14-mavzu. O’zgarmas tok mashinasi tuzilishi va ishlash prinsipi. O’zgarmas tok generatorining tausiflari


O’zgarmas tok mashinalarini sovitish


Download 59.73 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana17.06.2023
Hajmi59.73 Kb.
#1527908
1   2   3   4   5
Bog'liq
14 -мавзу

O’zgarmas tok mashinalarini sovitish. Bular odatda aksial 
ventilyasiya sistemasiga ega. EM siga havo podshipnik qalqonidagi 
pardali panjara orqali kirib kollektorni sovitgandan keyin ikkita oqimga 
bo’linadi: ulardan bittasi induktor qutblari orqali, ikkinchisi – kollektor
kanallari va yakor chulg’amining pazdan tashqari qismlari orqali o’tib, 
yakorning aksial kanallariga kiradi. Ventilyatorga kirish oldida ikkala 
oqim birlashadi va keyin mashinadan tashqariga chiqariladi.
Turbogeneratorlarning 
sovitish 
tizimlari. 
Katta 
quvvatli 
turbogeneratorlarda ventilyasiyaning aksial va radial sxemalari yoki 
ularning aralashgan (radial-aksial) sxemasi keng ishlatiladi.
Quvvati 30 MW gacha bo’lgan turbogeneratorlarda tashqaridan 
(sirtidan) havo yordamida sovitiladi. Quvvati R > 60 MW bo’lgan
turbogeneratorlarda chulg’am ichi kavak o’tkazgichlarining ichidan
vodorodni, distillangan (ya’ni tuzdan tozalangan) suvni va 
transformator moyini o’tkazib sovitiladi. Bulardan yaxshi sovitish 
qobiliyatiga egalari transformator moyi va distil-langan suv hisoblanadi. 
Masalan, sovitish muhitlarining bir xil tezligida, havoga nisbatan 
vodorod 7,1 marta, transformator moyi 16,5 marta, suv esa 125 marta 
ko’p issiqlikni sovitish muhitiga uzatish qobiliyatiga ega. 
Quvvati 300 MW, ventilyasiyaning aksial sistemasiga ega bo’lgan 
turbogeneratorning konstruktiv sxemasi ko’rsatilgan. Bu sistemada 
havo bosimini hosil qiladigan element bitta bo’lib, ventilyasiya
sxemasi shoxobchalarga bo’lingan. Sovituvchi gazning aylanishi 
(sirkulyasiyasi) yopiq sikl bo’yicha amalga oshiriladi: 
1) stator va rotor chulg’amlari va statorning po’lat o’zagini 
oshirilgan bosimli vodorod bilan sovitishning aksial sistemasi, ya’ni 
valning o’qiga parallel yo’nalgan sovitish sistemasi; 
2) mashinaning radiusi bo’yicha yo’nalgan (radial) kanallardan 
hosil bo’lgan sovitish sistemasidan oshirilgan bosimli vodorod bilan 
sovitish sis-temasi; 
3) stator va rotor chulg’amlari o’tkazgichlarining ichidagi sovitish 
ka-nallaridan distillangan suv o’tkazib, stator va rotor po’lat o’zaklarini 
esa havo yoki vodorod bilan sovitish sistemasi; 
4) stator chulg’ami o’tkazgichlarining ichidagi va po’lat o’zagidagi 
sovitish kanallardan transformator moyini o’tkazib, rotor chulg’ami 
o’tkazgichlarining ichidan distillangan suv o’tkazib va rotor po’lat 
o’zagini esa havo yoki vodorod bilan sovitish sistemasi.


Gidrogeneratorlarning sovitish tizimlari. Gidrogeneratorlar uchun 
sovitish sistemasining konstruktiv bajarilishi ularning osma va 
soyabonsimon turlari uchun umumiydir.
Sovitish havosining bosimini ventilyator va rotor qismlarining 
shamol hosil qiluvchi qismlari tomonidan hosil qilinadi.
 

Download 59.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling