14-mavzu. Transport vositalarida qo‘llaniladigan lok-bo‘yoq materiallari Reja


Lak-bo‘yoq materiallarining asosiy sifat ko‘rsatkichlari


Download 47 Kb.
bet2/4
Sana27.01.2023
Hajmi47 Kb.
#1131928
1   2   3   4
14.2 Lak-bo‘yoq materiallarining asosiy sifat ko‘rsatkichlari. Lok-bo‘yoq materiallarining sifatini baholashda bir qator ko‘rsatkichlarga asoslaniladi: bo‘yoqning berkituvchanligi, qovushoqligi, mustahkamligi, qurish tezligi va boshqalar.
Bo‘yoqning berkituvchanligi. Bo‘yoq bir jinsli yuzaga bir tekis qilib surtilganda shu yuzaning avvalgi rangini ko‘rinmaydigan holga keltirish xususiyati yoki ular oq-qora rangli yuzaga surtilganida undagi oq va qora joylar orasidagi farq yo‘qolib, yuzaning hammasini bir xil rangli qilib ko‘rsata olish xususiyatlari shu bo‘yoq va emalning biriktiruvchanligi deyiladi.
Son jihatidan esa bo‘yoqlarning berkituvchanligi 1 m2 yuzaning oldingi rangini ko‘rinmaydigan holga kelguncha bo‘yash uchun sarf bo‘lgan bo‘yoqning gramm hisobidagi miqdori bilan ifodala nadi. Ishlatishga yaroqli bo‘lgan moyli bo‘yoqlar va emallarning berkituvchanligi, odatda, yo‘lli oyna plastinka yoki shaxmat taxtasi usuli bilan aniqlanadi. Ikkala holda ham cho‘tka bilan surtilgan va hali qotmagan emal va bo‘yoqlarning berkituvchanligi aniqlanadi.
Boyoqning berkituvchanligini yo‘lli oyna plastinka yordamida aniqlash. Bunda qalinligi 2–2,5 mm bo‘lgan, rangsiz oynadan kesib olingan 100–300 mm o‘lchamli plastinkaning bir tomoniga uzunligi 250 mm va eni 15 mm keladigan tasma shaklidagi uch yo‘l bo‘yoq surtiladi. Plastinkaning ikkinchi chet tomoni qora, o‘rtasi esa oq rangga bo‘yaladi. Plastinkaning ikkinchi tomoniga sinalayotgan material cho‘tka bilan yupqa qilib surtiladi. Oq qog‘oz ustiga qo‘yilgan plastinkaning sirti tasma shaklida, uch yo‘lli bo‘yoq surtilgan ranglar ko‘rinmay qolgunicha bo‘yash davom ettiriladi.
Agar birinchi qatlam berilganidan so‘ng oq va qora yo‘llar ko‘rinsa, u holda qatlam 5 daqiqa davomida quritiladi va ikkinchi qatlam bo‘yoq beriladi va shunday yo‘l bilan bo‘yash oq va qora yo‘lli ranglar ko‘rinmay qolgunicha davom ettiriladi. Shundan so‘ng bo‘yalgan oyna plastinka 50–60°C haroratda 10 daqiqa davomida quritiladi. Bo‘yashdan oldin va bo‘yalganidan keyin plastinka tortiladi va uni berkitish uchun sarf bo‘lgan sinalayotgan bo‘yoqning miqdori aniqlanadi.

Download 47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling