Azotning kislorodli birikmalari. Olinishi va xossalari.
Azot oksidlarida +1 dan +5 oksidlanish darajasigacha bo’ladi. Faqat N2O3 va N2O5 oksidlari kislotali hisoblanadi. NO2 va N2O4 larga 2 ta kislota oksidi deb qaraladi. Ma’lum bo’lgan nitroza oksidlari NO, NO2 va N2O4 lardan iborat bo’ladi.
Azot oksidlarining xossalari
Azotning oksidlanish darajasi
|
Oksidning formulasi
|
Qaynash harorati
|
Suyuqlanish harorati
|
Agregat
holati
|
Rangi
|
Kislotasining formulasi
|
Tuzining
formulasi
|
+1
+2
+3
+4
+5
|
N2O
NO
N2O3
NO2
N2O5
|
-89,5
-151,8
3,5
102
45
|
-102,4
-163
-102
-11,2
30
|
gaz
gaz
suyuq
gaz
kristal
|
rangsiz
rangsiz
qo’ngir
qo’ngir
rangsiz
|
(H2N2O3)
-
HNO2
HNO2+HNO
HNO3
|
Me2N2O3
-
MeNO2
MeNO2+MeNO3
MeNO3
|
Azot besh xil oksid hosil qiladi: azot (I)-oksid -N2O, azot (II)-oksid-NO, nitrit angidrid-N2O3, azot (IV)-oksid-NO2 va nitrat angidrid -N2O5.
3
3 Shriver and Atkins' Inorganic Chemistry, Fifth Edition
© 2010 P.W. Atkins, T.L. Overton, J.P. Rourke, M.T. Weller, and F.A. Armstrong
All rights reserved. ISBN 978–1–42–921820–7
Azot (I)-rangsiz, xushbo`y hidli, suvda nisbatan yaxshi eriydigan (00C da 1 hajm suvda 1,3 hajm N2O eriydi), ammo suv bilan reaksiyaga kirishmaydigan gaz. Uning tuzilish formulasini NN=O shaklida yozish mumkin.
Ammoniy nitrat tuzi 200 0C atrofida qizdirilganda azot(I)-oksid hosil bo`ladi:
NH4NO3 = 2H2O + N2O
Azot (I)-oksidi bilan nafas olingan birinchi daqiqada odamda hayajonlanishni uyg’otadi, keyin uxlatuvchi ta’sir qiladi. Tibbiyotda 80% li N2O va 20%li O2 aralashmasidan narkoz sifatida foydalaniladi.
5000 Cdan yuqori temperaturada azot (I)- oksid parchalanadi:
2N2O = 2N2 + O2
Shuning uchun ham azot (I)-oksid to`plangan idishga cho`g`langan cho`p tushirilganda cho`p yonib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |