14-mavzu. O’zgarmas tok mashinasi tuzilishi va ishlash prinsipi. O’zgarmas tok generatorining tausiflari


Download 59.73 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana17.06.2023
Hajmi59.73 Kb.
#1527908
  1   2   3   4   5
Bog'liq
14 -мавзу



14-mavzu

O’zgarmas tok mashinasi tuzilishi va 
ishlash prinsipi. O’zgarmas tok generatorining 
tausiflari.
 
 
Reja: 
1.O’zgarmas tok mashinalari maxsus turlari.
2.Elektr mashinalarining qizishi va ularni sovitish. 
3.O’zgarmas tok mashinalari maxsus turlari.
Maxsus maqsadli O’T mashinasining unipolyar (qutblari bir nomli) 
va magnitogidrodinamik turlari ham mavjud bo’lib, ular tor sohalar 
uchun mo’l-jallanishini ta’kidlash bilan chegaralanib mazkur bobda 
maxsus maqsadli o’zgarmas tok mashinalarining amalda keng
qo’llaniladigan hamda istiqbolli turlariga oid ma’lumotlar keltirilgan.
O’zgarmas tok taxogeneratorlari. O’T taxogeneratorlari
konstruksiyasi va ishlash prinsipi bo’yicha mustaqil elektromagnit 
qo’zg’atishli yoki qo’zg’atish maydoni doimiy magnit bilan hosil 
qilinadigan kam quvvatli kollektorli O’T mashinalaridir. Ular chiqish 
klemmalaridagi kuchlanish kattaligiga qarab aylanish chastotasini 
o’lchash uchun hamda avtomatik nazorat qilish va rostlash sxema-larida 
valning aylanish chastotasiga mutanosib bo’lgan elektr signallari olish 
uchun xizmat qiladi. 
Qo’zg’atish toki o’zgarmas, ya’ni magnit oqim F = const bo’lganda 
taxogeneratorning chiqish klemmalaridagi EYuK Ye
chiq
aylanish 
chastotasi n ga to’g’ri mutanosib ravishda o’zgaradi: 
Ye
chiq 
= SEF∙n.
Bu formula magnit oqimi F = const bo’lgan doimiy magnitlar
bilan qo’zg’atiladigan taxogeneratorlar uchun ham to’g’ri keladi. Uning 
chiqish kuchla-nishi U = E
a
− I
a
 

R
a
= E
a
– U (

R
a
/ R
yu
), bu yerda R
yu
– 
yuklama (elektr o’lchash asbobi)ning qarshiligi. 
Birorta mexanizmning aylanish chastotasini o’lchash uchun 
taxogeneratorning valini mexanizm vali bilan mexanik ravishda 
birlashtiriladi. Taxogeneratorning chiqish tavsifsi F = const va 

R
a

const bo’lganda oli-nadi va ishining aniqlik darajasi mazkur tavsifning 
to’g’ri chiziqli o’zgarishiga bog’liq bo’ladi, lekin amalda chiqish tavsifsi 
– U
chiq
= =

(n) yakor reksiyasi va cho’tkalar kontaktida kuchlanish 
tushishi tufayli to’g’-ri chiziqli bo’lmaydi, undan tashqari cho’tka 
kontaktidagi kuchlanish tushishi sababli u koordinata o’qlari boshidan 
chiqmay, n
min
aylanish chastotadan keyingina U
chiq

0 bo’ladi.


Qarshiligi katta bo’lgan o’lchov asboblarini ishlatish bilan chiqish 
xa-rakteristikasining o’zgarishini to’g’ri chiziqliga yaqinlashtirib 
taxogenera-torning aniqlik darajasi oshiriladi. Yakor reaksiyasining 
ta’sirini ka-maytirish maqsadida mashinaning magnit zanjirini 
to’yinmagan yoki nihoyatda to’yingan qilib loyihalanadi. 
Zamonaviy O’T taxogeneratorlari chiqish tavsiflari tikligi S = 
3

100 mV/(ayl/min) bo’ladi (kam qiymatlar doimiy magnit bilan 
qo’zg’atiladigan taxogeneratorlarga xosdir). 
Aylanish chastota n = 0 dan n
min
gacha oshganda U
chiq
= 0 bo’lgan 
oraliqni nosezgirlik zona deyiladi va chegarasi quyidagicha aniqlanadi:
n
min


U
chiq
/ (SEF).
Asosiy magnit maydoni doimiy magnit bilan hosil qilinadigan o’z-
garmas tok taxogeneratorlari mustaqil O’T manbasi talab qilinmaganligi, 
konstruksiyasining oddiyligi va gabaritlarining kichikligi tufayli ular
amalda keng qo’llanilmoqda. 

Download 59.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling