15-bob. Reklama faoliyatining asosiy turlari


 Vitrinalar reklama vositasi sifatida


Download 498.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/20
Sana08.05.2023
Hajmi498.9 Kb.
#1445230
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
Bog'liq
15 mavzu 2m

15.4. Vitrinalar reklama vositasi sifatida
 
Vitrinalar, ularning turlari, tasniflanishi va ularga qo‘yiladigan talablar 
Vitrinalar eng muhim savdo reklamasi vositalaridan sanaladi. Ularni bezatishda 
natural tovarning reklama namoyishi tamoyili asos qilib olinishi lozim. 
Magazinning funksional elementi sifatida vitrinaning asosiy vazifalari 
quyidagilardan iborat: 


309 
• sotuvda bo‘lgan tovarlar assortimenti bilan tanishtirish, u yoki bu mavsum 
yaqinlashayotganini eslatish; 
• yangilik tovarlarni reklama qilish, modadagi yangi yo‘nalishlarni aks ettirish; 
• magazinda mavjud bo‘lgan savdo usullari va xaridorlarga taklif etiladigan 
maxsus xizmatlar haqida xabar berish. 
Vitrinalar sof reklama rolidan tashqari muhim tarbiyaviy rol ham o‘ynaydi, 
chunki nooziq-ovqat tovarlar va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish haqida, 
turmush tarzi va milliy an’analar haqida so‘zlab beradigan xalq iste’moli predmetlari 
doimiy ishlab turadigan o‘ziga xos ko‘rgazmasini ifodalaydi. 
Vitrinalarning ahamiyati kiyinish madaniyati, estetikani targ‘ib qilishdan ham 
iborat. Did bilan bezatilgan vitrinalar xaridorni yangi moda yo‘nalishlariga 
yo‘naltiradi, ularni ayrim aksessuarlarni to‘g‘ri tanlashga, dasturxon bezatish va 
h.k.ga o‘rgatadi. Vitrinalar xaridorlarga savdo korxonasi taqdim etadigan qo‘shimcha 
xizmatlar haqida ham gapirib beradi. 
Bundan tashqari, vitrinalar ko‘chalarni bezatishning ham asosiy elementi 
hisoblanadi. Ular ko‘chalarni jonlantiradi, bayramona ruh baxsh etadi. 
Magazinlarning yorug‘lik reklamasi va viveskalar bilan birgalikdagi yoritilgan 
oynalari zamnoaviy shaharlar va boshqa aholi punktlarining tungi bezagi bo‘lib 
xizmat qiladi. 
Vitrinalar magazin intereriga qarab uchta asosiy turda bo‘lishi mumkin: 
1. Interer bilan to‘liq uyg‘unlashadigan vitrinalar. Ular zamonaviy me’morchilik 
magazinlari uchun xosdir. 
2. Intererni ko‘chadan erkin tomosha qilish imkonini beradigan tasma turidagi 
vitrinalar. Bunday vitrinalar savdo zalidan oyna bilan ajratilgan va poldan biroz 
ko‘tarilgan holda bo‘ladi. 
3.Bir-biridan ikki deraza o‘rtasidagi devor bilan ajratilgan vitrinalar (eski 
me’morchilik magazinlarida). 
Zamonaviy me’morchilik magazinlarida vitrina yo‘lovchilarga magazin 
intererini ochib beradi. Savdo zali: uning intereri, tovarlar ekspozitsiyasi ham 
vitrinaga aylanadi. Ilgari vitrina qutisining asosiy qismi bo‘lib xizmat qilgan orqa 


310 
devor endi olib tashlangan. Boshdan-oyoq ko‘rinib turadigan vitrina xaridorlarni 
magazinga jalb qiladi, an’anaviy (orqa devori bor) vitrina esa bu maqsadga kamroq 
darajada javob beradi. 
SHu bilan birga, vitrinada – u an’anaviy yoki zamonaviy bo‘lishidan qat’i nazar 
– reklama funksiyasi o‘zgarmagan. U avvalgidek tovarlar haqida axborot berishi, 
ularni xarid qilishga yordam berishi lozim. 
Magazinlarning oynali vitrinalarini reklama qilinadigan tovarlarni tanlash, 
mazmunga qarab tasniflash mumkin. 
Tovar belgisi bo‘yicha vitrinalar quyidagilarga bo‘linadi: 
kombinatsiyalangan vitrina – talab yoki iste’mol umumiyligi bilan bog‘liq bir 
nechta tovar guruhlari mahsulotlarini reklama qiladi. Masalan, «Kiyim-kechaklar» 
magazinlarida bolalar, ayollar va erkaklar uchun iste’mol komplekslarini namoyish 
etadigan vitrinalar bo‘lishi mumkin; 
ixtisoslashgan vitrina – bitta tovar guruhidagi tovarlarni namoyish etadi. 
Masalan, maishiy elektr jihozlar sotish bo‘yicha magazinlarda elektr yoritish 
uskunalari, kir yuvish mashinalari, changyutgichlar, muzlatgichlar alohida namoyish 
etiladi; 
tor ixtisoslashgan vitrina – tovar guruhi mahsulotlari qismini namoyish etadi 
(masalan, fotoapparatlar, qo‘l soatlari, erkaklar ko‘ylaklari); 
aralash turdagi vitrina – ular o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa bo‘lmagan turli 
guruhga mansub tovarlarni namoyish etadi. 
Bezatish xarakteri bo‘yicha vitrinalar quyidagicha bo‘ladi: 
tovar vitrinalari – ularning asosini dekorativ elementlardan foydalanmagan 
holdagi tovarlar tashkil qiladi. Masalan, «Oshxona uchun idish-tovoqlar» vitrinasida 
tovar keng assortimentda taqdim etiladi; 
tovar-dekorativ vitrinalar – bu erda tovar bilan bir qatorda ularning yordamida 
tovarning eng muhim xususiyatlari va xossalari ta’kidlab ko‘rsatiladigan dekorativ 
elementlar qo‘llanadi. Masalan, sovutgichlar, kir yuvish mashinalari, changyutgichlar 
reklamasi; 
syujetli vitrinalar – biron-bir janrga oid sahnadan foydalangan holda bezatiladi. 


311 
Masalan, bolalar uchun tovarlar sotishga ixtisoslashgan magazinlarda ertak va 
multfilmlar mavzusidagi vitrinalar; 
tematik vitrinalar – bayram, yubiley va tantanali voqealarga moslab bajariladi. 
Tematik vitrinalarni bezatishda matn, fotosurat, plakat, diagrammalardan keng 
foydalanish zarur. Tovarlarni joylashtirish yorqin va samarali bo‘lishi lozim. 
Texnik vositalar bo‘yicha vitrinalar statik, dinamik, kombinatsiyalangan turlarga 
bo‘linadi. Ularda ekspozitsiyaga harakat va dinamika baxsh etish uchun mexanik 
qurilmalar va boshqa moslamalar o‘rnatish mumkin. 
Vitrinalarga quyidagi asosiy talablar qo‘yiladi: 
1. Vitrinalar, qoidaga ko‘ra, boshdan-oyoq ko‘rinadigan, imkon bo‘lgan joylarda 
esa – ularda qo‘yilgan tovarlar ko‘chadan ham, savdo zalidan ham ko‘rinib turishi 
uchun ikki tomonlama bo‘lishi lozim. 
2. Vitrinada faqat sotuvda bo‘lgan tovarlarni namoyish etish mumkin. Agar 
tovar sotib bo‘lingan bo‘lsa, uning namunalari vitrinadan olib qo‘yilishi lozim. 
3. Vitrinada faqat tovarlarning natural namunalari (atir, odekolon, pudra, krem 
qutilari va h.k.) qo‘yishga ruxsat etiladi. 
4. Vitrinada mulyaj va butaforiya ko‘rinishida tovarlarning sun’iy qiyofalarini 
namoyish etish taqiqlanadi. 
5. Vitrinada tovarlar bilan bir qatorda qo‘yilgan tovarlarning, ayniqsa, yangilik 
tovarlar va xaridorga yaxshi ma’lum bo‘lmagan tovarlarning iste’mol xususiyatlarini 
ochib beradigan reklama matni berilgan plakatlardan foydalanish maqsadga muvofiq. 
Vitrinaga qo‘yilgan tovar namunalari raqamlari aniq yozib qo‘yilgan 
narxko‘rsatkichlar bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. 
6. Savdo zalini tabiiy yorug‘lik bilan ta’minlaash maqsadida ko‘rgazma 
bezaklari qoidaga ko‘ra vitrina oynasi maydonining yarmidan ortig‘ini egallamasligi 
lozim. 
7. Vitrinada foydalaniladigan inventar tovardan e’tiborni chalg‘itmasligi uchun 
ko‘zga tashlanmaydigan bo‘lishi lozim. 
8. Ayni paytda magazinda mavjud bo‘lgan tovarlar assortimentini namoyish 
etishda mavsumiylik omilini hisobga olish zarur. 


312 
9. Vitrinalar kamida bir oyda ikki marta yangilanib turishi lozim. Dinamik 
qurilmali va mavsumiy vitrinalar har uch oyda yangilanib turishi mumkin. Rangi 
o‘chib ketishi va dastlabki ko‘rinishini yo‘qotishi mumkin bo‘lgan tovarlar tez-tez 
almashtirib turiladi. 

Download 498.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling