Azot (V)- oksid-N2O5 (diazot pentaoksid) –rangsiz portlovchi kristall modda. U nitrat kislotasini P2O5 yordamida suvsizlantirib olinadi:
N2O5 – tipik kislotali oksid suv bilan kuchli reaksiyaga kirishadi va nitrat kislotasini hosil qiladi.
Azot (+5) oksidi faqat gaz holatida molekulyar strukturaga ega. Qattiq holatda va ionlaridan hosil bo’lgan strukturaga ega. N2O5 kristallari oson sublimisiyalanadi, buning ustiga molekulalar bog’lanadi. Shunday qilib azot (+5) oksidi sublimasiyalanganda va ionlari N2O5 molekulasiga birlashadilar. U esa uy temperaturasida parchalanadi va qizdirilganda portlaydi:
Azot (+5) oksidi kuchli oksidlovchi, ko’pchilik reaksiyalar uning ishtirokida kuchli boradi.
Nitrat kislota, uning xossalari va tuzlari. Ozbekistonda azotli o’g’itlar ishlab chiqarishning rivojlanishi
Reja:
1.Nitrat kislota va uning tuzlari
2.Azotning tabiiy aylanishi
3.Ozbekistonda azotli o’g’itlar ishlab chiqarishning rivojlanishi
Nitrat kislota HNO3 rangsiz suyuqlik, uzoq turganda sarg`ayib qoladi, 840 C da qaynaydi. Nitrat kislota qaynaganda qisman parchalanadi:
4HNO3 = 2H2O + 4NO2 + O2
Bunday reaksiya 100% li (ya’ni suvsiz) nitrat kislotaga oddiy temperaturada yorug`lik ta’sir etishidan ham sodir bo`ladi. Hosil bo`lgan NO2 nitrat kislotada erib unga sariq yoki qizil (NO2 ning konsentrasiyasiga qarab) tus beradi.
Nitrat kislota suv bilan har qanday nisbatda aralashadi.Suvli eritmada deyarli to’liq ionlariga o’tadi. Laboratoriyada ishlatiladigan nitrat kislota ko`pincha uning 65% li eritmasi bo`lib, solishtirma og`irligi 1,4 g/sm3 ga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |