14-mavzu. O’zgarmas tok mashinasi tuzilishi va ishlash prinsipi. O’zgarmas tok generatorining tausiflari


Download 59.73 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana17.06.2023
Hajmi59.73 Kb.
#1527908
1   2   3   4   5
Bog'liq
14 -мавзу

Ijrochi o’zgarmas tok motorlari 
Ijrochi O’TM lari elektr signallarni mexanik harakatga aylantirish 
uchun mo’ljallangan. Bunday motorlar kam inersiyali, ya’ni boshqarish 
O’TM ni tezkorlik bilan mexanik harakatga oshiradigan bo’lishi lozim. 
Odatdagi konstruksiyali O’TM larida yakor o’zagining mavjudligi 
yakorning inersiya momentini ancha orttiradi. Shu sababli ijrochi O’TM 
lar pazsiz yakorli va yakori bosma chulg’amli qilib tayyorlanadi.
Umumiy maqsadli O’TM lariga qo’yiladigan talablardan tashqari 
ijrochi O’TM lariga boshqarish signalining uzilishi bilan o’z harakatini 
darhol to’xtatishi va inersiyasining kamligi kabi maxsus talablar 
qo’yiladi. 
Elektromagnit qo’zg’atishli ijrochi O’TM larining ikkita chulg’ami 
bo’lib, ulardan bittasi elektr tarmog’iga doimiy ulanib, uni qo’zg’atish 
chulg’ami deyiladi. Valning aylanishi zarur bo’lgan holda ikkinchi 
chulg’amga, ya’ni boshqarish chulg’amiga elektr signali beriladi.
Ijrochi O’TM larining konstruksiyasi umumiy maqsadli O’TM 
larinikidan quyidagilar bilan farq qiladi, ya’ni ularning yakori, staninasi 
va qutblari yupqa elektrotexnik po’lat tunukalaridan yig’ilgan bo’ladi, 
chunki bunday motorlarning ishi ko’pchilik hollarda o’tish jarayonlar 
bilan bog’liq bo’ladi. Ijrochi motorlarning magnit zanjiri to’yinmagan 
bo’ladi, shu sababli uning ish tavsiflariga yakor reaksiyasi deyarli ta’sir 
qilmaydi. 
Mustaqil qo’zg’atishli ijrochi motorlarning ikkita usul bilan, ya’ni 
yakordan va qutbdan boshqarish mumkin. Tavsiflari chiziqli bo’lganligi 


va elektr signali uzilganda yakor tezkorlik bilan to’xtash qobiliyatiga 
egaligi kabi afzalliklari mavjudligidan yakordan boshqariladigan ijrochi 
O’TM lari amalda keng qo’llaniladi. 
Bularda qo’zg’atish chulg’ami motorning butun ish jarayonida 
elektr tarmog’iga ulangan bo’ladi. Yakor chulg’ami esa boshqarish 
chulg’ami deyiladi. Bu chulg’amga boshqarish signalini berganda yakor 
chulg’amidan o’tadigan tok qo’z-g’atish chulg’ami magnit maydoni 
bilan ta’sirlashib, aylantiruvchi moment hosil qilishi natijasida yakor 
aylanadi. 
Ijrochi motor inersiyasini kamaytirish maqsadida quyma 
ferromagnit o’zak ichki stator deb nomlanadigan qo’zg’almas qismda
joylashgan bo’lib, yakor chulg’ami esa silindrik karkasga plastmassa 
bilan quyib mahkamla-nadi. Demak, yakor chulg’ami o’tkazgichlari 
plastmassa bilan mahkamlangan si-lindrsimon kavak idishdan iborat 
bo’lar ekan. 
Ichi kavak yakorning inersiya momenti odatdagi yakornikidan 
ancha kamligi tufayli motorning yaxshi tezkorlikka egaligi uning 
afzalligi bo’lsa, qo’zg’atish chulg’ami joylashgan o’zak (tashqi stator) 
va qo’zg’almas ferromagnit o’zak (ichki stator) orasida katta nomagnit 
oraliqqa egaligi magnit qarshilikni oshirib zaruriy maydon hosil qilish 
uchun qo’zg’atish MYuK ni ancha oshirish talab etilishi (demak, motor
gabaritining nisbatan oshishi) esa ularning kamchiligidir
Bunday motorlarning FIK taxminan odatdagi konstruksiyali O’TM 
larniki singari bo’ladi, asosiy maydoni doimiy magnit qo’llab hosil 
qilina-digan motorlarda esa FIK yana ham yuqori bo’ladi. 
Elektr mashinalarining qizishi. 
EM larining ish jarayonida energiyaning bir qismi ulardagi 
isroflarni qoplashga sarflanadi. Energiya is-roflarining barcha turlari 
issiqlikka aylanib, asosan EM ning aktiv qismlari xaroratsini oshirsa, 
uning bir qismi esa atrof muhitga uzatiladi.
EM si chulg’amlar, magnit o’tkazgich elementlari va konstruktiv 
detallar majmuasidan iborat. Bu qismlarning issiqlik o’tkazuvchanligi, 
issiqlik sig’imi va sovitilish sharoitlari har xil bo’ladi, bu esa, EM da 
issiqlik may-doni taqsimlanishining murakkab xarakterda ekanligini 
ko’rsatadi. Lekin, EM ning qizish jarayonidagi umumiy qonuniyatlarni 
aniqlash maqsadida EM sini bir jinsli qattiq jism sifatida qaralsa 
qo’yilgan masalani yechishdagi birinchi yaqinlashish bo’ladi. Bunday 
taxminda EM ning qizishi uning butun hajmi bo’yicha bir tekis yuz 


beradi va issiqlik EM sirtining butun yuzasidan bir xil tarqaladi, deb 
hisoblanadi. 

Download 59.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling