Nitrat kislotaning o’ziga xos xususiyatlari. Metallarning kuchlanish qatorida vodoroddan chapda joylashgan har qanday metal bilan reaksiyaga kirishganda vodorod ajralib chiqmaydi. Chunki nitrat kislotasi har qanday konsentratsiyada oksidlovchi ( ioni) xossasini namoyon qiladi. Me + HNO3 ≠ H2
Metallarning kuchlanish qatorida, metallarning aktivligi, tabiatiga va konsentratsiyasiga qarab, kislotaning qaytarilish mahsulotlari har xil bo’ladi uni quyidagi sxemada ko’rsatish mumkin:
HNO3→ N2O→ NO2→ NO → NH4NO3 (N2+NH3)
1. Li-K-Ca-Mg- gacha bo’lgan metallar konsentrlangan HNO3 bilan ta’sirlashganda tegishli nitratlar hosil bo’ladi va gacha qaytariladi:
4Mg +10HNO3 = 4Mg(NO3) +N2O + 5H2O
2. Li-K-Ca-Mg-Zn-Ni-Sn gacha bo’lgan metallar suyultirilgan HNO3 bilan ta’sirlashganda tegishli nitratlar hosil bo’ladi va gacha qaytariladi. Hosil bo’lgan ammiak eritmadagi nitrat kislota bilan birikib ammoniy nitratni hosil qiladi:
10HNO3(suyul) + 4Zn = 4Zn(NO3)2 + NH4NO3+3H2O
3. AI-Zn-Ni-Sn-Pb-Cu-Hg kabi metallar konsentrlangan HNO3 bilan ta’sirlashganda tegishli nitratlar hosil bo’ladi va NO2 gacha suyultirilgan kislota ta’sirlashganda NO gacha qaytariladi. Masalan:
4HNO3(suyul)+3Ag = NO+3AgNO3+2H2O
4HNO3(kons)+ Cu = 2NO2+ Cu(NO3)2+2H2O
8HNO3(suyul)+ 3Cu = 2NO+ 3Cu(NO3)2+ 4H2O
4. AI, Cr va Fe konsentrlangan HNO3 da passivlashadi (inert barqaror oksid parda bilan qoplanadi).
1 hajm konsentrlangan nitrat kislotaning 3 hajm xlorid kislota bilan aralashmasi zar suvi - metallar uchun HNO3 ning o'ziga qaraganda ham kuchli erituvchidir, chunki bu aralashmada xlor va nitrozil xlorid bor:
3HCl + HNO3 → 2Cl + NOCl + 2H2O
Bu aralashma nihoyatda kuchli oksidlovchi bo'lgani uchun o’zida oltin (radiy) va platinani erita oladi:
Au + 3HCl + HNO3 → AuCl3 + NO + 2H2O
AuCl3+ HCl → H [AuCl4]
3Pt + 12HCl + 4HNO3 → 3PtCl4 + 4NO + 8H2O
PtCl4 + 2HCl → H2[PtCl6]
Do'stlaringiz bilan baham: |