14-mavzu. Transport vositalarida qo‘llaniladigan lok-bo‘yoq materiallari Reja


Download 47 Kb.
bet1/4
Sana27.01.2023
Hajmi47 Kb.
#1131928
  1   2   3   4

14-mavzu. Transport vositalarida qo‘llaniladigan lok-bo‘yoq materiallari
Reja :
14.1 Avtomobilsozlikda lak-bo‘yoq materiallarining tutgan o‘rni.
14.2 Lak-bo‘yoq materiallarining asosiy sifat ko‘rsatkichlari.
14.3 Lak-bo‘yoq materiallarining tarkibi va belgilanishi.


14.1Avtomobilsozlikda lak-bo‘yoq materiallarining tutgan o‘rni. Lok-bo‘yoq qoplamalar metallarni korroziyalanishdan saqlabgina qolmasdan, yog‘ochni chirish va namiqishdan asraydi, ularning tashqi ko‘rinishini ko‘rkamlashtiradi. Avtomobillar, qishloq xo‘jaligi mashinalari va turli texnologik uskunalarning 85 foizdan ortiq qismi lok va bo‘yoqlar bilan bo‘yaladi. Bundan tashqari, bo‘yalgan buyumlar elektr izolatsiyalash va issiqdan saqlash xossalariga ega bo‘ladi.
Lok-bo‘yoq materiallari detallarning yuzalarini yupqa qatlam bilan qoplash uchun xizmat qiladi. Bu qatlam lok-bo‘yoq qatlami deb yuritiladi. Lok-bo‘yoq qatlami ham boshqa turdagi metallmas va metall qoplamalar kabi buyum hamda konstruksiyalarni tashqi muhit ta’siridan asrash va ularga ko‘rkam ko‘rinish berish uchun xizmat qiladi. Avtomobilsozlikda ulardan metallarni korroziyadan, yog‘ochni chirishdan asrash hamda ularning tashqi ko‘rinishini ko‘rkam qilish maqsadida foydalaniladi.
Hosil qilingan qatlamlar ularga qo‘yilgan talablarga javob berishi va uzoq muddat ishlashi uchun quyidagi talablarga javob berishi:
– bo‘yaladigan sirt bilan mustahkam bog‘lanishi, ya’ni yuqori adgeziya xususiyatiga ega bo‘lishi lozim;
– yetarli darajada yuqori mustahkamlik, qattiqlik va zarur elastiklikka ega bo‘lishi kerak. Elastikligi yetishmagan hollarda mexanik yoki harorat ta’sirida vujudga keladigan deformatsiyalanish natijasida qoplamda yoriq va darzlar vujudga keladi;
– imkoniyat darajasida nam, suyuqlik va gaz bug‘lari, quyosh nurini kam o‘tkazishi va ular ta’sirida o‘z xususiyatlarini yo‘qotmasligi zarur. Qoplamning suv va uning bug‘i, havo va quyosh nuri ta’siriga chidamliligi atmosfera ta’siriga chidamliligi deyiladi;
– qoplamga shikast yetkazilganida avtokorxona sharoitida oson tiklanishi lozim;
– ommaviy tarzda foydalanish mumkinligi va arzon bo‘lishi lozim.
Hozirgi paytda mavjud bo‘lgan lok-bo‘yoq materiallari yuqorida sanab o‘tilgan talablarning barchasiga to‘la javob bermaydi. Shu va boshqa sabablarga ko‘ra ko‘pchilik hollarda qoplam ko‘p qatlamli qilib tayyorlanadi. Qoplamni hosil qilgan har bir qatlam bir yoki bir nechta talabga javob berishi darkor.

Download 47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling