285
bo‘lgan, his-tuyg‘ular, obraz hosil qiluvchi so‘zlar alohida ajratib ko‘rsatilishi lozim.
2. O‘z fikringizni oddiy bayon qiling.
Imkon qadar ularning ma’nosini har qanday
kishi ham tushunishi mumkin
bo‘lgan oddiy so‘zlar va qisqa gaplardan foydalanish lozim.
Texnik atamalar,
tushunarsiz va taniqli bo‘lmagan so‘zlardan foydalanish zarur. «Ishonchimiz komilki,
…», «…deb hisoblaymiz», «Ajoyib, fantastik..» deb yozib bo‘lmaydi.
3. O‘z fikringizni qiziqarli bayon qiling.
Matn maroqli bo‘lishi va qiziqish uyg‘otishi lozim.
Uzundan uzoq va zerikarli
sanab chiqishdan qochish kerak. O‘quvchini tovarlarning o‘zi emas,
balki ulardan
olinadigan foyda qiziqtiradi. O‘tkir, yumoristik matnlar
eng yaxshi taassurot
qoldiradi.
4. O‘z fikringizni to‘ppa-to‘g‘ri, ochiq bayon qiling.
Gaplarni tejang, keraksiz so‘zlarni, ayniqsa, sifatlarni olib tashlang. Gapingizni
tejamkorlik bilan tushuntiring.
Do'stlaringiz bilan baham: