14-mavzu. Frazеologiya. O‘z va o‘zlashgan frazеmalar
Download 76.21 Kb.
|
14-MT (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- FRAZEMALARNING SHAKL VA MA’NO MUNOSABATLARIGA KO‘RA TURLARI
Umumiylik: 1) ikkalasi ham turg‘un konstruksiya sanaladi; 2) ikkalasida ham umumlashgan yaxlit bir ma’no (ko‘chma ma’no) ifodalanadi; 3) ikkalasida ham uslubiy bo‘yoq (uslubiy sema) bo‘ladi, chunki Frazemalarning barchasi voqelikni nomlash bilan cheklanmaydi, uni baholash xususiyatiga ham ega; 4) ikkalasi ham nutqda yaxlit holda bitta sintaktik vazifada qo‘llanadi.
Farqlari: 1) Frazeologik butunlik tarkibidagi so‘zlarning ma’nolari frazemaning ko‘chma ma’nosini izohlaydi. Frazeologik chatishmada esa so‘zlar ma’nosi bilan frazema ma’nosi (frazeologik ma’no) o‘rtasida bunday aloqa yo‘q, 2) frazeologik butunlikning ma’nosida ichki obraz saqlanadi: tarkibidagi so‘zlarga xos ma’nolar sezilib turganligidan frazemaning ma’nosi ko‘p qirrali, boy bo‘ladi. Frazeologik chatishma ma’nosining gavdalanishida esa frazema tarkibidagi so‘zlarning ma’nolari ishtirok etmaydi, shuning uchun unda ichki obraz so‘nggan bo‘ladi. FRAZEMALARNING SHAKL VA MA’NO MUNOSABATLARIGA KO‘RA TURLARI Adabiyotlar: 11 [83-87], 27 [113-115, 123-125, 127-128, 137— 141, 142-143], 32 [88], 110 [6-9]. Frazemalarning shakl munosabatiga ko‘ra turlari Frazemalarning shakl munosabati asosida frazeologik omonimiya va frazeologik paronimiya yuzaga keladi: 1. Frazeologik omonimiya Frazemalarning ifoda planidagi (shakldagi, tuzilishdagi) tenglik hodisasidir. Qiyos qiling: 1. Jon bermoq - «barhayot qilmoq»: ... Odamzodga jon bergan ham, jonini oladigan ham yaratganning o‘zi (P T.) 2. Jon bermoq — «o‘lmoq» «so‘nggi marta nafas chiqarmoq»: Semiz va hamisha yurak kasalidan qiynalib yurgan xotin arava ustida yulduz to‘la osmonga termilib jon berdi. (Sh.R.) Yana: 1. Ustidan chiqmoq — «Biror narsa qilinayotganda tepasiga borib qolmoq»: Qaynanangiz rosa sevar ekan, rais, — dedi Ro‘zi polvon hazil aralash, — ovqatning ustidan chiqdingiz (Sh.R.). 2. Ustidan chiqmoq - «Bajarmoq»: Demak, Hakimov telefonda bergan so‘zining ustidan chiqibdi (P.Q.). Shaklan teng bolgan frazemalar tilshunoslikda omofrazemalar deb nomlanadi. Erkin birikma bilan frazema (turg‘un birikma) o‘rtasidagi shakliy tenglik hodisasi frazeologik omonimiya emas, frazeologik omonimlik sanaladi. Demak, bunday holatlarda «Omonimiya» va «omonimlik» atamalari o‘zaro farqlanadi. Chunonchi: 1. Ko‘z yummoq (erkin birikma) - «Ko‘zini yumib olmoq» ma’nosida; 2) Ko‘z yummoq (turg‘un birikma, frazema) — «ko‘ra - bila turib e’tiborsiz qoldirmoq» ma’nosida; 3) ko‘z yummoq (turg’un birikma, frazema) — «vafot etmoq» ma’nosida. Keltirilgan misollarning birinchi va ikkinchisida erkin va turg’un birikmalar, ikkinchi va uchinchisida esa turg’un birikmalar (frazemalar) o‘rtasida shakliy tenglik borligini ko‘ramiz. Birinchi va ikkinchi misollardagi shakliy tenglik omonimlik sirasiga, ikkinchi va uchinchi misollardagi shakliy tenglik esa omonimiya sirasiga kiradi. Download 76.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling