14-mavzu. Shaxsiy tarkib harbiy mahoratini shakllantirishning psixologik-pedagogik asoslari. Reja


-o‘quv savoli. Tekshirish maqsadi va turlari


Download 260.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana02.04.2023
Hajmi260.63 Kb.
#1321298
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
14-MAVZU

3-o‘quv savoli. Tekshirish maqsadi va turlari.
Shaxsiy tarkibning bilimi, ko‘nikmasi va malakalarini tekshirish turli metodlar 
yordamida amalga oshiriladi. Ulardan asosiylari quyidagilardan iborat: 
- nazorat kuzatuvi; 
- ta’lim oluvchilarning amaliy faoliyatini tahlil qilish; 
- og‘zaki so‘rov; 
- yozma ish; 
- test usulida tekshirish; 
- texnik vositalar yordamida tekshirish. 
Ta’lim beruvchi shaxsiy tarkibning bilimi, ko‘nikmasi va malakalari hajmini 
va sifatini, shuningdek ularning shakllanish va rivojlanish jarayonini avvalambor
doimiy kuzatish orqali aniqlaydi. Shuning uchun ham nazorat kuzatuvi keng 
tarqalgan va o‘ziga xos murakkablikka ega bo‘lgan metoddir. Bu metod barcha 
mashg‘ulotlar va mashqlar davomida qo‘llanilishi mumkin. Ta’lim beruvchi 
o‘tkazilayotgan turli shakldagi mashg‘ulotlar, mashqlar, xizmat vazifalarini va turli 
topshiriqlarni bajarish jarayonida bo‘ysunuvchilar o‘z bilimlaridan qay darajada 
foydalanayotganlarini, ko‘nikma va malakalari qanchalik rivojlanganligini va ularni 
amalda qanday qo‘llayotganlarini kuzatib borish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 
Ta’lim oluvchilarning amaliy faoliyatini tahlil qilish askarlar tayyorgarligi 
darajasini tekshirishning muhim metodi sanaladi. Ofiser o‘z bo‘ysunuvchilarining 
bilimi, ko‘nikmasi va malakalari haqida nafaqat ularni kuzatish, balki ularning 
amaliy faoliyati, bajarayotgan ishlari natijalariga qarab ham baho beradi. Masalan, 
jangovar texnikani boshqarish va qurol-yarog‘lardan foydalanish vaqtida ta’lim 
oluvchining harakatlari qanchalik to‘g‘ri va aniq bo‘lishi, havfsizlik qoidalariga 
rioya qilishi, harbiy mulkka ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishi uning bilimi, 
ko‘nikmasi va malakalari haqida to‘g‘ri tasavvur olishga va haqqoniy baholashga 
imkon beradi. 
Og‘zaki so‘rov tekshirishning keng tarqalgan metodi bo‘lib, bundan ko‘pincha 
ta’lim oluvchining nazariy bilimlarini aniqlash maqsadida foydalanaladi. Og‘zaki 
so‘rov bir qarashda juda oson metodga o‘xshab ko‘rinsada, puxta tayyorgarlikni 
talab qiladi. Ta’lim beruvchi tekshirilishi lozim bo‘lgan bilimlar hajmini aniqlashi, 
so‘rov paytida beriladigan savollarni mantiqan va mazmunan to‘g‘ri tuzishi lozim.

Download 260.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling