15-bob. Reklama faoliyatining asosiy turlari


Download 498.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/20
Sana08.05.2023
Hajmi498.9 Kb.
#1445230
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
15 mavzu 2m

Vitrina ko‘rgazmasi kompozitsiyasini ishlab chiqish qoidalari 
Oynali vitrinani bezatish bo‘yicha ishlar reklama qilish mo‘ljallangan tovarlarni 
tanlashdan boshlanadi. Tovarni tanlash korxonaning reklama faoliyati rejasiga 
muvofiq, shuningdek, tijorat vazifalarini hisobga olgan holda belgilanadi. Reklama 


323 
ob’ektini – tovarning vazifalari va xossalari, iste’mol shartlari va boshqa 
xususiyatlarini – batafsil o‘rganish vitrina g‘oyasi va maqsadli ko‘rsatmalarini 
belgilash uchun xizmat qilishi lozim. Vitrina g‘oyasiga muvofiq unda 
joylashtiriladigan matn va shiorlar belgilanadi, vitrinaning kompozitsion tuzilishi 
ishlab chiqiladi. Ish vitrinani bezatish eskizi tuzish bilan yakun topadi. 
Eskiz tovarlar, asbob-uskunalar va dekorativ elementlarni vitrinada joylashtirish 
dastlabki sxematik rejasi bo‘lib, qalam, bo‘yoq yoki applikatsiya yordamida qog‘oz 
varoqda chiziladi. 
Eskizga odatda izohlovchi xat biriktirilib, unda oynali vitrinaning asosiy 
mazmuni bayon qilinadi, foydalanish zarur bo‘lgan vitrina inventari, tovarlar soni va 
ro‘yxati keltiriladi, vitrinani bezatish bo‘yicha boshqa ko‘rsatmalar beriladi. Vitrinani 
bezatish san’ati shundan iboratki, vitrina qutisi maydoni va kompozitsiya tuzilishidan 
oqilona foydalanish lozim. 
Vitrinada ekspozitsiya makon jihatidan old, o‘rta va orqa sahnaga bo‘linishi 
lozim. Bu esa ayrim predmetlar boshqalardan ko‘ra oynaga yaqinroq, boshqalari esa 
– vitrina ichkarisida joylashishi lozimligini anglatadi. Qo‘shimcha ekranlar 
yordamida yaratiladigan fon yordamida vitrina, uning proporsiyasi va ko‘lamini 
ko‘rish yordamida idrok qilishni o‘zgartirish mumkin. 
Vitrina ko‘zga yaqqol tashlanib turadigan bo‘lishi kerak. Bunga vitrinaning 
kompozitsion markazi yaratish yo‘li bilan erishish mumkin bo‘lib, u tomoshabin 
nazariga birinchi bo‘lib tashlanadigan, undan keyin esa tomoshabin e’tibori 
ahamiyatning o‘sib borish tartibida ekspozitsiyaning boshqa elementlariga ko‘chib 
o‘tadi. Alohida qismlarga bir xil ahamiyat qaratiladigan vitrina hech qachon 
uyg‘unlikdagi bir yaxlitlik sifatida qabul qilinmaydi: u betartiblik va chalkashliklar 
yuzaga keltirib, odamning ko‘zini charchatadi, xolos. 
Kompozitsiya markazi o‘rtacha bo‘yli odamning ko‘zlari balandligida bo‘lgan 
yuzada, ya’ni 150-165 sm balandlikda joylashgan bo‘lishi kerak. 
Vitrinaning u yoki bu qismi, u yoki bu tovar yoki dekorativ element 
kompozitsion markaz bo‘lishi mumkin. U optik markaz bilan mos tushishish ham
undan biroz og‘ishi ham mumkin. 


324 
Tomoshabinni vitrina ekspozitsiyasini ko‘rib chiqishga majbur qilish uchun 
tovarlar va bezatish elementlarini to‘g‘ri joylashtirish va guruhlash zarur, bunda 
dekorativ san’atda qabul qilingan eng muhim kompozitsiya qoidalariga amal qilish 
kerak. Vitrinalarni bezatishda tovarlar va dekorativ elementlarni kompozitsion 
guruhlashning uchta asosiy tamoyiliga rioya qilinadi. 
Birinchi tamoyil – muvozanatga amal qilish. Muvozanatning eng oddiy turi bu 
simmetriya hisoblanadi. 
Vitrina kompozitsiyasi turlicha bo‘lishi mumkin: simmetrik va nosimmetrik, 
tekislikka oid va makonga oid. 
Simmetrik kompozitsiyada predmetlar markazdan faraz qilingan o‘qning ikki 
tomoni bo‘ylab bir maromda joylashtiriladi, ya’ni chap tomonning oynadagi aksi kabi 
bo‘ladi. 
Nosimmetrik kompozitsiyada uning markazi biroz siljigan bo‘ladi. Vitrinaning 
bir tarafi ko‘proq to‘ldirilgan bo‘lishi mumkin, lekin umuman olganda kompozitsiya 
muvozanatli bo‘lishi lozim. Muvozanatga vitrina yuzasida alohida elementlarni 
to‘g‘ri taqsimlash yo‘li bilan erishiladi. 
Simmetrik kompozitsiya ko‘pincha statik (harakatsiz) bo‘ladi. Nosimmetrik 
kompozitsiya – dinamik bo‘ladi, ya’ni vitrinadagi bezatish elementlari joylashuvining 
o‘zi harakat taassurotini uyg‘otadi. Dinamik echim inson ko‘rish orqali idrok 
qilishiga ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi, demak, xaridor e’tiborini reklama qilinayotgan 
tovarga qaratishga yordam beradi. Amaliyotda ko‘pincha nosimmetrik muvozanat 
qo‘llanadi. Bundan tashqari, nosimmetrik kompozitsiya ko‘proq bezatish variantlarini 
beradi. 
Vitrina chuqurligiga qarab, kompozitsiya tekislikka oid va makonga oid bo‘lishi 
mumkin. Vitrina makonida ichkariga qarab foydalanish imkoni bo‘lmagan tovarlarni 
yon tomondan joylashtirishga to‘g‘ri keladigan hollarda kompozitsion echim frontal 
yoki tekislikka oid hisoblanadi. 
Agar vitrina etarli darajada (0,8-1,2 m va undan ortiq) chuqurlikka ega bo‘lsa, 
kompozitsiyani makonda hal etish mumkin. Bunday echim butun vitrina ichkarisidan 
foydalanish va tovarlarni bir necha qator qilib joylashtirish imkonini beradi. 


325 
Ikkinchi tamoyil – barqarorlikni ta’minlash. Vitrina ekspozitsiyasi barqarorligi 
odatda ko‘rgazma asosini kengaytirish, shuningdek, yirik predmetlarni vitrinaning 
quyi qismida va tomoshabindan uzoqda joylashtirish bilan erishiladi. Bunday 
barqarorlikka misol – piramida. 
Uchinchi tamoyil – ritmga rioya qilish. Vitrinani bezatishning kompozitsion 
echimida ritm alohida predmetlar yoki tovarlar guruhi konturining, shuningdek, 
alohida predmetlar yoki ularning guruhlari o‘rtasidagi masofa va h.k. takrorlanishini 
ifodalaydi. 
Tovarlarni vitrinada namoyish etish uchun ularni joylashtirishning xilma-xil 
usullaridan foydalaniladi. Masalan, tovarlar vertikal va gorizontal bo‘yicha harakatsiz 
joylashtiriladi. Dinamik joylashtirish qiya chiziqlardan. Aralash yoki «fantastik» 
chiziqlar bo‘yicha tovarlarni joylashtirish qiziqarli g‘oyalar yaratadi. Tovarlarni 
joylashtirishning u yoki bu usulidan foydalanish tovar xarakteriga bog‘liq bo‘ladi. 
Masalan, beso‘naqay mebel statik joylashtirishni, bijuteriya – dinamik joylashtirishni, 
bolalar uchun tovarlar esa - «fantastik» joylashtirishni talab qiladi. 
Amaliyotda tovarlarni vitrinada joylashtirishda quyidagi kompozitsion echimlar 
ko‘proq tarqalgan: 

Download 498.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling