15-bob. Reklama faoliyatining asosiy turlari


Download 498.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/20
Sana08.05.2023
Hajmi498.9 Kb.
#1445230
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
15 mavzu 2m



281 
15-BOB. REKLAMA FAOLIYATINING ASOSIY TURLARI 
15.1.
 
Magazinda tashqi reklama 
 
Zamonaviy magazin reklamasi magazining o‘zini reklama qilish va unda 
sotiladigan tovarlarni reklama qilishdan iborat. Bu reklama turlari o‘zaro 
chambarchas bog‘liq bo‘lib, ularni doim ham aniq ajratib bo‘lmaydi. 
Magazin va undagi tovarlar reklamasi magazin tashqarisida ham, uning 
ichkarisida ham amalga oshiriladi. Magazin reklamasining tashqi vositalari qatoriga 
plakat va afishali reklama taxtalari; viveskalar; magazinning tashqaridan bezalishi
tashqi vitrinalar kiradi. Magazin ichki reklamasining asosiy vositalari savdo zali 
intereri; savdo korxonasi ichkarisida tovarlar namoyishi; reklama yo‘lko‘rsatkichlari, 
plakatlar va afishalar, shuningdek, magazinda radio orqali reklama, yangi oziq-ovqat 
tovarlarini tatib ko‘rish kabi reklama tadbirlari hisoblanadi. 
Hozirgi paytda magistral ko‘chalar va jamoat transporti bekatlaridan chetda, 
muyulishlarda, kvartallar ichkarisida, ba’zida esa erto‘lalarda ham ularga joy 
ajratilgan ko‘plab magazinlar barpo etilmoqda. 
Ular uchun, ayniqsa, faoliyatning boshlang‘ich davrida reklama vositalari bilan 
o‘ziga potensial xaridorlar e’tiborini jalb qilish juda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu 
maqsadda odamlar gavjum to‘planadigan eng yaqin joylarda, chorrahalarda, 
magistral ko‘chalarda aholini magazin haqida xabardor qiladigan reklama plakatlari 
yopishtirilgan reklama taxtalari o‘rnatiladi (mahalliy hokimiyatlar bilan kelishilgan 
va mos keluvchi haq to‘langanidan so‘ng). 
Plakatlar qog‘oz, xolst, fanerada bajarilgan, qisqa matn va yozuvli rasmlardan 
iborat bo‘ladi, afishalar esa faqat reklama matnlaridan iborat bo‘ladi. Reklama 
taxtalarida joylashtiriladigan plakat va afishalar bir vaqtning o‘zida sodda bo‘lishi va 
shu bilan bir paytda ko‘zga yaqqol tashlanishi, potensial xaridorlarning e’tiborini jalb 
qila olishi lozim. Ko‘chada joylashtiriladigan afisha matni qisqa, uning shrifti yirik 
bo‘lishi, fon va harflar rangi esa bir-biridan keskin farq qilishi lozim. 
Rang bilan bog‘liq qarorlar turlicha bo‘lishi mumkin. Quyidagi ranglar birikuvi 


282 
tavsiya etiladi: qora rang sariq yoki oq rang bilan, qizil rang oq yoki yashil rang bilan, 
oq rang yashil rang bilan. Yorug‘likni aks ettiradigan va qorong‘uda yonib turadigan 
turli rangdagi lyuminessent bo‘yoqlar foydalanilishi mumkin. 
Badiiy bezalish usullari bo‘yicha ko‘cha plakatlari chizilgan, fotosuratlar 
yordamida bajarilgan bo‘lishi, shuningdek, fotosuratlar va rasmlar kompozitsiyasini 
ifodalashi mumkin. 
Tuzilishi bo‘yicha reklama taxtalari tekis (yassi) va bo‘rtma (yaqqol) 
ko‘rinishda bajariladi. Tekis reklama taxtalari fanera yoki ingichka tunuka bilan 
qoplanadi. Ba’zida ramkaga tortildan matodan foydalaniladi. Bo‘rtma reklama 
taxtalari prizma, kub va boshqa ko‘peqliklar shaklida bajariladi. Bunday reklama 
taxtalari aylanib turadigan bo‘lishi mumkin. Ular magazinga kiraverish oldidagi keng 
yo‘laklarda joylashtiriladi. Bunday reklama taxtalari o‘rnatishdan maqsad – o‘tib 
ketayotgan yo‘lovchilar e’tiborini jalb qilish va bironta tovar xarid qilishga 
undashdir. 
Potensial xaridorlar e’tiborini magazin oldida o‘rnatilgan, sotilayotgan tovarlar 
assortimenti qisqacha ko‘rsatilgan, yangi tovarlarni tatib ko‘rish haqidagi e’lonlardan 
iborat bo‘lgan kichik ko‘chma reklama taxtalari ham jalb qiladi. Mustahkamroq 
bo‘lishi uchun ular ikkiyoqlama qilinadi va yo‘lakka chayla ko‘rinishida o‘rnatiladi. 
Matn ikkala tomondan shunday beriladiki, magazin yonidan o‘tib ketayotgan va 
yo‘laning qarama-qarshi tomonidan kelayotgan odamlar uni bemalol ko‘ra oladi. 
Bunday statsionar va ko‘chma reklama taxtalari ixtisoslashgan magazinlar uchun 
samaraliroq bo‘ladi («Ehtiyot qismlar», «Xo‘jalik mollari» va h.k.). 
Shunday qilib, ko‘chadagi reklama taxtalarida joylashtiriladigan reklama 
e’tiborni o‘ziga jalb qilishi, qisqa, tushunarli va oson o‘qiladigan bo‘lishi lozim. 
Ko‘chadagi reklama taxtalariga yopishtirilgan plakatlar va afishalar yomg‘irli 
kunlarda qanday bo‘lishi, ularni avtomobillar, daraxtlar va to‘sib qo‘ymasligiga 
e’tibor qaratish kerak. 
Transparantlar – vaqtinchalik reklamasi. Ular magazinga kiraverishda yoki 
ko‘chadagi ustunlarda biron-bir reklama kampaniyasi, ko‘rgazma-savdo o‘tkazilishi 
yoki yangi magazin ochilishida joylashtiriladi. Magazinga tashrif buyurish murojaati 


283 
yozilgan transparant chiroyli ko‘rinishga ega bo‘lishi lozim. Bu maqsadda qoidaga 
ko‘ra, oq, sariq yoki qizil rangdagi matolar tanlanadi, chunki bu ranglar stidan 
yozilgan boshqa rangdagi harflar aniq ko‘rinib turadi. 
Reklama xabarlari matnining bir necha xil turi mavjud: axborot beruvchi, eslatib 
turuvchi, ta’sir ko‘rsatuvchi va ishontiruvchi. Axborot beruvchi matnlar oddiy, qisqa 
va aniq, eslatib turuvchi matnlar – qisqa, ta’sir ko‘rsatuvchi matnlar – tovar nomini 
ko‘p marta takrorlaydigan bo‘lishi lozim. Ishontiruvchi matnlar emotsional shaklda 
e’tiborni tovarning afzalliklariga qaratadi. 
Reklama taxtalarida ham, reklama varaqalarida ham joylashtiriladigan reklama 
elementlarining asosiy elementlari matn va rasmlar sanalib, ularning vositasida 
reklama ma’lum bir g‘oya va axborotni odamlarga etkazadi. Matn taklifning 
mohiyatini bayon qiladi, rasm esa uni ko‘rish orqali qabul qilinadigan obraz bilan 
to‘ldiradi, lekin aslo uning mazmunini takrorlamaydi. Reklama e’lonlarining 
elementlari qatoriga reklamaga emotsional ruh baxsh etadigan, uning ta’sirini 
kuchaytiradigan shrift va rang ham kiradi. Reklama taxtalarida bu elementlarning 
barchasi birgalikda yoki alohida holatda foydalanilishi mumkin. 
Reklama matni, qoidaga ko‘ra, sarlavha, izoh va xulosadan iborat bo‘ladi. 
Sarlavha (slogan) matnga e’tiborni jalb qiladi, xaridorni qiziqtirib qo‘yadi. Izohdan 
maqsad – reklama qilinayotgan ob’ektni uning foydaliligi isbotlarini keltirgan holda 
ko‘rsatishdir. Xulosa xaridorlarni taklif etilayotgan tovarni xarid qilishga ishonch 
bilan ko‘ndirishi lozim. 
Aniqlanishicha, odamlar sarlavhani matndan ko‘ra besh marta ko‘proq o‘qiydi, 
ko‘pchilik esa faqat sarlavhaga ko‘z yugurtirib chiqadi, xolos. Reklama qilinayotgan 
tovardan foyda olishni (sog‘liqni mustahkamlash, oshxona mehnatini engillashtirish 
va h.k.) va’da qiladigan sarlavhalar doimo boshqalardan samaraliroq bo‘ladi. 
Sarlavhadan nima haqida gap ketayotganini tushunib bo‘lmasligiga yo‘l qo‘yish 
mumkin emas. Sarlavha nuqta bilan yakunlanmasligi lozim. 
Eksperimentlar shuni ko‘rsatadiki, 10 va undan ortiq so‘zdan iborat bo‘lgan 
sarlavhalar qisqa sarlavhalardan yomonroq bo‘ladi. Agar sarlavha sitatadan iborat 
bo‘lsa va qo‘shtironoq ichida berilsa, uning esda qolinarligi 28%ga ortadi. Noodatiy 


284 
sarlavhalar muvaffaqiyatli bo‘ladi. Masalan: «Agar siz o‘zingiz nima qilishni 
bilmasangiz, keling, bizda bu narsa bor». 

Download 498.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling