14-mavzu. Transport vositalarida qo‘llaniladigan lok-bo‘yoq materiallari Reja
Download 47 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 14.3 Lak-bo‘yoq materiallarining tarkibi va belgilanishi.
Bo‘yoqning qovushoqligi. Qovushoqlik lok-bo‘yoq materiallarining muhim xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Bo‘yoqning qovushoqligini to‘g‘ri belgilash va bo‘yoq tayyorlash jarayonida qovushoqlikni ma’lum chegarada bo‘lishini ta’minlash zarur. Xona haroratida bo‘yoqning qovushoqligi quyidagi chegaralarda bo‘lishi lozim: maxsus bo‘yoq sepuvchi moslamalarda sepishga yaroqli bo‘lgan bo‘yoqning qovushoqligi 20–30 s chegarasida, cho‘tka yordamida ishlatiladigan bo‘yoqlar uchun esa 30–60 s chegarasida bo‘lishi lozim.
14.3 Lak-bo‘yoq materiallarining tarkibi va belgilanishi. Mamlakatimizda lok-bo‘yoq materiallari 825–73- sonli Davlat standartiga ko‘ra, ular asosidagi qoplamlar esa 9. 032–74- sonli Davlat standartiga ko‘ra markalanadi. 9825–73- sonli Davlat standartiga ko‘ra loklar, gruntovkalar, shpaklovkalar va bo‘yoqlarni markalashda chapdan o‘ngga tomon o‘qiladigan 5 ta belgilar guruhidan foydalaniladi: 1- guruhga quyidagilardan biri kiradi: lok, gruntovka, shpaklovka, emal. 2- guruhga 2 ta harf bilan ifodalanadigan asosiy plyonka hosil qiluvchilar ko‘rsatilgan bo‘ladi. Asosiy plyonka hosil qiluvchilar quyidagicha belgilanadi: Epoksi-efirlar ......................................................................................... ЕФ Bitumlar ..................................................................................................ВТ Gliftallar ................................................................................................ ГФ Pentaftallar ............................................................................................ РФ Poliefirlat ................................................................................................PE Fenolli ................................................................................................... ФЛ Perxlorvinilli .........................................................................................XB Poliakrilli ...............................................................................................AK Nitrosellulozali ......................................................................................HC Kanifolli ................................................................................................ КФ Shellakli ................................................................................................ ШЛ Eritilgan moyli ......................................................................................MA Polivinilasetatli .......................................................................................ВЛ Poliakril smolalarining sopolimerlari ....................................................AC Melaminli ............................................................................................. МЛ Mochevinali ......................................................................................... МШ Epoksidli ............................................................................................... ЕП Alkid-stirolli ..........................................................................................MC Kremniyorganik .................................................................................... КО Yantarli .................................................................................................. ЯН 2- guruh belgisidan so‘ng chiziqdan keyin keladigan 3-guruh belgisi qoplamaning ishlatilish sharoitini belgilaydi. Vazifasiga ko‘ra lok-bo‘yoq materiallarining ishlatilishi: Gruntovka va loklar ...................................................................................0 Shpaklovkalar ..........................................................................................00 Atmosfera ta’siriga chidamli .....................................................................1 Atmosfera ta’siriga chidamliligi chegaralangan (yopiq joyda, xonada foydalanish tavsiya etiladi) ........................................................................2 Konservatsion ............................................................................................3 Suv ta’siriga chidamli ................................................................................4 Teri, rezina materiallarni tashqi tomondan qoplash uchun ...........................................................................5 Moy va benzin ta’siriga chidamli ..............................................................6 Kimyoviy ta’sirga chidamli .......................................................................7 Issiqlik ta’siriga chidamli (60°С dan 500°С gacha) ..................................8 Elektroizolatsion ........................................................................................9 4- belgidagi 1, 2 yoki 3 ta raqam bilan ifodalanadigan belgi ushbu lok-bo‘yoq materialiga berilgan tartib raqamini ko‘rsatadi va 3- belgi bilan 4- belgi orasida chiziqcha bo‘ladi yoki uzilish bo‘lmaydi. 5- guruh belgisida bo‘yoqning rangi ko‘rsatilgan bo‘ladi. Masalan, gliftal smola asosidagi gruntovka – ГФ–020, nitrolok asosidagi shpaklovka – HC–008. Tashqi qoplam hosil qilish uchun zangori himoyalovchi nitroemal – HC–11–15 himoyalovchi-zangori. Atmosfera ta’siriga chidamli jigarrang moyli bo‘yoq MA–11 jigarrang ko‘rinishida belgilanadi. Lok-bo‘yoq materiallari asosida olinadigan qoplamlar chapdan o‘ngga qarab joylashtiriladigan quyidagi elementlar asosida belgilanadi: – qoplamning asosiy materiali markalanishi (9825–73- sonli Davlat standarti bo‘yicha); – tashqi ko‘rinishi bo‘yicha qoplam klassi (rim raqami bilan I dan VII gacha belgilanadi); qoplamning ekspluatatsiya sharoiti. Download 47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling