15 guruhning asosiy guruhcha elementlari Reja: 15 guruhning asosiy guruhcha elementlari Azot. Tabiatda azot


Download 396.86 Kb.
bet9/13
Sana17.06.2023
Hajmi396.86 Kb.
#1524716
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
15 guruhning asosiy guruh elementlar

Azot (II)-oksidi (azot monooksidi) Yuqori temperaturalarda azot bilan kislorodning bevosita birikishidan to`g`ridan- to`g`ri azot(II)-oksid sintez qilish mumkin. Ammo buning uchun juda ko`p miqdorda energiya sarflanadi. Shunga ko`ra sanoatda ammiakni 9000C temperaturada va katalizator (platina) ustida havo kislorodi bilan oksidlab azot (II)-oksid olinadi.
Laboratoriyada misga nitrat kislotaning suyultirilgan eritmasini ta’sir ettirib olinadi:
3Cu +8HNO3 = 3Cu(NO3)2 +2NO +4 H2O
Azot (II)-oksid rangsiz, zaharli gaz, 1640 C da suyuqlanadi va -1510C da qaynaydi. U suvda juda oz (00C da 1hajm suvda faqat 0,074 hajm) eriydi. Suv bilan reaksiyaga kirishmaydi. Azot (II) - oksid molekulasidagi kislorod ajralishi juda qiyin bo`lgani uchun u yonishga yordam bermaydi.
Azot (II)-oksid birikish reaksiyasiga kirishish xususiyatiga ega. Masalan u xlor bilan birikib nitrozil xlorid (NOCI), kislorod bilan birikib azot (IV)-oksid (NO2) va ichki sferasida NO tutadigan kompleks birikmalar hosil qiladi.
Azot (II)-oksid oksidlash va qaytarish xossasiga ham ega:
2NO + 2H2S = N2 +2S +2H2O (NO-oksidlovchi)
2NO +O2 = 2NO2 ( NO-qaytaruvchi)
Azot (III)- oksidi. Nitrit angidrid - N2O3 sovuq temperaturalarda mavjud bo`ladigan ko`k tusli suyuqlik bo`lib, oddiy sharoitda NO2 va NO ga parchalanadi.

N2O3- kislotali oksid, sovuqda suv bilan birikib nitrit kislotasini hosil qiladi

Ishqorlar bilan tegishli nitritlarni hosil qiladi

Nitrit kislotasi faqat suyultirilgan eritmalardagina barqaror, uning konsentrlangan eritmasi H2 O, NO va NO2 ga parchalanadi.
Azot (IV)- oksid-NO2 oddiy sharoitda NO ning havo kislorodi bilan oksidlanishidan hosil bo`ladi.
Laboratoriyada u konsentrlangan nitrat kislotaga og`ir metallar, masalan, mis ta’sir ettirib olinadi:
Cu + 4HNO3 = Cu(NO3)2 + 2NO2 +2H2O
Azot (IV)- oksid qo`ng`ir tusli, zaharli gaz, oson suyuqlanadi. Suyuq NO2 +210C da qaynaydi, -110C gacha sovitilganda rangsiz kristll massaga aylanadi. Bunda NO2 molekulasi dimerlanib, N2O4 (azot qo`sh oksid) ga aylanadi.
Umuman azot (IV)-oksid 1400C dan yuqori temperaturalardagina monomer-NO2 holda bo`ladi. -110C gacha sovitilganda rangsiz kristall massaga aylanadi. Bunda NO2 molekulalarining dimerlanishiga moyilligi azot atomida juftlashmagan elektronlarning bo`lishi bilan tushuntiriladi.
Demak, 2NO2N2O4 dan iborat muvozanat sistemasining tarkibi har xil temperatura uchun turli qiymatga ega.
Azot (IV)-oksid juda kuchli oksilovchi hisoblanadi. Masalan, ko`mir, oltingugurt va fosfor NO2 muhitida juda yaxshi yonadi. NO2 (yoki N2O4) suvda eriganda nitrit va nitrat kislotalar hosil bo`ladi:
N2O+H2O = HNO3+HNO2
Nitrat kislota eritmada barqaror bo`lgani holda, nitrit kislota ancha beqaror bo`lib qaytar reaksiya bo`yicha parchalanadi:
2HNO2 H2O + N2O3 ↔ NO+NO2
Shu sababli NO2 ning suv bilan ta’sir etishi amalda quyidagi tenglamaga muvofiq bo`ladi:
3NO2+H2O = 2HNO3+NO
Agar NO2 ning suvda erishi mo`l miqdor kislorod ishtirokida borsa, faqat nitrat kislota hosil bo`ladi:
4NO2 + O2 + 2H2O = 4HNO3
Nitrat kislota sanoatda ana shu usul bilan olinadi.
Nitrit kislota- HNO2 kuchsiz kislota bo`lib, faqat suyultirilgan eritmalardagina mavjuddir. U oksidlovchi va qaytaruvchi xossalarga ega. U ko`pincha NO ga qaytariladi:
2NaNO2 + 2KJ + 2H2SO4 = Na2SO4 + K2SO4 +J 2+ 2NO + 2H2O
Nitrit kislota va uning tuzlari qaytarish xossasini ham namoyon qiladi:
2KMnO4 + 5NaNO2 + 3H2SO4 = K2SO4 + 2MnSO4 + 5NaNO3 + 3H2O

Download 396.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling