Kelgusi davr xarajatlari va to’lovlari rezervi hisobi.
8910-«Kelgusi davr xarajatlari va to’lovlar rezervi» schyoti bir maromda xarajat va to’lovlarni ishlab chiqarish yoki muomala xarajatlariga kiritish yo’li bilan belgilangan tartibda rezerv qilingan summalar holati va harakati to’g’risidagi ma’lumotlarni jamlash uchun qo’llaniladi.
Xususan, ushbu schyotda asosiy vositalarni ta’mirlash bo’yicha kelgusi xarajatlar summasini aks ettirish mumkin. Rezervning hosil bo’lishi:
Debet 2010, 2110, 2310, 2510 Ishlab chiqarish xarajatlari schyotlari
Kredit 8910-«Kelgusi davr xarajatlari va to’lovlar rezervi».
Buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga muvofiq bunday rezervni tashkil qilish tavsiya qilinmaydi, chunki korxona uni tashkil etishda o’z hisobotida amalga oshirilmagan xarajatlarni aks ettiradi va foydani kamaytiradi.
Tijorat korxonalari, agar hisob siyosatida bu aks ettirilgan bo’lsa, faqat sof foyda hisobiga rezerv tashkil etishlari mumkin. Ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun rezervdan foydalanishda soliq solinadigan baza mazkur xarajatlar summasiga kamaytiriladi.
Ishlab chiqarish xarajatlari hisobiga rezerv tashkil qilish O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, asosan mavsumiy ishlaydigan korxonalar uchun ruxsat etiladi.
Korxonalarda tashkil etilgan ushbu rezervlardan asosiy vositalar ta’mir qilinayotganda va boshqa maqsadlarda foydalanilishi mumkin.
Ilgari tashkil etilgan rezerv hisobidan asosiy vositani kapital ta’mir qilish uchun materiallar sarflansa, quyidagicha provodka beriladi:
Debet 8910-«Kelgusi davr xarajatlari va to’lovlar rezervi»
Kredit 1010-«Xom-ashyo va materiallar».
Ilgari rezerv qilingan summalar bo’yicha hisob-kitob schyotlaridan xarajatlar to’lansa, quyidagicha yozuv qilinadi:
Debet 8910-«Kelgusi davr xarajatlari va to’lovlar rezervi»
Kredit 5110-«Hisob-kitob schyoti».
21-ma’ruza: Moliyaviy natijalar hisobi. Sotishdan olingan yalpi foyda (zarar)ning hisobi.
Reja:
Moliyaviy natijalar hisobining vazifalari.
Moliyaviy natijalar koʻrsatkichlari.
Asosiy xoʻjalik faoliyatidan olinadigan daromadlar hisobi.
Daromadlarni tan olish va baholash.
Asosiy faoliyatining boshqa daromadlarini hisobga olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |