14-mavzu. O’zgarmas tok mashinasi tuzilishi va ishlash prinsipi. O’zgarmas tok generatorining tausiflari
Har xil tirdagi EM larining ventilyasion tizimlari
Download 59.73 Kb. Pdf ko'rish
|
14 -мавзу
Har xil tirdagi EM larining ventilyasion tizimlari. IP44
himoyalanish darajali, ichki va tashqi ventilyasion sistemalarga ega bo’lgan asinxron motorlar keng qo’llanilmoqda. Ventilyasiyaning tashqi sistemasi ochiq bo’lib, aksial yo’nalishda sovitiladi. Tashqi o’rnatilgan markazdan qochirma ventilyator atrof muhitdan havoni so’rib kam quvvatli ma-shinalarda korpusining qovurg’alararo kanallariga yoki katta quvvatli EM larda issiqlikni almashtirib beruvchi trubali qurilmaga yo’naltirilib, ulardan atrof muhitga yana chiqarib yuboriladi. Kam quvvatli EM larida ventilyasiyaning ichki sistemasi yopiq holda radial yo’nalishda bo’ladi. Ventilyator sifatida rotorning qisqa tutashgan hal-qalaridagi qanotchalardan foydalaniladi. Ulardan chiqqan havo ikkita oqimga bo’linib bittasi chulg’amlarning pazdan tashqari qismidan oqib o’tsa, boshqasi shu qismda maxsus o’rnatilgan «panjara»dan o’tadi. Bu oqimlar yana birlashib, issiqlikni almashtirib berish vazifasini bajaruvchi – stanina va podshipnik qalqonlarining ichki yuzasidan oqib o’tib, sovigan havo yana ishchi qanotchalarga beriladi. Ichki havoning harakatini to’g’ri yo’naltirish uchun aylanish o’qi balandligi 160 mm dan baland bo’lgan asinxron motorlarda «diffuzor» deb ataluvchi maxsus to’siqlar qo’yiladi. Katta quvvatli asinxron mashinalar aksial havo oqimi ko’p yo’nalish-li yopiq ichki ventilyasion sistemaga ega. Ichki ventilyator havoni stanina- ning ichki tomonidagi chuqurchalarga yoki trubali sovitgichlarga bosim bilan haydaladi. Sovigan havo ventilyatorga qarama-qarshi tomondagi stator chulg’amining pazdan tashqari qismidan ikkita parallel yo’l bilan (rotorning aksial kanallari mashinaning havo oralig’i orqali) ventilyatorga keladi va sovitilish shu tarzda davom qiladi. IP23 himoyalanish darajali asinxron motorlar ventilyasiyaning radial sistemasiga ega. Ularda ventilyator sifatida rotor kurakchalari xizmat qiladi. Motorga havo podshipnik qalqonlaridagi darchalar orqali kirib, ventilyator orqali o’tadi va stator chulg’amining pazdan tashqari qismlarini sovitadi, so’ngra stator o’zagi va stanina orasidagi kanal orqali o’tadigan havo stanina teshiklari orqali tashqariga chiqariladi. Download 59.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling