15-ma’ruza: Majburiyatlar tushunchasi va ularni baholash. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar. Reja
§6. Xodimlarga berilgan bo’naklar hisobi
Download 0.65 Mb.
|
15-ma’ruza Majburiyatlar tushunchasi va ularni baholash. Mol ye-fayllar.org
§6. Xodimlarga berilgan bo’naklar hisobi.
Korxona tomonidan xodimlariga mehnat haqi bo’yicha, operatsion va ma’muriy-xo’jalik xarajatlari hamda xizmat safarlari uchun beriladigan bo’naklar sintetik hisobi quyidagi balans schyotlarida olib boriladi: 4210-«Mehnat haqi bo’yicha berilgan bo’naklar»; 4220-«Xizmat safarlariga berilgan bo’naklar»; 4230-«Umumxo’jalik xarajatlari uchun berilgan bo’naklar»; 4290-«Xodimlarga berilgan boshqa bo’naklar». Korxona xodimlariga sababi ko’rsatilgan arizalari bo’yicha kelgusidagi mehnat haqlari yuzasidan beriladigan barcha bo’naklar 4210-«Mehnat haqi bo’yicha berilgan bo’naklar» schyotida ularning alohida turlari bo’yicha hisobga olinadi. Xizmat safari uchun berilgan bo’naklar 4220-«Xizmat safarlariga berilgan bo’naklar» schyotida hisobga olinadi. Xizmat safarlari xarajatlari uchun bo’naklar O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 16-maydagi 12/17-sonli qarori talablari bo’yicha korxona rahbarining xizmat safari to’g’risidagi buyrug’iga asosan keyinchalik hisobot topshirish sharti bilan naqd pulda yoki xodimning bank plastik kartasiga pul o’tkazib berish orqali beriladi. Xizmat safari va boshqa maqsad xarajatlari uchun berilgan bo’naklarning sarflanmay qolgan qismi xizmat safari yoki ishlatish muddati tugaganidan so’ng 3 ish kunidan kechiktirmay tashkilot kassasiga naqd pulda qaytariladi. Agar hizmat safari va boshqa maqsad xarajatlar uchun berilgan bo’naklar xodimning plastik kartasiga o’tkazib berilgan bo’lsa, mablag’larning sarflanmay qolgan qismi to’lov terminali yoki xodimning arizasiga asosan bank orqali 5 ish kuni ichida qaytariladi. Ilgari olingan mablag’lar bo’yicha hisobot topshirilmasdan, keyingi xizmat safari uchun mablag’lar berilishi taqiqlanadi. Xizmat safariga bo’nak quyidagi maqsadlar uchun beriladi: 1. Safar joyiga borib-kelish uchun yo’l xarajatlariga; 2. Yeb-ichishga; 3. Turar joy uchun. Safarga borib kelish yo’l xarajatlari va turar joy uchun to’lovlar haqiqiy sarflarni tasdiqlovchi hujjatlar bo’yicha, agar tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo’lmasa belgilangan me’yorlar bo’yicha beriladi. Korxona rahbari me’yorlardan ortiqcha to’lashga ruxsat berish huquqiga ega. Shuningdek korxona rahbari maxsus topshiriqni bajarish uchun qilinadigan sarflar uchun ham bo’nak berishi mumkin. Bunday bo’naklar korxona foydasi hisobidan qoplanadi. Xorijga xizmat safariga yuborilayotgan xodimga O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2000-yil 7-fevralda 16-son bilan tasdiqlangan «Vazirliklar, idoralar, korxona va tashkilotlarning xodimlarini O’zbekiston Respublikasidan tashqariga xizmat safariga yuborilganda xizmat safari xarajatlariga mablag’lar berish tartibi»ga (5.06.2000 yil 932-son bilan ro’yxatga olingan) muvofiq, chet el valyutasida bo’nak beriladi. Valyutada berilgan bo’nak O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining o’sha kundagi kursi bo’yicha so’mga aylantiriladi va so’mda alohida hisobga olinadi. Hisobdor shaxslar safardan qaytganlaridan keyin 3 ish kuni ichida safar xarajatlari bo’yicha «Bo’nak hisoboti» taqdim etishlari kerak. Hisobotga xarajatlarni tasdiqlovchi barcha hujjatlar (transport chiptasi, mehmonxona kvitantsiyalari va boshqa hujjatlar) ilova qilinadi. Hisobot buxgalteriyada mantiqan va arifmetik jig’atdan tekshirilgandan keyin hisobdor shaxs xarajatlari korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Tasdiqlangan hisobot xizmat safari uchun berilgan bo’naklarni buxgalteriya hisobini tashkillash uchun asos bo’ladi. Korxonada qiymati bo’yicha uncha katta bo’lmagan xo’jalik jihozlarini, kontselyariya tovarlari, kir yuvish vositalari, sanitariya-gigiena vositalari va boshqa xo’jalik maqsadlari uchun zarur bo’lgan anjomlar (faroshlar uchun beriladigan vositalar) ni naqd pulga olish uchun ruxsat berilgan. Bu maqsadlar uchun keyinchalik hisobot berish sharti bilan tsex boshliqlariga, ombor mudirlariga, ekspeditorlarga va ho’jalik bo’limi xodimlariga bo’naklar beriladi. Umumxo’jalik maqsadlari uchun berilgan bo’naklar 4230-«Umumxo’jalik xarajatlari uchun berilgan bo’naklar» schyotida hisobga olinadi. Xodimlarga boshqa har qanday maqsadlar uchun berilgan bo’naklar 4290-«Xodimlarga berilgan boshqa bo’naklar» schyotida hisobga olinadi. Xodimlarga, mehnat haqi yuzasidan, safar va umumxo’jalik xarajatlari uchun hamda ularga berilgan boshqa bo’naklar quyidagi buxgalteriya o’tkazmalari bilan rasmiylashtiriladi: 1. Korxona kassasidan va bankdagi boshqa schyotlardan berilgan bo’nak summalariga: Debet 4200-«Xodimlarga berilgan bo’naklarni hisobga oluvchi schyotlar» schyotining tegishli ikkinchi tartibli sintetik schyoti, Kredit 5010-«Milliy valyutadagi pul mablag’lari», Kredit 5020-«Chet el valyutasidagi pul mablag’lari» Kredit 5100-«Hisob-kitob schyotidagi pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar» schyotining tegishli ikkinchi tartibli sintetik schyoti Kredit 5610-«Pul ekvivalentlari (turlari bo’yicha)» 2. Tasdiqlangan xarajatlar, o’larning sarf yo’nalishi va mazmuniga qarab quyidagi buxgalteriya o’tkazmalari bilan rasmiylashtiriladi: Debet 2010-«Asosiy ishlab chiqarish» Debet 2310-«Yordamchi ishlab chiqarish» Debet 2510-«Umumishlab chiqarish xarajatlari» Debet 2610-«Ishlab chiqarishda yaroqsizlik» Debet 2710-«Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar» Debet 9400-«Davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar» schyotining tegishli ikkinchi tartibli sintetik schyoti Debet 3190-«Boshqa kelgusi davr xarajatlari» Debet 0700-«O’rnatiladigan asbob-uskunalarni hisobga oluvchi schyotlar» schyotining ikkinchi tartibli sintetik schyotlari bo’yicha Debet 0800-«Kapital qo’yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar»schyotining tegishli ikkinchi tartibli sintetik schyoti Debet 1000-«Materiallarni hisobga oluvchi schyotlar» schyotining tegishli ikkinchi tartibli sintetik schyoti Debet 2900-«Tovarlarni hisobga oluvchi schyotlar» schyotining tegishli ikkinchi tartibli sintetik schyoti Debet 3190-«Boshqa kelgusi davr xarajatlari» Kredit 4200-«Xodimlarga berilgan bo’naklarni hisobga oluvchi schyotlar» schyotining tegishli ikkinchi tartibli sintetik schyoti. Korxona xodimlariga berilgan bo’naklarni hisobga oluvchi schyotlar bo’yicha analitik hisob alohida hisobdor shaxslar va har bir berilgan bo’nak bo’yicha alohida olib boriladi. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling