14-mavzu. Tashqi ta`sirlar va unga oid davlat siyosati reja


Ifloslanish va ijtimoiy maqbul holat


Download 256.62 Kb.
bet3/12
Sana24.12.2022
Hajmi256.62 Kb.
#1062030
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
14-MAVZU. TASHQI TA`SIRLAR VA UNGA OID DAVLAT SIYOSATI

Ifloslanish va ijtimoiy maqbul holat

Salbiy tashqi ta’sir, masalan ifloslanish, bo’lganda, tovarlar ijtmoiy xarajati xususiy xarajatdan oshib ketadi. Shuning uchun, optimal miqdor QMAQBUL, muvozanat miqdor QBOZOR dan past.



Maqbul holat

Taklif
(xususiy xarajat)

Tashqi xarajat

Alyuminiy miqdori

Rasm

Alyuminiy bahosi

BOZOR

MAQBUL

Bunday soliqni joriy etish tashqi ta’sirni o‘zlashtirish deb nomlanadi, chunki u bozorda sotuvchi va xaridorlarni o‘z ishlari tashqi ta’sirlarini hisobga olishga undaydi. Alyuminiy ishlab chiqaruvchilar odatda qancha alyuminiy taklif qilishi haqida qaror qabul qilishda ifloslantirish harajatlarini ham hisobga oladi, chunki soliq ularni tashqi harajatlarini ham to‘lashga majbur qiladi va bozor narxi ishlab chiqaruvchilarga qo‘yilgan soliqni ham aks ettirgani uchun alyuminiy iste’molchilari kamroq miqdorda foydalanishga harakat qilishadi. Bu siyosat Iqtisodiyotning o‘nta tamoyillarining biriga asoslangan: odamlar ta’sirlarga javob qilishadi. Mazkur bobning oxirida, siyosatchilar tashqi ta’sirlarni qanday hal qilishini chuqurroq ko‘rib chiqamiz.
Ijobiy tashqi ta’sirlar.
Ba’zi faoliyatlar uchinchi shaxslarga harajatlar joriy qilsa ham, boshqalar bundan foyda olishadi. Masalan, ta’limni olaylik. Aksariyat hollarda, ta’lim foydasi xususiydir: ta’lim iste’molchisi yaxshi ishchi bo‘lib yetishadi va shuning bilan yuqori maosh sifatida foyda oladi. Ammo ushbu xususiy foydadan tashqari, ta’lim ijobiy tashqi ta’sir hosil qiladi. Ulardan biri shuki, yaxshi ta’lim olgan odamlar ko‘proq biladigan saylovchilar bo‘lishadi, bu esa hamma uchun yaxshiroq hukumat bo‘lishini anglatadi. Yana bir tashqi ta’siri shuki, ko‘proq ta’lim olgan aholi past jinoyat darajasini anglatadi. Uchinchi tashqi ta’siri shuki, ko‘proq ta’lim olgan aholi texnologik rivojlanishni va tarqalishini ta’minlaydi, bu esa hamma uchun samaradorlik va yuqori maoshga olib keladi. Ushbu uchta ijobiy ta’shqi ta’sir sabab, odamlar ko‘proq ta’lim olgan qo‘shnilari bor bo‘lishini xohlaydi.
Ijobiy ta’shqi ta’sirlar tahlili salbiy ta’shqi ta’sirlar tahliliga o‘xshaydi. 3-rasmda ko‘ringanidek, talab chizig`i jamiyat uchun tovar qiymatini aks ettirmaydi. Ijtimoiy qiymat xususiy qiymatdan yuqori bo‘gani sababli, ijtimoiy qiymat chizig`i talab chizig`idan yuqori bo‘ladi. Maqbul miqdor ijtimoiy qiymat va taklif chizig`i (harajat) kesishgan nuqtada bo‘ladi. Shunday ekan, ijtimoiy maqbul qiymat xususiy bozor aniqlagan miqdordan yuqori bo‘ladi.
Yana bir marta, hukumat bozor ishtirokchilarini tashqi ta’sirni o‘zlashtirishiga undab bozor muvaffaqiyatsizligini to‘g`rilashi mumkin. Ijobiy tashqi ta’sirlar holatidagi to‘g`ri javob, xuddi salbiy tashqi ta’sirlar holatining teskarisi bo‘ladi. Bozor muvozanatini ijtimoiy maqbul darajaga yaqinlashtirish uchun, ijobiy tashqi ta’sir subsidiya kiritishni talab qiladi. Aslida ham, bu hukumatning amaldagi siyosatining o‘zginasi: ta’lim davlat maktablari va hukumat grantlari asosida subsidiya bilan ta’minlanadi.
Xulosa qilish uchun: salbiy tashqi ta’sirlar bozorlarni ijtimoiy zaruriyatdan ko‘proq, ijobiy tashqi ta’sirlar bozorlarni esa kamroq miqdorda ishlab chiqarishga undaydi. Bu muammoni yechish uchun hukumat salbiy tashqi ta’sirli tovarlarga soliq solish va ijobiy tashqi ta’sirli tovarlarga subsidiya berish orqali tashqi ta’sirlarning o‘zlashtirilishiga erishadi.



Download 256.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling