14-mavzu. Frazеologiya. O‘z va o‘zlashgan frazеmalar


FRAZEMALARNING ISHLATILISH DOIRASI VA ZAMONIYLIGI


Download 76.21 Kb.
bet8/9
Sana22.06.2023
Hajmi76.21 Kb.
#1649997
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
14-MT (1)

FRAZEMALARNING ISHLATILISH DOIRASI VA ZAMONIYLIGI
Adabiyotlar: II [87-89], 27 [143-151].


Frazemalarning ishlatilish doirasiga ko‘ra tavsifi
O‘zbek tili frazemalarining ishlatilish doirasi chegaralanmagan va chegaralangan bo‘lishi mumkin.
1. Ishlatilish doirasi chegaralanmagan frazemalar millat vakillarining barchasi uchun umumiydir, ular barchaning nutqida bir xil darajada qo‘llanadi, barchaga tushunarli bo‘ladi: ikki gapning birida, ko‘ngliga qil sig‘maydi, ter to‘kmoq, g‘azabi kelmoq kabilar shular jumlasidandir.
2. Ishlatilish doirasi chegaralangan frazemalar, asosan, muayyan dialekt yoki sheva birligi bo‘lib, umumtil va adabiy til doiralarida qo‘llanmaydi. Masalan, qipchoq lahjasi shevalarida qo‘lini moylab kelmoq (ma’nosi: «xohlamay, loqayd ishlamoq»), ayroni achimas (ma’nosi: «loqayd», «beparvo»), jiydaning ostidan o‘tmoq (ma’nosi: «esini vo‘qotmoq», «miyasi aynimoq»), qulog‘i ostida qolmoq (ma’nosi: «o‘lmoq», «vafot etmoq») frazemalari uchraydi.
Ba’zan, umumtil frazemalarining u yoki bu shevadagi varianti (ko‘rinishi) ham uchraydi: Qo‘yniga qo‘l solib ko‘rmoq (umumtil frazemasi) — ichiga qo‘l sotib ko‘rmoq (dialektal variant), chillaki chillakini ko‘rib chumak uradi (umumtil frazema) - chilgi chilgini ko‘rib chumak uradi (dialektal variant) kabi.
Ishlatilishi kasb-hunarga ko‘ra chegaralanish frazemalarga xos emas, ammo Frazemalarning kelib chiqishi va shakllanishida ijtimoiy mehnatning u yoki bu turi nolisoniy omil sifatida ishtirok etganligi shubhasiz: ko‘pchilik frazemalar ijtimoiy mehnat bilan bog‘liq voqeliklarga tayangan holda yuzaga kelgan. Masalan: arpasini xom o‘rmoq (dehqonchilikka tayanilgan), astar-avrasini ag‘darmoq (tikuvchilikka tayanilgan), bo‘zchining mokisiday (to‘quvchilikka tayanilgan), temirni qizig‘ida bosmoq (temirchilikka tayanilgan), misi chiqmoq (zargarlikka tayanilgan) kabi.
Zamonaviylik belgisiga ko‘ra frazemalarning turlari
1. Istorizm-frazemalar o‘tmish voqeligiga xos iboralardir: qo‘sh qilich bir qinga sig‘mas, taqdirga tan bermoq kabi. Istorizm- frazemalar tilda juda kamdir.
2. Arxaizm-frazemalar — hozirgi tilda leksik yoki frazeologik sinonimi bor bo‘lgan eskirgan frazemalar. Masalan: tengri rahmatig‘a bormoq (arxaizm-frazema) - dunyodan o‘tmoq, vafot etmoq, ko‘z yummoq, o‘lmoq (yuqoridagi arxaizm-frazemaning hozirgi tilda qo‘llanayotgan sinonimlari); daqyonusdan qolgan, varianti: doqiyunusdan qolgan (arxaizm-frazema) — almisoqdan qolgan, eski, qadimgi (yuqoridagi arxaizm-frazemaning hozirgi tilda qo‘llanayotgan sinonimlari) kabi.
3. Neologizm-frazemalar — yangilik bo‘yog‘ini yo‘qotmagan iboralar. Masalan: tomi ketgan (ma’nosi: «aqldan ozgan», «esi past»), yangi o‘zbeklar (ma’nosi: «hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida yuzaga kelgan yangi ishbilarmonlar») kabi.

Download 76.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling