15-bob. Reklama faoliyatining asosiy turlari
Download 498,9 Kb. Pdf ko'rish
|
15 mavzu 2m
Rasm (tasvir), xuddi matn kabi, reklama vositasini tashkil qiladigan elementlar
ichida alohida o‘rin egallaydi. Tasvir ko‘p hollarda reklama matni ta’sirini sezilarli kuchaytiradi, ayrim hollarda esa – to‘laligicha yoki qisman uning o‘rnini bosadi. Tasvir rasmni, fotosurat esa – diapozitivni ifodalashi mumkin. Reklama rasmida tasvirlarning turli grafika va rassomlik texnikasi qo‘llanadi. Rasmlar oq-qora yoki rangli bo‘lishi, qalamda, mo‘yqalamda, ko‘mir va h.k. bilan bajarilishi mumkin. Reklamada rasm ko‘p hollarda yumoristik obrazni ifodalaydi. Biron-bir detalni bo‘rttirib ko‘rsatish, jonivorlar va jonsiz predmetlarni inson xususiyatlariga ega qilish, harakatlar va holatning bir-biriga muvofiq emasligi, so‘zlar o‘yinini rasm bilan kuchaytirish va h.k. foydalaniladi. Agar predmet strukturasini, uning shakli, mayda detallari, material rasmi yoki rangini va h.k.ni aniq ko‘rsatish zarur bo‘lsa fotosuratlardan foydalanish tavsiya etiladi. Ularda reklama qilinayotgan tovarlardan tashqari bu mahsulotlarni iste’mol qilish usullari ko‘rsatilishi, ularning alohida xususiyatlari namoyish etilishi yoki ularning jalb etuvchanligi ta’kidlanishi mumkin. Fotosurat odamda u reklamadan oladigan ma’lumotlar ishonchliligi borasida 288 hech qanday shubha qoldirmaydi. SHu sababli bunday reklamaga xaridor o‘zgacha ishonch bilan munosabatda bo‘ladi. Fotosuratlardan batafsil matnli izoh talab qilmaydigan tovarlar, masalan, kiyim-kechak reklamasida foydalanish eng samarali hisoblanadi. Reklama maqsadlarida uning yordamida predmetning real bo‘yoqlari va tusini ifodalash mumkin bo‘lgan rangli fotosuratlardan foydalanish ayniqsa unumli bo‘ladi. Magazin tomonidan reklama maqsadlari uchun foydalaniladigan fotosurat va rasmli plakatlarni shunday joylashtirish kerakki, ular yog‘in-sochinlardan, quyosh nuridan aziyat chekmasin. Aniqlanishicha, rasmlarga berilgan izohlarni o‘qiydiganlar soni matn o‘qiydigan kishilardan ikki baravar ko‘p ekan. Har bir rasm izohida tovar xaridor uchun keltirishi mumkin bo‘lgan foyda asoslab berilishi lozim. Tasvirlarga qo‘yiladigan talablar: • tasvir o‘quvchida qiziqish uyg‘otishi kerak; • fotosuratlar, rasmlarda telereklama orqali yaxshi tanish bo‘lgan tipajlardan foydalanish reklamaning esda qolarligini ta’minlaydi; • tasvirlar oddiy bo‘lishi va detallar bilan ortiqcha to‘ldirib yuborilgan bo‘lmasligi lozim; • agar reklama xabari ayollar uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, rasmda erkak emas, ayol tasvirlangan bo‘lishi lozim; • rangli fotosurat 50%ga oq-qora bo‘lsa ham, uning esda qolarligi 100% yuqori bo‘ladi. Oziq-ovqat mahsulotlarini reklama qilishda tayyor taomni reklama qilish kreak, uning tarkibidagi elementlarni emas. Tadqiqotlarda aniqlanishicha, birinchi bo‘lib rasmlar ko‘rib chiqiladi, so‘ngra sarlavha va shundan keyingina matn o‘qiladi. Materalni ham shunday tartibda taqsimlash kerak: eng yuqorida rasm, uning ostida sarlavha, undan keyin esa – matn. Agar sarlavha rasmdan tepada bo‘lsa, matnni qabul qilish 10%ga pasayadi. Matnni hamma ham o‘qimaydi, lekin hamma rasm ostidagi yozuvlarni o‘qiydi. SHu sababli tagida yozuvsiz rasmlar bo‘lmasligi kerak. 289 Magazinning tashqi ko‘rinishi, rang va yorug‘lik bilan bezalishi potensial xaridorlar e’tiborini va ularning sonini oshiradigan muhim omillar sanaladi. YOrqin, ko‘zga tashlanib turadigan, yaltirab turadigan, top-toza vitrina beixtiyor odamlar e’tiborini jalb qiladi va ularda magazinga kirish istagini uyg‘otadi. Hozirgi paytda yo‘lovchilar e’tiborini jalb qilish uchun ko‘pincha quyida usul foydalaniladi: mayda, kam quvvatli lampochkalar magazin yonida o‘sadigan daraxtga tashlub qo‘yiladi va bu beixtiyor odamlarda bayramona kayfiya uyg‘otadi. Bunday girlyandalar narxi 1 metri o‘rtacha 3 dollar, tayyor girlyanda setkalari - 90 dollar, yorug‘lik «yomg‘iri» - 1 kv.metri 40 dollar turadi. Magazinlar viveskalarini bezash borasida ma’lum bir talablar mavjud. Viveskalar savdo korxonasi tashqi reklamasining turlaridan biri hisoblanadi. Ular magazin joylashuvi va uning tovar profili bilib olinadigan mo‘ljal bo‘lib xizmat qiladi. Joylagan joyi bo‘yicha viveskalar old tomonda (fasadda), tomning tepasida, bino burchagida, frontonga oid, bino qismlarini bir-biridan ajratuvchi yonmaydigan g‘ov- devorda joylashtiriladi. Viveska turi bino turiga, uning arxitektura echimiga, yondagi binolarga nisbatan joylashuviga, odamlar oqimi yo‘nalishiga, shuningdek, magazin faoliyati va uning moliyaviy holatiga bog‘liq bo‘ladi. Fasad viveskasi qoidaga ko‘ra, yorug‘lik reklamasi bo‘ladi va binoning old tomonida joylashtiriladi. Viveska bevosita magazinga kiraverish ustida yoki devor bo‘ylab uning frontonida yoki kronshteynga perpendikulyar ravishda joylashtirilishi mumkin. Magazin viveskasi kam so‘zli bo‘lishi va uning tovar profilini aniq aks ettirishi lozim. Viveska karkasini (fonini) tayyorlash uchun materiallar metall, shisha, plastmassa bo‘lishi mumkin. Harflar va dekorativ elementlar karkas sirtiga bo‘yoqlar bilan chiziladi yoki yog‘och, gips, polistirol, penoplast, metalldan qoplama detallar bilan mstahkamlanadi. Viveska bezalishi jalb etuvchan bo‘lishi lozim, bunda metall va yog‘ochga naqsh berishdan foydalaniladi. Kichik ixtisoslashgan magazin devoriga perpendikulyar o‘rnatilgan va etik ko‘rinishidagi (oyoq kiyim do‘koni uchun), patir ko‘rinishidagi (non do‘koni uchun), yo‘lakning har tomonidan yaxshi ko‘rinib 290 turadigan, hajmli viveska original ko‘rinishga ega bo‘ladi. Bunday viveskalar savdo korxonasining individualligini ko‘rsatishga imkon beradi va xaridorlar e’tiborini jalb etishga xizmat qiladi. Viveskadagi matn yaqin masofadan ham, uzoqdan ham oson o‘qiladigan bo‘lishi lozim. SHu sababli harflar hajmi, shuningdek, viveskaning o‘lchami uni yo‘lovchilar ko‘rishi mumkin bo‘lgan masofani hisobga olgan holda tanlanadi. Harflar va rasmlar rangi fonga nisbatan keskin ajralib turadigan darajada tanlanadi. Viveska uchun shrift oddiy va aniq bo‘lishi lozim. Bosh harflar, ayniqsa, qiya yoziladigan shriftlar tafsiya etilmaydi. Viveska matnini butun fasad bo‘ylab cho‘zmaslik kerak, chunki bu holatda harflar bir-biridan uzoqlashib ketadi, matnni esa o‘qish qiyinlashadi. Savdo korxonalarining viveskalari namunaviy va individual bo‘lishi mumkin. Magazin nomining namunaviy viveskalari kenglik va uzunlik nisbatlarida, shriftlar yozilishi va ranglarda bir xillik, kostruksiya umumiy tamoyili bilan ajralib turadi. Download 498,9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling