14-mavzu. Transport vositalarida qo‘llaniladigan lok-bo‘yoq materiallari Reja


Neft maxsuloti miqdorini xisoblab borish


Download 47 Kb.
bet4/4
Sana27.01.2023
Hajmi47 Kb.
#1131928
1   2   3   4
Neft maxsuloti miqdorini xisoblab borish.
Mamlakatimizda avtomobillar sonining ko‘payish surati, asosiy yonilg‘i xom ashyosi bo‘lgan neft qazib olish suratidan ancha yuqori. Shu sababli yonilg‘ini tejab sarflaydigan tadbirlar qo‘llanilishi kerak.
Yonilg‘ini sarfini kamaytirish yo‘llari:
- dvigatel konstruksiyalarini takomillashtirish; avtomobil konstruksiyasidagi metall qismlar hajmini kamaytirish;
- dizel yonilg‘isi bilan ishlaydigan dvigatellarga o‘tish;
- avtomobillarni ekspluatatsiya qilishda yonilg‘ini sarfini kamaytirish bilan erishiladi.
Yengil avtomobil uchun yonilg‘ining nazorat sarfi, avtomobil
gorizontal asfalt yo‘lda 80km/soat tezlik bilan harakatlanganda o‘lchaganda yonilg‘i sarfidir.
Chet elda va bizdagi bu ko‘rsatkichdan tashqari 90km/soat va 120km/soat o‘zgarmas tezlik bilan harakatlangandagi yonilg‘i sarfi ham ko‘rsatiladi. Bu parametrlar qiymatlarining nisbati bilvosita avtomobilning aerodinamik sifatini tavsiflaydi.
Neft mahsulotlarini hisobga olib borish va ularning sifatini nazorat qilish yo‘llari:
- Тexnikani neft mahsulotlari bilan ta’minlash; Neft mahsulotlari miqdorini hisoblab boorish; Neft mahsulotlari sifatini nazorat kilish; Neft mahsularining sifatini tiklash.
Yonilg‘i va moylash materiallariga qilinadigan harajatlarni kamaytirish, texnikadan samarali foydalanish uchun avtomobil ho‘jaliklarida ta’minlashni to‘g‘ri tashkil qilish va ulardan to‘g‘ri foydalanish shart. Shunda neft mahsulotlari sifati avvalgidek saqlanadi, isrof kamayadi, texnik xizmat ko‘rsatish uchun qilinadigan harajatlar kamayadi.
Neft mahsulotlarini isrof bo‘lishiga qarshi kurash yo‘llari:
- Miqdoriy isroflarni kamaytirish.
- Yonilg‘ining bug‘lanib isrof bo‘lishini kamaytirish.
- Sifatiy isroflarning olidini olish.
- Тexnikani ishlatishda neft mahsulotlari sarfini kamaytirish. Yonilg‘ini tejashga oid chora-tadbirlar:
- Yonilg‘i sarfiga ta’sir etuvchi asosiy omillar avtomobil harakatlanayotganda unga ko‘rsatiladigan qarshilik (aerodinamik qarshilik, g‘ildirashga bo‘ladigan qarshilik, inersiya kuchlari) larni kamaytirish.
- Dvigatelning tejamli ishlashini ta’minlash.
- Avtomobilning texnik holatini tekshirib turish. O‘z vaqtida va rejada ko‘rsatilgan hajmda texnik xizmat ko‘rsatish o‘tkazish.
Neft mahsulotlari miqdorini hisoblab borish. Neft mahsulotlarining miqdori belgilangan tartibga ko‘ra massa birlikdagi kg yoki tonnada hisoblab topiladi.
Nazorat savollari
1. Moylash materiallari qanday me'yorlanadi?
2. Yonilg‘i sarfining yo‘l normasi qanday me'yorlanadi?
3. Neft mahsulotlari miqdori qanday hisoblab boriladi?
Download 47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling