14-mavzu. Frazеologiya. O‘z va o‘zlashgan frazеmalar
II. Frazeologik antonimiya
Download 76.21 Kb.
|
14-MT (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘z qatlam frazemalari
- O‘zlashgan qatlam frazemalari
II. Frazeologik antonimiya ikki frazemaning o‘zaro zid ma’no ifodalashidir: oshig‘i olchi va ishi o‘ngidan kelmaslik; boshi ko‘kka yetmoq va fig‘oni falakka chiqmoq kabi.
Antonimiya hodisasi ikki frazema o‘rtasidagina emas, leksema bilan frazema o‘rtasida ham yuzaga kelishi mumkin: xursand (leksema) - dili siyoh (frazema), landavur (leksema) - yulduzni benarvon uradigan (frazema) kabi. Bular lug‘aviy antonimlarning leksik-frazeologik turi sanaladi. Demak, lug‘aviy birliklar o‘zaro zid ma’no anglatishiga ko‘ra leksik antonimlar (so‘z bilan so‘z o‘rtasida), frazeologik antonimlar (frazema bilan frazema o‘rtasida) va leksik-frazeologik antonimlar (so‘z bilan frazema o‘rtasida) kabi mikrosistemalarni hosil qilishlari mumkin. O‘Z VA O‘ZLASHGAN QATLAM FRAZEMALARI Adabiyotlar: 11 [87], 27 [180-183]. Frazemalarning tarixan ikki qatlamga ajratilishi O‘zbek tili frazemalari tarixan ikki qatlamga ajratilishi mumkin: o‘z qatlam frazemalari va o‘zlashgan qatlam frazemalari. 1. O‘z qatlam frazemalari o‘zbek tilining o‘ziniki bo‘lgan yoki umumturkiy manbaga mansub frazemalardir. Bunday frazemalar asosida bevosita o‘zbek xalqi (yoki turkiy xalqlar) hayotiga xos voqelik va shunga suyangan obraz yotadi: ikki ko‘zi to‘rt bo‘lmoq (varianti: ko‘zi to‘rt bo‘lmoq) — ma’nosi: «intizor bo‘lmoq»; bel bog‘lamoq (varianti: bel(i)ni bog‘lamoq) — ma’nosi: «shaylanmoq», «otlanmoq»; 2. O‘zlashgan qatlam frazemalari - o‘zbek tiliga boshqa tillardan o‘tib, o‘zlashib qolgan frazemalar. Bunday Frazemalarning aksariyati kalka usulida o‘zlashtirilgandir: pashshaga ozor bermaslik (ruscha мухи не обидеть frazemasining kalkasi) — ma’nosi: «beozor»; pashshadan fil yasamoq (ruscha из мухи делать слона frazemasining ijodiy kalkasi) — ma’nosi: «bo‘rttirib yubormoq», «oshirib yubormoq», «mubolag‘a qilmoq». Boshqa tillardan Frazemalarning o‘zicha (o‘zgarishsiz) o‘zlashtirilishi o‘zbek tilida juda kam uchraydi: dardi bedavo (tojik tilidan); sukut — alomati rizo (tojik tilidan) kabi. Download 76.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling