14-mavzu. Buyuk Britaniya ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda


-§. Buyuk Britaniyada konservatorlar hukmronligi: “bekorga ketgan o‘n uch yil” yoki “o‘zgarishlar shamoli”


Download 381 Kb.
bet8/17
Sana16.06.2023
Hajmi381 Kb.
#1516558
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
doc 14- MAVZU docx

3-§. Buyuk Britaniyada konservatorlar hukmronligi: “bekorga ketgan o‘n uch yil” yoki “o‘zgarishlar shamoli”


Yangi konservatizm”ning tug‘ilishi. 1950-1951 yillardagi saylov.
1945 yil saylovlaridagi mag‘lubiyat Britaniya konservatizmining keng miqyosdagi tashkiliy va mafkuraviy yangilanishi, “yangi konservatizm”ning tug‘ilishini tezlashtirdi. 30-yillardanoq, N.Chemberlen va U.Cherchillarning ayovsiz kurashi davrida partiyada yangi, “texnokratik” qanot shakllana boshlagan edi. Uning asosini ham ishlab chiqarish, ham ijtimoiy sohaning davlat tomonidan faol boshqarilishini ko‘zda tutuvchi “tashkiliy kapitalizm” barpo etish g‘oyasini ilgari suruvchi Garold Makmillan rahbarligidagi “yosh konservatorlar guruhi” tashkil etdi. “Yangi konservatorlar” Dizraeli davridagi “sotsial konservatizm” g‘oyalariga qaytishga, kasaba uyushmalar bilan o‘zaro konstruktiv muloqotga kirishga hamda ijtimoiy taraqqiyotning “aralash modeli”ni tan olishga da’vat etardi. 1940 yilda partiya rahbari U.Cherchilning hokimiyatga kelishi bilan “yosh konservator”larning mavqei yanada kuchaydi.
Cherchill partiya rahbariyatini qayta qurish tashabbusini topshirib, o‘z atrofida partiyaning istiqbolli ideologlarini birlashtirishga harakat qildi. Uning tanlovi G.Makmillan va R.Batler nomzodlarida to‘xtadi. Konservatorlarning 1946 yildagi yillik anjumanining asosiy mavzusi partiya dasturini yangilash prinsiplaridan iborat bo‘ldi. Cherchill ta’siri ostida “yangi konservatizm” mo‘tadilroq xarakterga ega bo‘ldi. Cherchill zamonaviy jamiyatdagi real voqealarga asoslanib partiya strategiyasini ishlab chiqish tarafdori edi, ammo, davlat boshqaruviga asoslangan leyboristik islohotchilikka qarshi chiqdi. Umumiy farovonlik masalasini hal etish uchun “xususiy mulkchilik demokratiyasi” tizimi foydali deb taxmin qilinardi.
Keyingi ikki yilda “yangi konservatizm”ning mo‘tadil variant g‘oyalari Konservatorlar partiyasining barcha dasturiy hujjatlari asosini tashkil qildi. “Sanoat xartiyasi” xususiy mulk va bozor munosabatlarining o‘zgarmas qiymatga ega ekanini tan olishga asoslangan edi. Ammo, iqtisodiyotning davlat tomonidan boshqarilishi amaliyotini qisman saqlab qolish, jumladan, “konservativ rejalashtirish”, “undovchi choralar” (ya’ni ishlab chiqarishni rag‘batlantirish), monopoliyalarining “adolatsiz imtiyozlarini” cheklash, maxsus holatlarda chakana narxlarning o‘sishi ustidan nazorat qilishni saqlab qolishning zarurligi ham ta’kidlangan edi. Xartiyaning fikricha bir qator korxona va ishlab chiqarish sohalarini davlat ixtiyorida qoldirish, leyboristlar tomonidan amalga oshirilgan keng milliylashtirishni esa qayta ko‘rib chiqish kerak edi. Asosiy maqsad iqtisodiyotning milliylashtirilgan sohalari va xususiy firmalar o‘rtasidagi adolatli raqobatni ta’minlash edi.
1950 yil 24 yanvarda “Mana to‘g‘ri yo‘l” nomi ostida saylov manifesti nashr qilindi. U ijtimoiy shiorlarga moyillik bilan “yangi konservatizm”ning asosiy talablarini o‘z ichiga olardi. Konservatorlarning 1950 yil saylovoldi kompaniyasidagi eng katta g‘alabasi liberallar bilan taktik yaqinlashish bo‘ldi. 60 dan ortiq saylov okruglarida birlashgan konservativ liberal qo‘mitalar tashkil qilindi. Ular jamoalar palatasi uchun qo‘shimcha saylovlarda nomzod qilib ikki partiyadan birining vakilini ko‘rsatishdi. Leyboristlar partiyasi birlashgan muxolifotga biror narsani qarshi qo‘ya olmadi. Ettlining hukmronlik davrida leyboristlar qayta tiklash davri doirasidan chiquvchi va uzoq muddatli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasini taklif etuvchi o‘z dasturlarini ishlab chiqa olishmadi. 1950 yil saylovlari arafasida leyboristlar partiyasining “Keling qiyinchiliklarga birgalikda barham beraylik” nomli manifesti keng ommaga tanishtirildi. U mazmunan davlat siyosatining umummiliiy afzalliklarini kuchaytirish, xususiy mulkchilikning turli ko‘rinishlarini uyg‘unlashtirishning samarali yo‘llarini izlab topish hamda sinfiy va etnik-diniy to‘qnashuvlarga yo‘l qo‘ymaslik zarurligini uqtirardi. Tashqi siyosatdagi xatolar tufayli vujudga kelgan ayon bo‘lib qolganida o‘sayotgan moliyaviy muammolar davrida bunday yo‘l yuritish saylov g‘alabasini ta’minlay olmasdi.
1950 yil 23 fevralida bo‘lib o‘tgan saylovlardan keyin jamoalar palatasida leyboristlar -315, konservatorlar - 278, liberallar - 9 o‘rniga ega bo‘ldi. Boshqa partiyalar bor-yo‘g‘i 3 mandatga ega bo‘ldi. Shunday qilib, leyboristlar yana hukumat tuzish huquqiga ega bo‘ldi, ammo, saylovlar natijasi konservatorlar g‘alabasi bilan yakunlandi, deb baholandi. Konservatorlar yana 85 o‘ringa ega bo‘ldi, leyboristlar esa 78 mandatni yo‘qotdi. Hatto, liberallar ham tantana qilishga haqli edi - parlamentda boy berilgan uchta o‘ringa qaramasdan, ular o‘z saylovchilari sonini 2,2 mln.dan 2,6 mln.gacha ko‘paytirib oldi. Leyboristlar palatada mutloq ko‘plikni qo‘ldan boy berdi. Shuning uchun jamoalar palatasida muddatidan ilgari saylovlarni o‘tkazish zarur bo‘lib qoldi.
Leyboristlarning to‘rtinchi hukumati bir yarim yil davomida hokimiyat tepasida bo‘ldi. Bu hukumat davlat siyosati yo‘nalishiga biror o‘zgarish kiritishga erisha olmadi. Bundan tashqari, mamlakat Koreya urushiga aralashgan, Eron bilan keskin kelishmovchilik davom etardi. Tashqi siyosatdagi ahvol ichki siyosiy kurashning ham asosiy mavzusi bo‘lib qoldi. Palatani tarqatib yuborish va muddatidan ilgari saylov o‘tkazishga qaror qilgan leyboristlar rahbariyati to‘laligicha tashqi siyosatga bag‘ishlangan “Bizning asosiy burchimiz-tinchlik” nomli manifestni e’lon qildi. Biroq, leyboristlar mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy qayta qurishlarni qamrab oluvchi yangi dasturni havola qila olishmadi. Bunga partiya ichidagi kelishmovchiliklar sabab bo‘ldi. Mamlakatning keyingi rivojlanish yo‘llari to‘g‘risidagi bahslashuvlar leyboristlarning o‘ng va so‘l guruhlari o‘rtasidagi munosabatlarni keskinlashtirdi. O‘nglar atlantik birdamlik doirasida faol va qat’iy tashqi siyosat yuritish bayrog‘i ostida birlashdilar. So‘llar esa mamlakat ichida ijtimoiy islohotlarni chuqurlashtirish tarafdori edi. 1951yilning aprel oyida so‘l leyboristlarning rahbari, sog‘liqni saqlash vaziri E.Bivenning namoyishkorona iste’foga ketishi partiya rahbariyatining inqirozidan darak berardi.
Yangi saylovlar arafasida konservatorlar ham o‘z mafkuraviy-g‘oyaviy qarashlarini yangilashmadi. 1951 yil oktyabr oyida konservatorlar partiyasi “Britaniya - qudratli va erkin” nomli saylovoldi manifestini e’lon qildi. Bu manifest “yangi konservatizm” ruhida tuzilgan edi. 1951 yil 25 oktyabrda jamoalar palatasiga saylovlarda g‘alaba qildi va 321 ta o‘ringa ega bo‘ldi. Leyboristlar - 295 ta, liberallar - 6ta, qolgan partiyalar - 3 ta o‘ringa ega bo‘ldilar. Shunday qilib, konservatorlar mutlaq ko‘pchilik ovoz olib, barqaror hukumat tuzishga muvaffaq bo‘ldilar. Unga 77 yoshli Uinston Cherchill rahbarlik qildi.

Gigantning oxirgi kunlari”
Bosh vazir lavozimiga qaytgan Cherchill hukumat tarkibiga oxirgi yillarda eng faol bo‘lgan siyosatchilarni jalb qildi. Lord Vulton lord-prezidentlik, R.Batler g‘azna boshqaruvchisi, G.Makmillan uy-joy qurilishi va mahalliy boshqaruv vaziri lavozimlarini egallashdi. Umuman olganda, mahkama torilar “eski gvardiyasi” vakillaridan iborat bo‘ldi. Cherchill rahbariyatning eski avtoritar usuliga qaytdi va hukumatni shakllantirishda o‘zining shaxsiy fikrlariga asoslandi.
“Chidamlilik va konstruktivlik” yo‘lini tanlagan Cherchill o‘zidan oldingi rahbarlarning siyosatini tubdan o‘zgartirmadi. Bu konservatorlarning diqqat markazida turgan ijtimoiy sohada ham o‘z aksini topdi. Hukumatning bu sohadagi faoliyat yo‘nalishi uy-joy qurilishi, ta’lim va sog‘liqni saqlashni rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishdan iborat bo‘ldi. Hukumat uy-joy qurilishining barqaror o‘sishiga erishdi. Agar 1951 yilda 234 ming yangi uylar qurilgan bo‘lsa, 1952 yilda 261 ming, 1953 yilda 314 ming, 1954 yilda 347 ming yangi uylar qurildi. Leyboristlardan farqli o‘laroq konservatorlar nafaqat uy-joy fondi o‘sishi va uning narxlarining pasayishiga, balki xususiy mulkchilik sektorining rivojlanishiga ham katta ahamiyat bera boshlashdi.
Sog‘liqni saqlash sohasida Cherchill hukumati ilgari leyboristlar tomonidan yaratilgan Milliy sog‘liqni saqlash xizmati va uning tarmoqlangan ma’muriy apparatini hamda davlat ixtiyoridagi sog‘liqni saqlash muassasalarini saqlab qoldi. Ayni paytda bepul tibbiy xizmat ko‘rsatish tabaqalashtirildi. Dorixonalardan dori olish uchun yo‘llanma qog‘ozlariga pul to‘lash joriy etildi, tish shifokori qabuliga pulli kirish tashkil qilindi, maxsus tibbiy asbob-uskunalardan foydalanish pulli bo‘ldi. Fuqarolarning sog‘liqni saqlash fondiga haftalik to‘lovlari oshirildi (8,5 dan 32,5 pens gacha). Shu bilan birga konservatorlar sog‘liqni saqlashga byudjetdan ko‘proq mablag‘ ajrata boshladi. Tibbiy xizmat ko‘rsatish tartibga solingan edi, shifokor qabulida kutish vaqti qisqartirildi, shifoxonalarda bolalarning o‘z ota-onalari bilan nazoratda bo‘lishlariga ruxsat etildi, qatnab davolanuvchilar uchun transport xizmati yo‘lga qo‘yildi.
Konservator va leyboristlarning ta’lim sohasini isloh qilishga bag‘ishlangan dasturlari umuman bir-biriga o‘xshash bo‘lganligi sababli Cherchill hukumati bu sohada aytarlik o‘zgarish qilmadi. Shunday bo‘lsada, Cherchill hukumati umumta’lim maktablarini rivojlantirish uchun byudjet xarajatlarini ancha oshirdi.
O‘zining saylovoldi va’dalariga amal qilgan holda Cherchill hukumati davlat korxonalarining keng miqyosda xususiylashtirilishiga shoshilmadi. Faqat po‘lat quyish va avtomobil transporti sohalari xususiylashtirildi, xolos.
XX asrning 50-yillarida Buyuk Britaniyada iqtisodiyotning o‘sish dinamikasi ancha yaxshilandi. 1950 yillar boshlarida ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari 1937 yildagi ko‘rsatkichdan 1/3 hissa ko‘p bo‘ldi. Ilm-fan keng joriy etilgan bir qator sohalar, jumladan, elektroenergetika, mashinasozlik, kimyo sanoati sohalarida barqaror o‘sish kuzatildi. Ko‘mir sanoati va to‘qimachilik sohalarida ko‘rsatkichlar yaxshi emas edi. Umuman, 50-yillarning birinchi yarmida yalpi milliy mahsulotning yillik o‘sishi o‘rtacha 2,7% ni, sanoat ishlab chiqarishida esa 3,3% ni tashkil etdi (30-yillar oxirida mos ravishda 1,75% va 2,7%). Ishsizlar soni ham barqaror kamayib bordi. 1953 yilda ishsizlar soni 0,5 million, 1955 yilda esa 298 ming kishini tashkil etdi. Buyuk Britaniya hali ham sanoat ishlab chiqarishi bo‘yicha AQShdan keyin ikkinchi o‘rinni egallab turardi.
Shunday qilib, Cherchill hukumati iqtisodiyotga faol aralashish keskin zaruratidan qutulgan edi. To‘g‘ri, bu loqaydlik o‘zining salbiy natijalariga ham ega bo‘ldi. Keskin pasayish va inqirozlarning yo‘qligi ham jahon bozorida egallagan mavqeini saqlanib qolishini kafolatlay olmas edi. O‘sish sur’atlarini asta-sekin oshirib borish, ishlab chiqarish texnologiyasini mukammallashtirish, bozor infratuzilmasining eng yangi shakllarini rag‘batlantirish talab etilardi. Bu masalalarni xususiy sektorning o‘zi hal qila olmasdi. Iqtisodiyotning davlat tomonidan boshqarilishidagi dunyo tajribasi krizisga qarshi siyosat yuritish doirasidan chiqa boshladi. Faqatgina kuchli moliyaviy, intellektual va siyosiy salohiyatga ega bo‘lgan davlatgina o‘ta muhim fundamental tadqiqotlar o‘tkazishni, katta investitsiyalarini jalb qiluvchi strategik ilmiy sohalarni rivojlantirishni, kadrlarni keng ko‘lamda qayta o‘qitish va malakasini oshirishni o‘z zimmasiga olishi mumkin edi. Konservatorlar boshqaruvi davrida Buyuk Britaniya hukumati bu vazifalarni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ymagan edi. Konservatorlarning iqtisodiyotni boshqarishdagi bu loqaydligi muxolifotga ularning hukmronlik davrini “turg‘unlik davri”, “bekorga sarflangan yillar” deb baholashlariga asos bo‘ldi.
Konservatorlar tashqi siyosat sohasida ham biror-bir prinsipial o‘zgarishlar qilmadi. Muxolifatda bo‘lgan yillardayoq, Cherchill va Idenlar Buyuk Britaniyaning umumdunyoviy maqsadlarini urushdan keyingi real ahvolga moslashtirishga da’vat etuvchi “uch doira” konsepsiyasini ishlab chiqishgandi. Bu konsepsiyaga ko‘ra Britaniya tashqi siyosati mamlakatning o‘ziga xos geografik joylashishi va tarixiy an’analarni hisobga olgan holda uchta asosiy mintaqalar doirasida tuzilishi kerak. Bu uch doira Atlantika hamjamiyati, Yevropa va Buyuk Britaniya millatlar hamdo‘stligidan iborat edi. Cherchillning ta’kidlashicha, gap geografik joylashishda emas, balki milliy, mafkuraviy va siyosiy birlik omillari nuqtai nazaridan tashkil qilingan maxsus mintaqalar haqida boryapti. “Men insoniyat taqdirini kuzatib kelajakka nazar solar ekanman- deydi u - Erkin xalqlar va demokratiya orasida uchta ulkan mintaqani ko‘raman. Biz uchun birinchisi, albatta Britaniya Hamdo‘stligi va imperiya. Keyingisi AQShga tenglashadigan anglosakslar dunyosi bo‘lib, unda biz, Kanada va Britaniya dominionlari katta rol o‘ynaydi. Va nihoyat, uchinchisi, bu birlashgan Yevropa. Bu uchta sehrli doira birga mavjud bo‘lsa, agar ular birlashishsa, ularni qulata oluvchi yoki ularga jiddiy tahdid soluvchi kuch bo‘lmaydi. Bizning mamlakatimiz bu doiralarning har birida muhim rol o‘ynaydigan yagona mamlakatdir”.
Konservatorlar uchun millatlar hamdo‘stligi va imperiya taqdiri tashqi siyosat yo‘nalishida hal qiluvchi masalaedi. 1952 yilda chaqirilgan Hamdo‘stlik bosh vazirlarining maxsus anjumani 1949 yil qarorlari hamda ingliz qirolining Hamdo‘stlikdagi rahbarlik mavqeini tasdiqladi. Bu faxrli unvon taxtga o‘tirgan Yelizaveta 11 ga topshirildi. 1952 yil anjumani “Hamdo‘stlik fuqarosi” (“Britaniya fuqarosi” o‘rniga) tushunchasini butunlay qonunlashtirdi. Mamlakatning uchinchi dunyo davlatlariga ta’sirini kuchaytirish maqsadida Cherchill hukumati Koreya urushini tinchlik yo‘li bilan hal qilishni faollik bilan qo‘llab-quvvatladi. Buyuk Britaniya Hindixitoy masalasida yetarlicha qat’iy fikrda turib, Sovet Ittifoqining Hindixitoy masalasi bo‘yicha davlat rahbarlari ishtirokida xalqaro yig‘ilish o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifini qo‘llab-quvvatladi. Bu yig‘ilish 1954 yilda Jenevada o‘tkazildi va harbiy harakatlarni to‘xtatish haqida qaror qabul qilishga erishildi. Shu yili Tehronda Eron hukumatining xalqaro muvaqqat bitimga binoan Eron neft konlarini foydalanishga topshirishi haqida kelishib olindi. Bu shartnoma ham xuddi oldingi shartnomadek Buyuk Britaniyaga biror-bir foyda keltirmadi, ammo, kelishmovchiliklarga qisman barham berildi.
50-yillar boshida Misr atrofidagi vaziyat keskinlashdi. 1951 yilning oktyabrida Misr hukumati Sudan va Suvaysh kanali kondominioni (birgalikda boshqarish) to‘g‘risidagi 1936 yilda tuzilgan shartnomani bekor qildi. Sudan Misrning ajralmas qismi deb e’lon qilindi. Ammo, Misr qiroli Faruk Buyuk Britaniya bilan ochiqchasiga to‘qnashishdan cho‘chib turardi. Uzoq davom etgan muzokoralar boshlandi. Bu muzokoralar davrida ingliz harbiylari Suvaysh kanali atrofidagi aholining norozilik chiqishlarini bostirib turdi. Qohiradagi davlat to‘ntarishidan so‘ng 1952 yil iyulida J.Nosirning inqilobiy hukumati Sudanga to‘la erkinlik berdi va bu 1953 yilgi ingliz-misr kelishuvida qayd etildi. 1954 yil 19 oktyabrda Suvaysh kanali taqdirini hal qiluvchi shartnoma ham imzolandi. Unga ko‘ra ingliz qo‘shinlari 20 oy davomida evakuatsiya qilinadigan bo‘ldi. Kanal fuqarolik boshqaruv ixtiyoriga topshirildi. 1954 yili Angliyaning qurolli kuchlari Misrdan butunlay olib chiqib ketildi.
Cherchill hukumati Yevropa siyosati masalasida ma’lum faollikni namoyon qildi. Ammo, Britaniya siyosatchilari fransuzlarning Yevropada transmilliy boshqaruv tizimini tuzish bilan Yevropa iqtisodiyotini iqtisodiyotni integratsiya qilish loyihasiga shubha bilan qaradi. “Shuman rejasi”ga xilof ravishda rasmiy London Yevropa erkin savdo huquqini tuzish g‘oyasini ilgari surdi. Unga Yevropa iqtisodiy hamkorlik tashkilotining barcha 17 ta a’zosi ham kirishi kerak edi. Unda o‘zaro bojxona to‘lovlarini va import cheklashlarni bekor qilish ko‘zda tutilgan bo‘lib, keyinchalik, mablag‘ xarajatlarini erkinlashtirish va savdoni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tashkil etishga erishish kerak edi. Cherchillning bu loyihasida Yevropa transmilliy tashkiliy tuzilmasini yaratish, Umumevropa birlashgan iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish va yagona qonunchilik tizimini barpo etish ko‘zda tutilmagan edi.
1952 yilda Yevropa ko‘mir va po‘lat birlashmasi (EKPB)ning tuzilishi (Fransiya, GFR, Italiya, Belgiya, Niderlandiya va Gollandiya) Britaniya hukumati rejalariga mos kelmas edi. Siyosiy mag‘lubiyatni bartaraf etish maqsadida Britaniya diplomatiyasi harbiy-siyosiy integratsiya loyihalarini faol qo‘llab-quvvatlardi. 1952 yilda “Pleven rejasi”ni muhokama qilish vaqtida Buyuk Britaniya G‘arbiy Germaniyada okkupatsiya rejimini bekor qilish va uning harbiy kuchlarini “Evropa qo‘shinlari” safiga qo‘shish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi. Yevropa mudofaa hamjamiyati loyihasi barbod bo‘lgandan keyin Buyuk Britaniya AQSh bilan birga GFR ni Shimoliy Atlantika Bloki (NATO) ga a’zo bo‘lib kirishga rozilik berdilar.
1954 yil noyabr oyida konservatorlar rahbari U.Cherchillning 80 yoshlik tantanasi nishonlandi. Uning yoshi iste’foga chiqishni talab etardi. 1954 yil davomida rahbarlik qilayotgan partiya rahbarining chiqishlari ochiqchasiga hammaning g‘ashiga tegardi. Hal qiluvchi voqea jamoalar palatasida vodorod bombasining ishlab chiqarilishi haqidagi shov-shuvli munozaralar sodir bo‘ldi. Noizchillik va ayni paytda urushqoqlik va murosasizlik mavqeini egallagan Cherchill siyosati konservatorlar partiyasining ko‘pchilik vakillari orasida norozilik uyg‘otdi. Cherchill 1955 yil 5 aprelda iste’foga chiqdi. An’anaviy rusumga ko‘ra Cherchill qirolichaga iste’fo haqida yozma iltimosnoma topshirdi va Iden boshchiligida yangi hukumat tuzilishi uchun tavsiyanoma berilishini so‘radi.



Download 381 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling