15-bob. Reklama faoliyatining asosiy turlari


 O‘z fikringizni tasdiqlaydigan tarzda bayon qiling


Download 498.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/20
Sana08.05.2023
Hajmi498.9 Kb.
#1445230
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
15 mavzu 2m

5. O‘z fikringizni tasdiqlaydigan tarzda bayon qiling. 
Inkor etadigan xarakterli bayonot bermang. Masalan: «Bu imtiyozli taklifni 
qo‘ldan chiqarmang!». Buning o‘rniga: «Imtiyozli taklif! Buyurtma bering!» deb 
aytish kerak. Hech qanday shubhaga o‘rin bo‘lmasligi lozim. 
6. Sog‘lom fikrga amal qiling. 
O‘rtacha aqliy qobiliyatlar siz bildirayotgan asosiy fikr mazmunini tushunib 
etishiga ishonch hosil qiling. 
7. Qisqa gapiring. 
Kichik matnlar o‘quvchilarni ko‘proq jalb qiladi. Matnga bo‘lgan asosiy talab – 
qisqa va aniqlik, ya’ni minimum so‘z bilan maksimum axborot berishdir. Matnda 
faqat eng kerakli narsalarni yozib, yanada qiqarok va aniqrok fikr bildirishga imkon 
topish kerak. 
8. Original bo‘ling va boshqalarga o‘xshamang. 
Noodatiy murojaat o‘quvchilarning e’tiborini darrov o‘ziga qaratishi muqarrar. 
Sarlavha, rasm, matn, e’lon konfiguratsiyasi noodatiy bo‘lishi mumkin. Biroq 
noodatiy va bema’ni o‘rtasidagi chegarani aniq his qilish lozim. 


286 
9. Dallilar va asoslarni ta’kidlab ko‘rsating. 
Reklama murojaatida siz odamlarga etkazmoqchi bo‘lgan asosiy g‘oyalarni 
ta’kidlab ko‘rsatish va ularning ongida mustahkamb qo‘yish lozim. Biroq hammaga 
ma’lum haqiqatni hech kim o‘qimaydi. 
10. O‘quvchiga u nima qilishi kerakligini tushuntirib bering. 
Reklama o‘quvchiga belgilangan iboralar yordamida muayyyan va ijobiy 
ko‘rsatmalar berishi lozim. 
Reklama matni ishlab chiqishning bu asosiy tamoyillari masalan, davriy 
matbuotda reklama tayyorlashda foydalanilishi mumkin. 
Ko‘p sonli va xilma-xil shriftlar mavjud. Har bir alohida shriftning o‘z nomi 
bo‘lib, ularning ko‘pchiligi asosiy tur va rasmning turli variantlariga ega bo‘ladi. 
Faqat bitta garnituraning o‘zida (ya’ni harf, belgi rasmida) shriftlar yarim qalin, 
yarim qalin kursiv, qalin, qalin kursiv, yarim qalin ingichka, yarim qalin ingichka 
kursiv bo‘lishi mumkin. 
Bunday ko‘p sonli shriftlarni har bir muayyan holat uchun optimal tanlash faqat 
reklama sohasidagi mutaxassis-rassomlar qo‘lidan keladi. SHu bilan birga, dekorator-
bezakchilar va magazinning boshqa xodimlari shriftlardan foydalanish sohasida 
umumiy bilimlarga ega bo‘lishi kerak. 
SHrift o‘quvchining e’tiborini jalb qilishi va unga matnni o‘qishda fikrni to‘plab 
olishga va eng muhim dalillarni ajratishga yordam berishi lozim. 
SHriftning har bir rasmi matnga o‘ziga xos emotsional tus beradi. SHrift 
tanlashda shuni yodda tutish kerakki, u reklama qilinadigan tovarlarga mos kelishi 
lozim. Masalan, xarf chetlari yumaloq va kontrast shtrixli murakkab rasmli shriftlar 
yordamida matnda u haqida gap borayotgan mahsulot engilligi va nafisligini 
ta’kidlash mumkin. harflar chetlari to‘rtburchak va oddiyroq rasmli shriftlar 
predmetning oddiyligi, mustahkamligi va ishonchliligi reklama qilinadi matnlarda 
foydalanish uchun ko‘proq to‘g‘ri keladi.
Inson ko‘zi alohida harflarni emas, balki butun boshli so‘zlarni va harflar 
birikmalarini idrok qiladi. Ko‘zning harflar guruhini, ularning shaklini, shuningdek, 
satrlar belgilangan uzunligini qamrab olish bo‘yicha bu xususiyati o‘qishni 


287 
tezlatuvchi yoki sekinlashtiruvchi omil hisoblanadi. shu sababli shrift rasmidan 
tashqari uning hajmini, harflar va satrlar o‘rtasidagi masofani, satrlar uzunligini, 
matnning varaqda joylagan o‘rnini ham to‘g‘ri tanlash zarur. 
Matnni idrok qilishda u yozilgan bo‘yq rangi ham muhim rol o‘ynaydi. Katta 
matndan iborat bo‘lgan reklama vositalarida (e’lonlar, o‘rov, varaqalar) rang fonida 
bosilgan nusxa aniqligiga alohida ahamiyat berish kerak. Reklama taxtalarida 
reklama matnini bezashda esa quyidagi jihatlarga e’tibor berish kerak. 
Harflar yozilish shakli va o‘lchami reklama qilinayotgan ob’ekt xususiyatlariga, 
varaq maydoniga mos kelishi lozim. Eng yaxshi variant turli kengladgi (o‘lchamli) 
bitta garnituradan (rasmdan) foydalanish hisoblanadi. 
Bo‘yoq rangini to‘g‘ri tanlash reklama matnining o‘quvchiga emotsional 
ta’sirini kuchaytirish uchun zarur. 
Fon va shrift rangi doim bir-biridan keskin ajralib turishi kerak – shrift fondan 
qanchalik ajralib tursa, u shunchalik oson o‘qiladi va idrok qilinadi. 

Download 498.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling