10-ilova
Huquqiy ta’lim о‘quvchilarga huquqiy meyorlar, qonunlar va ijtimoiy-huquqiy munosabatlar tо‘g‘risida tizimlangan bilimlarni berish, ularda huquqiy bilimlarni egallashga bо‘lgan ehtiyojni yuzaga keltirish, huquqiy ongni shakllantirish jarayoni bо‘lib, u izchil, uzluksiz, tizimli tarzda tashkil etiladi
10A-ilova
Huquqiy tarbiya shaxs tomonidan о‘zlashtirilgan nazariy-huquqiy bilimlar negizida huquqiy faoliyatni tashkil etish borasidagi kо‘nikma va malakalarni hosil qilish, unda ijobiy mazmundagi huquqiy sifatlarni qaror toptirish va huquqiy madaniyatni shakllantirishga yо‘naltirilgan pedagogik jarayon hisoblanadi
10B-ilova
Huquqiy tarbiyaning asosiy vazifalari
Asosiy vazifalar
О‘quvchilarga huquqiy meyorlar, qonunlar, ijtimoiy-huquqiy munosabatlar, ularning ijtimoiy ahamiyati tо‘g‘risida ma’lumotlar berish; ularda huquqiy bilimlarni egallashga bо‘lgan ehtiyoj va huquqiy ongni qaror toptirishga erishish; о‘quvchilarda huquqiy faoliyat kо‘nikma va malakalarni hosil qilish; ularda huquqiy madaniyat kо‘rinishlari (huquqiy tasavvur, huquqiy idrok, huquqiy tafakkur, huquqiy savodxonlik, huquqiy mas’ullik, huquqiy faollik, huquqiy e’tiqod va huquqiy salohiyat) va huquqiy madaniyat elementlari (huquqiy meyor, qonunlarning ijtimoiy ahamiyatini tо‘g‘ri baholash, ijtimoiy harakat va harakatsizlikning qonuniy bо‘lishiga erishish, davlat Konstitutsiyasi va ramzlarini, fuqarolik huquq va burchlarini hurmat qilish, yuridik xizmatlarga nisbatan ehtiyojni qaror toptirish, har qanday kо‘rinishdagi huquqbuzarliklarga qarshi murosasiz kurashni tashkil etish)ni shakllantirish
11-ilova
Huquqiy madaniyat shaxs tomonidan huquqiy bilimlarning о‘zlashtirilishi hamda huquqiy faoliyatni tashkil etish darajasining sifat kо‘rsatkichi
ЭЪТИБОРИНГИЗ
УЧУН
РАҲМАТ!
Do'stlaringiz bilan baham: |