14-mavzu. Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy oʻlchamlari. Yalpi milliy mahsulot va uning harakat shakllari reja


 Milliy hisoblar tizimi, uning maqsadi va vazifalari


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana05.01.2022
Hajmi0.6 Mb.
#202711
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
14-seminar

5. Milliy hisoblar tizimi, uning maqsadi va vazifalari 

 

Mamlakat iqtisodiyotining qanchalik rivojlanganligi va samarali ekanligini aniq bilish bir 



qancha makroiqtisodiy koʻrsatkichlardan foydalaniladi YaIM, YaMM. Jumladan, aynan shu yilda 

jonli  mehnatning  unumli  harakati  natijasida  vujudga  keltirilgan  sof  milliy  mahsulot  (SMM) 

koʻrsatkichidan foydalaniladi.  

YaIMdan joriy yilda ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan asosiy kapital qiymati 

yoki yillik amortizatsiya summasi ayirib tashlansa sof milliy mahsulot (SMM) koʻrsatkichi hosil 

boʻladi: 

YIM – amortizarsiya yillik simmasi = SMM 

SMM  qiymatiga  davlat  tomonidan  oʻrnatiladigan  egri  soliqlar  summasi  kiradi.  Egri 

soliqlar  korxona  tomonidan  oʻrnatiladigan  narxga  qoʻshimcha  hisoblanadi.  Bunday  soliqlar 

ogʻirligi iste’molchi zimmasiga tushib, natijada ular daromadining bir qismini yoʻqotadi. Hozirgi 

davrda qoʻllanilayotgan milliy hisoblar tizimida SMMdan egri soliqlar chiqarib tashlanib, milliy 

daromad (MD) koʻrsatkichi aniqlanadi: 

SMM – biznesga egri soliq = milliy daromad. 



 

Shunday qilib, hozirgi hisoblar tizimida SMM miqdori bilan MD miqdori bir-biridan farq 

qilib qolgan. Aslida mamlakat miqyosida ularning miqdori farq qilmasligi lozim. CHunki milliy 

daromad sof milliy mahsulotning sotilgandan keyingi puldagi koʻrinishidir. SHuning uchun ba’zi 

adabiyotlarda milliy daromadni sof mahsulotning oʻzgargan shakli deb ham yuritiladi. Bu holat 

milliy hisoblar tizimini yanada takomillashtirishni taqozo etadi.  

 


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling