14-mavzu. Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy oʻlchamlari. Yalpi milliy mahsulot va uning harakat shakllari reja
Download 0.6 Mb. Pdf ko'rish
|
14-seminar
Asosiy tayanch tushunchalar
Makroiqtisodiyot – moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish sohalarini yaxlit bir butun qilib birlashtirgan milliy iqtisodiyot va jahon xoʻjaligi darajasidagi iqtisodiyotdir. Milliy hisoblar tizimi – milliy mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimlash hamda ulardan foydalanishni tavsiflaydigan oʻzaro bogʻliq koʻrsatkichlar tizimi. Yalpi milliy mahsulot (YaMM) – milliy iqtisodiyotda bir yil davomida vujudga keltirilgan va bevosita iste’molchilarga borib tushadigan pirovard mahsulot va xizmatlarning bozor narxlaridagi summasi. Yalpi ichki mahsulot (YaIM) – yil davomida mamlakat hududida ishlab chiqarilgan pirovard mahsulot va xizmatlarning bozor narxlaridagi qiymati. Sof milliy mahsulot (SMM) – amortizatsiya ajratmalari summasiga kamaytirilgan YaIM sifatida chiqib, tarkiban milliy daromad va egri soliqlardan iborat boʻladi. Milliy daromad – yangidan vujudga keltirilgan qiymat boʻlib, SMMdan egri soliqlarni chiqarib tashlash yoʻli bilan aniqlanadi. Shaxsiy daromad – milliy daromaddan ijtimoiy sugʻurta ajratmalari, korxona foydasidan olinadigan soliqlar va korxonaning taqsimlanmaydigan foydasini chiqarib tashlash hamda aholi qoʻliga kelib tushadigan ijtimoiy toʻlovlar summasini qoʻshish yoʻli bilan aniqlanadi. Nominal YaIM – joriy narxlarda hisoblangan YaIM. Real YaIM – narxlarning oʻzgarishini hisobga olib, oʻzgarmas yoki qiyosiy narxlarda hisoblangan YaIM. Qoʻshilgan qiymat – ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatidan sotib olingan va unumli iste’mol qilingan xom ashyo va materiallar qiymati chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismining bozor qiymati. Oraliq mahsulot – ishlov berish, qayta ishlash va qayta sotish maqsadlarida sotib olingan mahsulotlar. Pirovard mahsulot – ishlab chiqarish jarayoni yakunlangan, shaxsiy va unumli iste’mol qilishga tayyor boʻlgan mahsulotlar. Xufyona iqtisodiyot – YaIMni ishlab chiqarish, taqsimlash va undan foydalanishning rasmiy iqtisodiyotdan yashirin qismi.
1 Қаралсин: Каримов И.А. Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг йўллари ва чоралари. – Т.: Ўзбекистон, 2009, 15-б. |
ma'muriyatiga murojaat qiling