevropada eng yuqori o‘ringa chiqdi. Ishsizlar soni va inflyatsiya ko‘lami qisqardi.
Hukumat yangicha sharoitda kasaba uyushmalari ustiga yurish qilishni ep ko‘rdi. 1984 yilning martida konchilar, britan tred-yunionlar kongressi sanksiya bermagan holda, shaxtalarning yopilishi va ishchilarning ozod qilinishi haqidagi qarorning bekor qilinishini talab qilib ish tashladilar. Hukumat ish tashlashning darhol to‘xtatilishini talab qildi, ammo, u butun bir yilga cho‘zilib ketdi. Bunga javoban kasaba uyushmasi va uning rahbarlariga qarshi sud ishi qo‘zg‘atildi. Sud uyushmasining mol-mulkini musodara etib, 200 ming funt sterling miqdorida jarima undirishga hukm etdi.
Urushdan keyingi yillarda Angliyaga chet elliklarning katta nufuzi immigrant bo‘lib keldi, ularning ko‘pchiligi sobiq Britan mustamlakalari – Pokiston, Hindiston, Bangladesh va boshqa mamlakatlardan edi. Ishsizlik ko‘payib borayotgan sharoitda immigrantlar sonining oshishi Angliyada bir vaqtlar bo‘lgan irqchilik kayfiyatini uyg‘otdi: inglizlar bilan immigrantlar o‘rtasida to‘qnashuv kelib chiqdi, o‘ng yo‘nalishdagi matbuot “rangli”- larga qarshi dushmanchilik ruhida tashviqotni olib bordi. Tetcher hukumati irqchilarga qarshi ish yuritmadi, u parlament orqali chet elliklarning Angliyaga kelishini cheklovchi kvota haqidagi qonunlarini qabul qildi.
Angliya va Argentina o‘rtasida Janubiy Amerika qirg‘oqlaridan uncha uzoq bo‘lmagan Janubiy Atlantikadagi Forklend (Malvin) orollarining kimga qarashli ekanligi xususida ko‘pdan buyon munozara ketar edi. Tarixiy huquq nuqtai nazaridan u Argentinaga qarashli bo‘lib, inglizlar mustamlakaga aylantirishganiga ancha vaqtlar bo‘lgan edi. Orollardagi uncha ko‘p bo‘lmagan aholi inglizcha so‘zlashar va Argentina xuntasi boshqaruviga o‘tishni istashmasdi. Xunta argentinaliklar ko‘z oldida o‘z e’tiborini ko‘tarib olishni o‘ylab, 1982 yilning mayida orollarga desant tushirdi va u yerda Argentina bayrog‘ini ko‘tardi.
Buyuk Britaniya savdo-iqtisod va harbiy-siyosiy manfaatlarini qat’iy himoya qilish yo‘lini o‘tkazayotgan M.Tetcher Argentinaning bu harakatiga qarshi o‘ta keskin yo‘l tutdi. U sarf-xarajatlarni o‘ylab o‘tirmay, orollarga harbiy kemalarni, dengiz piyodalari va aviatsiyani jo‘natdi. Argentina garnizoni taslim bo‘ldi. Angliya Forklend orollarini batamom o‘z ixtiyoriga o‘tkazib, u yerda harbiy baza barpo etdi. Bu hatti-harakatlarning barchasi konservatorlar partiyasi va uning lideri obro‘-e’tiborini yanada oshirib yubordi.
80-yillar o‘rtasida Angliya SSSR bilan munosabatlarini yaxshilashga harakat qildi, natijada iqtisodiy va madaniy aloqalar kengayib, har ikkala davlat rahbarlarining javob vizitlari amalga oshdi.
Angliyada iqtisodiy o‘suvning tezlashuv davri va nisbiy farovonlik uzoqqa yetmadi. 90-yillar boshida iqtisodiy kon’yuktura yomonlasha bordi, eski dardlar qo‘zg‘alib qoldi – byudjet tanqisligi, pulning qadrsizlanishi paydo bo‘ldi, 1980 yilda ishsizlik 9% oshdi. Aholi jon boshiga solingan yangi soliq hammaga birday bo‘lib, daromadiga qaralmasdi, u yoshi 18 dan oshgan mamlakat aholisining har biriga solindi, bu esa o‘z o‘rnida xalq noroziligini keltirib chiqardi. Ushbu soliq joriy etilishi bilanoq norozilik mitinglari boshlanib ketdi, ular ko‘pincha politsiya bilan to‘qnashuvga olib keldi. Olsterda vaziyat keskinligicha qoldi. Irlandiya qo‘shini o‘zining qo‘poruvchilik faoliyatini kuchaytirib, Londonning gavjum joylarida bombalar portlatdi. Hatto, Bosh vazir qarorgohining yaqinida ham bu hol takrorlandi. Parlament tomonidan qabul qilingan qo‘poruvchilikka qarshi qonun yordam bermadi. Iqtisodiy rivojlanish sur’atlari esa yana sustlashib qoldi.
Hukmron partiyaning ommaviyligi yo‘qola boshladi. Bunga yarasha, eng avvalo Yevropa integratsiyasi masalasida rahbariyat o‘rtasida turli fikrlilik kuchaydi: M.Tetser bu jarayonni to‘xtatishga urinardi, ko‘pgina vazirlar esa G.Koll va F.Mitteran tutgan yo‘lni qo‘llash zarurligini ta’kidlashar edi. Bularning barchasi M.Tetcherni iste’foga chiqishga (1990 yil, noyabr) majbur etdi. Uning tavsiyasiga binoan ilgari moliya vaziri lavozimini egallab turgan Jon Meyjor (1943 yilda tug‘ilgan) konservatorlar partiyasi rahbari va Bosh vazir etib tayinlandi.
J. Meyjor XX asrda Buyuk Britaniyaning eng yosh Bosh vaziri bo‘ldi. U hokimiyatga kelgach, eng avval jon boshiga sochilgan soliqlarni bekor qildi va “britanlarning ijtimoiy-iqtisodiy talablarini qondirishni katta qoniqish tomon burib yuborishga” va’da berdi. Shu bilan birga J.Meyjor hukumati xususiy mulk egalari huquqini mustahkamlashni, davlat kompaniyalarini xususiylashtirishni davom ettirishni, tadbirkorlar uchun soliqlar miqdorini yanada kamaytirishni e’lon qildi.
1992 yilda, sotsiologlar bashorat qilganidek, parlament saylovlarida jamoalar palatasidagi ko‘pchilik o‘rinlarni konservatorlar egallashdi. 170 yil mobaynida bitta partiya qatorasiga to‘rt marotaba saylovlarda g‘alaba qozondi.


Download 381 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling