15-bob. Reklama faoliyatining asosiy turlari
Download 498.9 Kb. Pdf ko'rish
|
15 mavzu 2m
Quyoshdan himoya qiluvchi moslamalar qatoriga tentlar, markizы???,
soyabonlar kiradi. Tentlar suv yuqmaydigan mato tortilgan metall romni ifodalaydi. Yig‘iladigan tentlar eng qulay hisoblanadi. Bunday tentni ochish va yig‘ish uchun mexanizm unga mato tortiladigan valik va shu valikni qo‘lda aylantiradigan yoki mexanik uzatmadan iborat. Tent vitrina ichkarisida tovarlar yonida joylashgan hamda quyosh nurlari tushganda uzatma dvigatelini ishga tushiradigan fotoelement yordamida avtomatik ravishda ochilishi va yopilishi mumkin. Vitrinalar ustidagi soyabonlar vitrinalarni quyosh nurlari ta’siridan saqlash, 316 shuningdek, yoritish qurilmalari armaturasi va reklama yorug‘lik qurilmalari o‘rnatish uchun mo‘ljallangan. Bundan tashqari, ular xaridorlarni qor va yomg‘irdan himoya qiladi. SHu sababli yog‘in-sochin kunlarda soyabonli vitrinalar reklama rolini o‘ynashda davom etadi. Zamonaviy soyabonlar konstruksiyalari soddaligi va engilligi bilan ajralib turadi. Soyabonlarni jihozlash uchun shifer, asbotsement plita, stekloplastik kabi materiallar keng foydalaniladi. Vitrina inventari va vitrinalarni bezatish uchun materiallar Vitrina inventari tovarlarni vitrinada ko‘rsatish, shuningdek, ularni magazinning savdo zalida reklama uchun joylashtirish maqsadlarida xizmat qiladigan moslama va qurilmalarni ifodalaydi. Zamonaviy vitrina inventari bu – peshtaxta, stellaj, podium, turli balandlikdagi kublar, parallelepiped va silindrlar, turli konstruksiyadagi tagliklar, manekenlar va ularning qismlari (qo‘l, oyoq, byust, bosh), shuningdek, gorka, postament, taxta, narx yorliqlari, tovarlarni joylashtirish uchun lotoklar, dinamik va yorug‘lik qurilmalari va boshqalardir. Vitrinalarni bezatishda inventarning vazifasi – tovarga makonda ma’lum bir holat berish, uni eng ifodali namoyish etishdir. Vitrina inventari oddiy va mustahkam bo‘lishi, beso‘naqay bo‘lmasligi, ko‘zga tashlanmaydigan va universal bo‘lishi lozim. Vitrinani minimal sondagi inventarlar bilan bezatishdan boshlash kerak. Vitrinani sistematik ravishda qayta bezatish kerakligi sababli inventar undan har bir ekspozitsiyani almashtirishda foydalanish mumkin bo‘lishi uchun universal bo‘lishi lozim. O‘rnatish tezligi va foydalanish qulayligi, boshqa joyga ko‘chirish mumkinligi – yaxshi inventarning muhim jihatlaridir. SHu bilan birga inventar magazin xarakteriga, vitrinalarga, shuningdek, tovarning ko‘rinishiga aniq mos kelishi lozim. Ko‘zga kam tashlanadigan inventar dekoratorga vitrina ekspozitsiyasini xaridorlarning e’tibori bevosita tovarning o‘ziga qaratiladiagn darajada bezatishga imkon beradi. 317 Vitrina inventarini tayyorlash uchun turli materiallar qo‘llanadi, xususan: metall novdachalar, quvurlar, metall tasmalar, tunuka, yog‘och, yog‘och va qirindi plitalar, pape-mashe, fanera, shpon, qatlamli plastik, silikat va organik oyna, penoplast, porolon. Barcha vitrina inventarini vazifalari, tuzilishi va tayyorlash xarakteri bo‘yicha ajratish mumkin. Vazifalar bo‘yicha vitrina inventari quyidagilarga ajratiladi: universal – vitrinalarda har xil shakldagi (kvadrat, silindr, uchburchak, kub) modellar ko‘rinishida tayyorlanadigan oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari turli guruhlarini namoyish etish uchun qo‘llanadigan tagliklar, gorka, stolchalar; maxsus – belgilangan talablarga javob beradigan va mauyyan tovar turlari yoki guruhlarini namoyish etish uchun qo‘llanadigan manekenlar, byustlar, maxsus ustunlar, tagliklar. Tuzilishi bo‘yicha vitrina inventari quyidagi turlarga bo‘linadi: Download 498.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling