14-mavzu. Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy oʻlchamlari. Yalpi milliy mahsulot va uning harakat shakllari reja


 Yalpi milliy mahsulotning mazmuni, tarkibiy qismlari va harakat shakllari


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana05.01.2022
Hajmi0.6 Mb.
#202711
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
14-seminar

2. Yalpi milliy mahsulotning mazmuni, tarkibiy qismlari va harakat shakllari 

 

Ijtimoiy takror ishlab chiqarish natijasida mamlakat miqyosida milliy mahsulot yaratiladi. 



Milliy mahsulot – mamlakat iqtisodiyotida yaratilgan mahsulot va xizmatlar umumiy hajmidir. U 

barcha  moddiy  va  nomoddiy  ne’matlar  ishlab  chiqarish  hamda  xizmatlarni  oʻz  ichiga  olib, 

hozirgi bizning mamlakatimiz qoʻllayotgan milliy hisoblar tizimida yalpi ichki mahsulot (YaIM) 

deb  yuritiladi.  Milliy  mahsulot  koʻrsatkichi  oldingi  davrlarda,  masalan  oldingi  sobiq  Sovet 

ittifoqi  iqtisodiyotida  jami  ijtimoiy  mahsulot  (JIM)  deb,  boshqa  koʻpgina  mamlakatlarda  esa 

yalpi milliy mahsulot (YaMM) deb yuritilar edi. Yalpi milliy mahsulot – bu oʻz mamlakati yoki 

xorijda  joylashgan  milliy  korxonalar  tomonidan  yaratilgan  mahsulot  va  xizmatlar  umumiy 

hajmining jami qiymatidir. 

Yalpi ichki mahsulot – ma’lum vaqt davomida, masalan, bir yilda yaratilgan va bevosita 

iste’molchilarga  borib  yetadigan  barcha  tayyor  mahsulot  va  koʻrsatilgan  xizmatlarning  bozor 

narxidagi qiymatidir. 

YaMM  va  YaIM  oʻrtasidagi  farq  u  qadar  ahamiyatli  emas.  Bu  farq  rivojlangan 

mamlakatlarda YaIMning ±1%ni tashkil etadi. BMT statistika xizmati asosiy koʻrsatkich sifatida 

YaIMdan foydalanishni tavsiya etadi.  

Yaqin  vaqtlarga  qadar  AQSH  va  Yaponiyada  YaMM  koʻrsatkichi  qoʻllanilar  edi, 

endilikda bu mamlakatlar ham YaIM koʻrsatkichini qoʻllay boshladilar. 

 


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling