15 guruhning asosiy guruhcha elementlari Reja: 15 guruhning asosiy guruhcha elementlari Azot. Tabiatda azot


Download 396.86 Kb.
bet11/13
Sana17.06.2023
Hajmi396.86 Kb.
#1524716
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
15 guruhning asosiy guruh elementlar

Olinishi. Ammiakni katalitik oksidlab olinadi. (Ostvald usuli bo’lib, 1915 yildan sanoatda foydalaniladi). Bu usul asosida quyidagi reaksiyalar yotadi:


Ammiakni havo kislorodi bilan aralashmasi juda tezlik bilan qizdirilgan katalizatordan o‘tkaziladi. Katalizator platina va rodiydan tayyorlangan.
XIX asrdan XX asrning boshlariga qadar nitrat kislota Chili selitrasiga sulfat kislota ta'sir ettirish yuli bilan olinar edi:
NaNO3 + H2SO4 → NaHSO4 + HNO3.
Hozirgi vaqtda bu usuldan nihoyatda kam foydalniladi.
1905 yildan boshlab Norvegiyada sanoatda nitrat kislota olishning elektr yoy usuli joriy etildi. Bu usulning mohiyati shundan iboratki, avval havo orqali elektr yoyi o’tkaziladi, bunda azot bilan kislorod o'zaro reaksiyaga kirishib NO ni hosil qiladi. NO havoda tez soviganda havo kislorodi va suv bilan birikib nitrat kislotaga aylanadi:
N2+O2 → 2NO; 2NO + O2 → 2NO2
3NO2 + H2O → 2HNO3 + NO
Ortib qolgan NO yana havo kislorodi bilan birikib NO2 ga aylanadi, yana suv bilan birikib HNO3 hosil qiladi.
Yoy usulida elektr energiyasi ko’p sarf bo'ladi. masalan, 1 kg kislota ayyorlash uchun 70 kvt energiya ketadi. Shuning uchun bu usul kam qo’llaniladi.
Xossalari. Toza nitrat kislota rangsiz suyuqlik; solishtirma og'irligi 1,526 g/sm3 (15oC da); uning qotish harorati 41,3oC; u 86oC da qaynaydi; suv bilan har qanday nisbatda aralashadi;
Tarkibida 68% HNO3 bo'lgan nitrat kislota eritmasi (d=1,41/sm3) o’z tarkibini o’zgartirmay 120,5oC da qaynaydi.
Konsentrlangan nitrat kislota (ayniqsa yoruglik ta'siridan) asta-sekin qo’ng’ir rangga kiradi yani qisman parchalanadi.
4HNO3 = 2H2O + 4NO2 + O2
Hosil bo'lgan azot (IV) - oksid kislotaga sariq tus beradi. O’zida NO2 ni eritgan nitrat kislota tutuvchi nitrat kislota nomi bilan yuritiladi.
Nitrat kislota kuchli kislotalardan biri bo’lib, kuchi bo’yicha HCIO4 dan keyin turadi hisoblanadi. Toza nitrat kislota oz darajada o’z-o’zidan ionlanishga uchraydi:

- kationiga nitronil (nitroil) deyiladi. Nitrat kislota kuchli oksidlovchi u barcha metall va metallmaslarni oksidlaydi. Metallmaslar nitrate kislota ta’siridan yuqori oksidlanish darajasidagi hosilalariga o’tadi, masalan:
Konsentrlangan nitrat kislotaga solib qizdirilgan oltingugurt sulfat kislotaga va fosfor - fosfat kislotaga, ko’mir esa karbonat angidridga aylanadi:
S +6HNO3 → H2SO4 + 6NO2+ 2H2O
P + 5HNO3 → H3PO4 + 5NO2 +H2O
3C + 4HNO3 → 3CO2 + 2H2O + 4NO
Ba'zi metallar, masalan temir, xrom, alyuminiy va boshqa ba'zi metallar suyultirilgan nitrat kislotada eriydi-yu, ammo konsentrlangan kislotada erimaydi; bu metallar konsentrlangan nitrat kislotaga tushurilganda ularning sirtida mustahkam oksid parda hosil bo'ladi; bu hodisa passivlashish deyiladi. Umuman, konsentrlangan nitrat kislota ko’pchilik metallar uchun erituvchi hisoblanadi.

Download 396.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling