15-bob. Reklama faoliyatining asosiy turlari
Download 498.9 Kb. Pdf ko'rish
|
15 mavzu 2m
Magazinda reklama ko‘rsatkichlari
Ko‘rsatkichlar, o‘zining magazin savdo zali bo‘ylab xaridorlar oqimi harakatini «tartibga soluvchi» asosiy rolidan tashqari yana bir rol – reklama rolini ham o‘ynaydi. Ular xaridorlarga yaxshi ma’lum bo‘lgan tovarlarni esga soladi, ularning e’tiborini yangilik tovarlarga qaratadi. Ko‘rsatkichlar – har xil turdagi tablo, strelka, sxema, piktogrammalar – xaridorlarga tovar bo‘limlarida va seksiyalarida yo‘l topish, ularga kerakli tovarlarni tezda izlab topishga yordam beradi. Ko‘rsatkichlar konstruksiyasi, shakli, o‘lchami, ular tayyorlangan material, shuningdek, ularni bezash xarakteri xilma-xil bo‘lishi mumkin. Bularning barchasi ko‘rsatkichning vazifasi va mazmuni, joylatirilgan o‘rni, magazin savdo zalini bezash umumiy uslubi bilan belgilanadi. Ko‘rsatkichlar rassomlar tomonidan oynada, fanerada, kartonda bo‘yoqlar yoki yog‘och, penoplast, porolon va boshqa materiallardan qoplanadigan harflar yordamida bajariladi. Aksariyat hollarda ko‘rsatkichlar to‘rtburchak – 1:3 yoki 1:2 nisbatda qilinadi. Reklama ko‘rsatkichlari trapetsiya, aylan, oval shaklida yasalishi mumkin. 303 Konstruksiyasi bo‘yicha ko‘rsatkichlar yassi va bo‘rtma turlarga bo‘linadi. YAssi ko‘rsatkichlar taxtachalar ko‘rinishida bajariladi. Ular uchun material bo‘lib yog‘och, karton, fanera, plastmassa, organik va silikat oyna, penoplast, metall xizmat qilishi mumkin. YAssi ko‘rsatkichlar bir tomonlama va ikki tomonlama bo‘ladi. Ular ba’zida o‘zaro shunday biriktiriladiki, savdo zalining shiftiga osib qo‘yiladigan uch yoki to‘rt tomonlama ko‘rsatkich hosil bo‘ladi. Yirik magazinlarda bo‘rtma ko‘rsatkichlar foydalaniladi. Ular yuzasiga turli rasmlar va yozuvlar tushirilgan to‘rtburchakli qutini ifodalaydi. Ko‘rsatkichlar savdo zallarining devorlarida, zinapoya maydonchalarida, peshtaxtada joylashtiriladi yoki shiftga osib qo‘yiladi. Ko‘rsatkich magazindagi tovar bo‘limlari va seksiyalarning joylashuv sxemasini aks ettirshii mumkin. Unda bo‘lim yoki seksiya nomi yoziladi. Yozuv rasm bilan to‘ldirilishi mumkin (bo‘lim yoki seksiyada sotiladigan mahsulot silueti). Ko‘rsatkichdagi rasm piktogramma ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Xaridorlar oqimi harakati tartibsiz bo‘lishi mumkin bo‘lgan katta zallarda ko‘rsatkichlar o‘zaro perpendikulyar taxtalarda takrorlanishi lozim. Prizma shaklidagi tablo-ko‘rsatkichlar keng tarqalgan. Tepasi ochiq bo‘lgan tablo bevosita lyuminisset yoritgichlar ustiga osib qo‘yiladi. Lampalar yoqilganda tablo-ko‘rsatkich yonib turganday, yozuvlar esa juda aniq bo‘lib turadi. Ko‘rsatkichlar yordamidagi reklamaning yana bir o‘zgarmas sharti ko‘rsatkich va u ko‘rsatadigan bo‘limni ko‘rish orqali bog‘lash mumkinligi hisoblanadi. Agar ko‘rsatkich juda baland joylashtirilgan bo‘lsa, uzoqdan turib uning savdo maydonchasi aynan qaysi qismiga mansub ekanligini aniqlash qiyin. Ko‘rsatkich tovarlar joylashtirilgan tokchalarga yaqin bo‘lgan hollarda uning echimi (rangi, o‘lchami, harflar shakli) tovarning o‘zidan ko‘ra faolroq bo‘lishi lozim. Aks holda u tovar tomonidan «siqib» chiqariladi. Uchinchi shart – ko‘rsatkichning ma’no jihatidan o‘qilishi. Harflar fonga nisbatan ularning kontrasti va o‘lchami kattalashuvi bilan osonroq o‘qiladi. Eng katta kontrast yoki harflarning o‘zini, yoki ularning atrofidagi maydonni yoritishda olinadi. SHu bosidan yonib turadigan yozuvlar oson o‘qiladi. Keyingi o‘rinda oq yoki sariq 304 fondagi to‘q rangli harflar turadi. Ko‘rsatkichda so‘zlar qanchalik kam bo‘lsa, u shunchalik oson o‘qiladi. Xaridor raqamli indekslardan ko‘ra tovar nomini osonroq aytishi qayd etilgan. SHu sababli bo‘limlar nomini belgilaydigan yozuvlarda harf va raqamlar birikuvidan foydalanmaslik kerak. Reklama vositasi sifatida piktogrammaning albatta bajarilishi kerak bo‘lgan sharti ko‘rsatkich-simvolni ko‘rish orqali qabul qilishning osonligi va tushunarliligi hisoblanadi (15.3-rasm). Savdo zali devorining ma’lum bir qismini doimiy ravishda egallab turadigan badiiy panno seksiya yoki bo‘lim tovar profilining o‘ziga xos ko‘rsatkichi va magazin intereri elementlaridan biri bo‘lishi mumkin. yorqin bo‘yoqlar bilan bezalgan holda u tovarlar guruhlari vazifalarini ta’kidlab ko‘rsatadigan va shu tariqa xaridorlar e’tiborini jalb qiladigan rangli fon bo‘lib xizmat qiladi. Pannoda u yoki bu tovarni ishlab chiqarish va foydalanish bilan bog‘liq sahnalar tasvirlanishi mumkin. Masalan, non va non mahsulotlari bilan savdo qiluvchi magazinda tegirmonchi va novvoylar mehnatini aks ettiradigan hamda rastalarda keng assortimentda berilgan asosiy oziq- ovqat mahsulotining asl qimmatini ko‘rsatadigan panno o‘rnatilgan bo‘lishi mumkin. Baliqlar sotiladigan bo‘limda pannoda baliqchilik bilan bog‘liq tasvirlar berilishi mumkin. Tovarlar ular uchun odatiy bo‘lgan vaziyatlarda taqim etiladigan bo‘lsa, syujetli pannolar ma’noli yuklamaga ega bo‘ladi. Masalan, o‘yinchoqlar do‘konida bolalarning sevimli o‘yinlari, ertak va multfilm qahramonlari haqida eslatib turadigan panno joylashtirilishi mumkin. Panno tayyorlashning eng tarqalgan usullari rassomchilikka oid va grafikaga oid hisoblanadi. Rassomchilikka oid panno bo‘yoqlar bilan matoda, shishada yoki devorning o‘zida bajariladi, grafikaga oid panno esa – qalam yoki tush bilan karton yoki qalin qog‘ozda. Panno sifatida mozaika va vitrajlar foydalaniladi. Reklama- dekorativ panno yog‘och va metalldan galvanoplastika, o‘yma naqsh usulida, rangli organik shisha panno esa – applikatsiya usuli bilan yasaladi. Reklama pannolarida oq-qora va rangli yirik formatli fotosuratlar, ba’zida esa grafik tasvirlar bilan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling