15-bob. Reklama faoliyatining asosiy turlari
Download 498.9 Kb. Pdf ko'rish
|
15 mavzu 2m
K
s = S zp : S p bu erda K s – magazin savdo zalining tabiiy yoritilganlik koeffitsienti; S zp – oynalar maydoni; S p – savdo zali polining maydoni. Tabiiy yoritish darajasi ko‘rsatkichi kamida 0,125 yoki v sootnoshenii 1:8 nisbatni tashkil qilishi lozim. Savdo uchun mo‘ljallangan binolarni yoritish uchun cho‘g‘lanma elektrolampalar va lyuminissent (natriyli va simobli) lampalardan foydalangan holda sun’iy yoritish qo‘llanadi. Bularning keyingisi eng tejamkor hisoblanadi, istalgan tusdagi yorug‘lik olishga imkon beradi va shu sababli ularni qo‘llashda rangli 295 filtlardan foydalanishga ehtiyoj yo‘qoladi. Sun’iy yoritish belgilangan me’yorlarga muvofiq qo‘llanishi lozim. Bu me’yorlar doirasida yoritilganlik darajasi umumiy, mahalliy va aralash yoritish tizimlari yordamida erishiladi. Yorug‘lik oqimlari butun bino bo‘ylab bir tekisda yoritilganlik yaratadigan yoritish tizimi umumiy yoritish tizimi hisoblanadi. Undan tovarlarning o‘ziga xos xususiyatlari alohida yoritilganlikni talab qilmaydigan, ish o‘rinlari va tovarlar bir-biriga yaqin joylashtirilgan hollarda foydalanish maqsadga muvofiq. Mahalliy yoritishda yoritgichdan chiqadigan butun yorug‘lik oqimi belgilangan maydonga yo‘naltiriladi. Bu tizim ispolzuetsya dlya osveщeniya vitrinalarni, alohida tovarlarni, savdo zalidagi tovar joylashtirilgan qiya yoki vertikal stendlarni yoritish uchun foydalaniladi. Butun magazinda etarli darajada yoritilganlikni ta’minlaydigan aralash tizim eng ko‘p qo‘llaniladi. Eslatib o‘tamizki, savdo uchun mo‘ljallangan binolar savdo zallari, kafeteriy va aholiga qo‘shimcha xizmat ko‘rsatish hududlarini, namoyish zalini o‘z ichiga oladi. Ko‘pchilik magazinlarda yorug‘likni taqsimlashning pog‘onasimon tizimi foydalaniladi. Agar savdo zalining o‘rtacha gorizontal yoritilganligini birlik deb qabul qiladigan bo‘lsak, magazinga kiraverish, peshtaxta, tokcha va stellajlardagi tovar ekspozitsiyalarining yoritilganligi 1,5-2 birlikni, tovarlar reklama ekspozitsiyasi 2-3 birlikni tashkil qilishi lozim. Bunday magazin ichkarisida yoritish tizimi tejamkor bo‘lib, xaridorlarning savdo zali bo‘ylab harakatlanishida ma’lum bir yorug‘likni his qilish ritmini yaratadi va ularning e’tiborini sotuvda bo‘gan tovarlarga mujassam etadi. Savdo uchun mo‘ljallangan binolarni oqilona yoritish xaridorlar e’tiborini aynan magazin ularni kuchli reklama qilish zarur deb hisoblaydigan tovarlarga qaratishga yordam beradi. Savdo zalining alohida hududlarini yoritish rangini vaqti-vaqti bilan o‘zgartirish ham xaridorlarni jalb qiladi va shu tariqa magazinning tijorat muvaffaqiyatlariga erishishiga xizmat qiladi. YOrug‘lik oqimini shakllantirish va uni savdo binolari va vitrinalarni yoritish 296 umumiy rejasiga muvofiq taqsimlash uchun dekorator turli yoritish uskunalaridan foydalanadi. Umumiy yoritish uskunalari yorug‘lik oqimini taqsimlash xarakteri bo‘yicha to‘g‘ri, qaytarilgan va tarqoq nur yoritgichlariga ajratilishi mumkin. Bundan tashqari, yorug‘likni keskin ifodalangan yo‘nalishli taqsimlash uskunalari foydalaniladi. Projektor turidagi bu uskunalar tor va uzun yorug‘lik oqimini beradi. 2-rasmda yoritish uskunalarining ayrim turalri aks ettirilgan. YOritish uskunalari ixcham, unchalik sezilmaydigan bo‘lishi, ular yaratadigan yorug‘lik samarasini oson o‘zgartira olishi lozim. Savdo reklamasi ob’ektlarini yoritish yakuniy sxemasini izlashda bir nechta variantlardan foydalanib ko‘rish, uskunalarning o‘rnini almashtirish, ularning ta’sir yo‘nalishini o‘zgartirish, bir qator holatlarda esa, agarda bunga yorug‘lik uskunalari imkon beradigan bo‘lsa, yaratiladigan yorug‘lik oqimi xarakterini ham o‘zgartirish zarur. Biroq bunda yong‘inga qarshi xavfsizlik talablariga amal qilish lozim, chunki yorug‘lik uskunalarining ortiqcha qizib ketishi yong‘inga sababchi bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, katta quvvatli yorug‘lik oqimlari tovarlarning rangi o‘chishi va buzilishiga olib kelishi mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling