14-mavzu. Fuqarolik tarbiyasi 2-ilova Reja


Aqliy tarbiyaning asosiy vazifalari


Download 1.11 Mb.
bet3/7
Sana05.01.2022
Hajmi1.11 Mb.
#232636
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
14-MAVZU PED NAZARIYA

Aqliy tarbiyaning asosiy vazifalari

4B-ilova

Fuqarolarning burchlari

Konstitusiya va qonunlarda kо‘zda tutilgan talablarga rioya etish, boshqa fuqarolarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni, qadr-qimmatini hurmat qilish; О‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy-madaniy merosini avaylab asrash; fuqarolar tabiiy atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bо‘lish; qonunlar bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig‘imlarni tо‘lash; О‘zbekiston Respublikasini himoya qilish



O`zbekiston Respublikasining davlat bayrog`i O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o`tkazilgan VII sessiyasida 1991 yil 18 noyabr kuni tasdiqlangan. Bayroq - davlat suverenitetining ramzlaridan biridir.

Bayroq to`rtta rangdan, 12 yulduz va yarim oydan iborat. Xalq idrokida bu timsollar quyidagicha tushuniladi:



ko`k rang - doim moviy osmonni, oq rang - xalqimizning oq ko`ngilini va uning oq paxtasiniyashil rang - cheksiz yashil dalalarimiz va tabiatimizni, 12 yulduz - O`zbekiston tarkibidagi Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlarni bildiradiyarim oy - yurtimiz Islom Sharqi mamlakati ekanligini bildiradi, bayroqdagi ikki qizil yo`l - mavjud birlik va buzilmas do`stlikka erishish uchun yurtimiz farzandlari qon to`kkanlariga ishora qiladi.

5-ilova

O`zbekiston Respublikasining davlat gerbi 1992 yil 2 iyulda qabul qilingan. Davlat gerbi - davlat mustaqilligining ramzlaridan biridir.

Davlat gerbi dumaloq ko`rinishga ega bo`lib, bu shaklning so`l tomoni rizq-ro`zimiz timsoli - bug`doy boshoqlaridan, o`ng tomoni esa o`zbekning dong`ini dunyoga taratgan bebaho boyligimiz - chanoqlari ochilgan g`o`za shoxlaridan iborat chambarga o`ralgan, uzoqdagi tog`lar va daryolar manzarasida gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi, ayni paytda bu O`zbekistonning serquyosh mamlakat ekanligini ham bildiradi. Gerbning yuqori qismida esa O`zbekiston ozodligining ramzi sifatida sakkizburchak yulduz, uning ichki qismida yarimoy va yulduz, markazida - baxt va erksevarlik ramzi - qanotlarini yozgan Xumo qushi tasvirlangan. Gerbning pastki qismida O`zbekiston Respublikasi davlat bayrog`ini ifoda etuvchi chambar tasmasiga O`zbekiston deb yozib qo`yilgan.


Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling