14-Mavzu. Iqtibos keltirish. Perefraza Iqtibos


Download 44 Kb.
bet4/5
Sana21.06.2023
Hajmi44 Kb.
#1642008
1   2   3   4   5
Bog'liq
14 mavzu Iqtibos keltirish. Perefrza

Abzatsga misol
Quyidagi abzatsni tahlil qiling. “Ko‘chmas mulk egaligini rag‘batlantirish kerakmi?” deb nomlangan essening kirish qismidan olingan. Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida ko‘chmas mulkchilik darajasi juda xilma-xil. Misol uchun, Germaniya eng past darajaga ega, ya’ni 42%, Ispaniya esa ikki baravar ko‘p 85%. AQSh va Buyuk Britaniya deyarli bir xil ko‘rsatkichga ega, ya’ni 70%. Bunday o‘zgarishlarning sababi iqtisodiydan ko‘ra madaniy va tarixiylikni ko‘rsatadi, chunki yuqori ko‘rsatkichlar rivojlangan davlatlarda mavjud bo‘lganidek, qoloq davlatlarda ham bor. Bu yerda xalqning farovonligi va ko‘chmas mulkchilik darajasi o‘rtasida bog‘liqlik yo‘q.
Abzats quyidagicha tahlil qilinishi mumkin:
Mavzu sarlavhasi - Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida ko‘chmas mulkchilik darajasi juda xilma-xil;
1)1-misol – Misol uchun, Germaniya eng past darajaga ega, ya’ni 42%, Ispaniya esa ikki baravar ko‘p 85%;
2)2-misol – AQSh va Buyuk Britaniya deyarli bir xil ko‘rsatkichga ega, ya’ni 70%;
3)Sabab – bunday o‘zgarishlarning sababi iqtisodiydan ko‘ra madaniy va tarixiylikni ko‘rsatadi, chunki yuqori ko‘rsatkichlar rivojlangan davlatlarda mavjud bo‘lganidek, qoloq davlatlarda ham bor;
4)Xulosa – bu yerda xalqning farovonligi va ko‘chmas mulkchilik darajasi o‘rtasida bog‘liqlik yo‘q.
Bu misollar quyidagini ko‘rsatadi:
a)Abzats bir mavzuga bog‘liq bo‘lgan holda, bir necha gaplardan tashkil topgan. Abzatslarga bo‘lish muallif va kitobxonning argumentlar bilan mukammal mashg‘ul bo‘lishi uchun yordam beradi;
b)Abzatsning hajmi matn turiga qarab turlanadi, ammo, odatda, u to‘rt yoki besh gapdan iborat bo‘ladi.
c)Odatda (har doim emas), birinchi jumla mavzuga kirish bo‘lib xizmat qiladi. Keyingilari esa ta’riflar beradi, misollar, qo‘shimcha ma’lumotlar, sabablar va xulosalar;
d)Abzats qismlari o‘zaro qalin shriftli ibora va bog‘lovchilar bilan farqlanadi.
Mavzu yuzasidan mashq va topshiriqlar:
1- topshiriq. Essening kirishi, odatda, nimadan iborat bo‘ladi? Quyidagi ro‘yxatga e’tibor bering va ulardan qo‘shiladigan punktlarni tanlang.
Tarkibi qism Ha/yo‘q
- Sarlavhadagi notanish so‘zning ta’rifi
- Essening predmeti haqidagi fikringiz
-Mavzu bo‘yicha o‘qigan manbalaringizni keltirib o‘tish
-Kitobxonni qiziqtirish uchun fikr yoki savol
-Buni yozishdan sizning maqsadingiz
-Sizning savolga javob berishga moslashgan uslubingiz
-Mavzu haqida qisqa holat
-O‘zingiz o‘rnatgan chegara
Kirishning tarkibiy tuzilishi barcha kirishlar ham yuqoridagi elementlarni o‘zida mujassamlashtirmaydi.
1-Quyidagilarning qaysi biri asosiy va qaysi biri ixtiyoriy bo‘lishini tanlang.

Download 44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling