4-ilova
Fuqarolik tarbiyasi fuqarolik tushunchasining mohiyatini anglatish orqali о‘quvchilarda yuksak darajadagi fuqarolik madaniyatini shakllantirish, ularni xalq, Vatan, jamiyat manfaatlari yо‘lida kurashuvchi fuqarolar etib tarbiyalashga yо‘naltirilgan pedagogik jarayon
4A-ilova
Asosiy vazifalar
1. Yosh avlodni jamiyatda ustuvor bо‘lgan axloqiy va huquqiy meyorlarga rioya etishga о‘rgatish. 2. О‘quvchilarga fuqarolik huquq va burchlari tо‘g‘risida ma’lumotlar berish, ularda fuqarolik faoliyati kо‘nikma va malakalarini hosil qilish. 3. О‘quvchilarda davlat ramzlariga nisbatan hurmat va muhabbatni qaror toptirish, Respublika Prezidenti sha’ni, or-nomusini himoya qilishga tayyorlik hissini shakllantirish. 4. Ularda xalq о‘tmishi, milliy qadriyatlarga nisbatan muhabbat tuyg‘usini uyg‘otish, ulardan g‘ururlanish, faxrlanish va iftixor hislarini oshirish. 5. Vatan, xalq va millat ishiga sodiqlik, о‘z manfaatlarini yurt manfaatlari bilan uyg‘unlashtira olishga erishish, fidoiy fuqaroni tarbiyalab voyaga yetkazish. 6. Vatan, yurt ozodligi va mustaqilligini e’zozlovchi, ardoqlovchi, uni himoya qilishga tayyor fuqaroni tarbiyalash
Do'stlaringiz bilan baham: |