14-mavzu. Shaxsiy tarkib harbiy mahoratini shakllantirishning psixologik-pedagogik asoslari. Reja


Download 260.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana02.04.2023
Hajmi260.63 Kb.
#1321298
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
14-MAVZU



14-MAVZU. Shaxsiy tarkib harbiy mahoratini shakllantirishning 
psixologik-pedagogik asoslari. 
Reja: 
1. Shaxsiy tarkib harbiy mahoratini shakllantirishning psixologik-pedagogik 
asoslari.
2. Harbiy xizmatchi bilimi, ko‘nikmasi va malakalarini tekshirish va baholash. 
3. Tekshirish maqsadi va turlari.
4. Shaxsiy tarkib tayyorligini tekshirish metodlari. 
1-o‘quv savoli. Shaxsiy tarkib harbiy mahoratini shakllantirishning 
psixologik-pedagogik asoslari.
Qurolli Kuchlar oldida turgan vazifalarning o‘z vaqtida, to‘g‘ri va sifatli 
bajarilishi qurol-yarog‘, jangovar texnika bilan ta’minlanganlik, shaxsiy tarkibning 
jangovar, ijtimoiy-siyosiy tayyorgarligi, ruhiy holatiga bog‘liq. Shu sababdan harbiy 
mahoratni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmog‘i lozim. 
Harbiy mahorat askarning o‘z mutaxassisligini egallash va uni amalga oshirish 
jarayonidagi yuqori darajadagi faoliyatidir. 
Harbiy mahorat quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil topadi: 
I. Ichki asoslar: 
1. Bilim. 
2. Ko‘nikma. 
3. Malaka. 
4. Umumiy dunyoqarash. 
5. Ma’naviy-axloqiy xislatlar. 
6. Ruhiy xislatlar. 
II. Tashqi asoslar: 
1. To‘g‘ri, aniq va ongli harakatlar. 
2. Bilim, ko‘nikma va malakalarni ongli ravishda qo‘llash. 
3. Qurol-yarog‘ va texnikani samarali va ijodiy qo‘llash. 
Bilim – borliq, voqea va hodisalarning, ularning aloqa va munosabatlarining 
inson ongida namoyon bo‘lishidir. U insonning borliqni, boshqa odamlar tomonidan 
topilgan ma’lumotlar, faktlarni o‘zlashtirishi natijasi hisoblanadi. Bilimlar inson 
ongida, xotirasida tushunchalar, qarashlar, tasavvurlar, ular o‘rtasidagi aloqadorlik 
tarzida saqlanib keladi. 
Fan-texnika taraqqiyoti natijasida murakkab zamonaviy texnika va qurol-
yarog‘larning yaratilishi va jangovar harakatlarni olib borishning yangi usullari 
insonga, uning ma’naviy, ruhiy va jismoniy sifatlariga, bilimi saviyasiga
tayyorgarlik darajasiga yuksak talablar qo‘ymoqda. Shu nuqtai nazardan qaraganda 
har bir askar chuqur, har tomonlama keng bilimlarga ega bo‘lishi va bu bilimlarni 
har qanday sharoitda qo‘llay olishga tayyor bo‘lishi zarur. 
Mahoratni ko‘nikmasiz tasavvur etib bo‘lmaydi.

Download 260.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling