Naqd pul bilan berilgan dividendlarni hisoblash va hisobga olish.
Qurilish bilan shug’ullanadigan «Madad» aktsiyadorlik jamiyati umumiy yig’ilishi 400000 so’m dividendni naqd pul bilan to’lashga qaror qabul qildi.
1. Foydani taqsimlash hisobiga binoan ta’sischilar umumiy yig’ilishida tasdiqlangan miqdorlarda korxona foydasidan ajratilga dividend summasiga:
Debet 8710-«Hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)»-400000 so’m
Kredit 6610-«To’lov uchun dividendlar»-400000 so’m
2. To’lov uchun hisoblangan dividend summasiga:
Debet 6610-«To’lovlar uchun dividendlar»-400000 so’m,
Kredit 9010-«Tayyor mahsulotlarni sotishdan olinadigan daromad»-340000 so’m
Kredit 6410-«Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzlar»-60000 so’m
3. Hisoblangan dividend berilganda:
Debet 6610-«To’lovlar uchun dividendlar»-400000 so’m
Kredit 5010-«Milliy valyutadagi pul mablag’lari» yoki
Kredit 5110-«Hisob-kitob schyoti»-400000 so’m
4. Dividenddan hisoblangan daromad solig’i soliq idoralariga o’tkazib berilganda:
Debet 6410-«Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz (alohida turlari bo’yicha)»-60000 so’m
Kredit 5110-«Hisob-kitob schyoti»-60000 so’m
Korxonaning butun faoliyati davomidagi zarar, dividendlar bo’yicha to’lovlar hamda sof foyda3 summasini ifodalovchi jamlangan foyda 8720-«Jamg’arilgan foyda (qoplanmagan zarar)» schyotida hisobga olib boriladi.
Aktsiyadorlik jamiyatlarida sotib olingan xususiy aktsiyalar hisobi. aktsionerlik jamiyati quyidagi sabablarga ko’ra o’z aktsiyalarini qayta sotib olishi mumkin:
1. Aktsiyalar kursini maqbul darajada ushlab turish uchun;
2. Qolgan aktsiyalarga to’lanadigan (beriladigan) dividendlarni oshirish uchun;
3. O’z xodimlari orasida aktsiyalarni tarqatish yoki qolgan aktsiyalar nominal qiymatini oshirish uchun;
4. Boshqa firmalar tomonidan aktsiyalarning sotib olinishiga nazorat o’rnatish uchun.
Sotib olingan xususiy aktsiyalar ustav kapitali schyotiga nisbatan kontrpassiv hisoblangan 8610-«Sotib olingan xususiy oddiy aktsiyalar» schyotida hisobga olinadi. Bu schyotning qoldig’i aktsionerlik jamiyatining ustav kapitalini kamaytiradi. Shuning uchun balans tuzishda balansning ustav sarmoyasi moddasidan ayrib tashlanadi va balansda ko’rsatilmaydi.
Xususiy aktsiyalar sotib olinganida quyidagicha provodka beriladi:
Debet 8610-«Sotib olingan xususiy oddiy aktsiyalar»,
Kredit 5110-«Hisob-kitob schyoti».
Aktsiyadorlar qaroriga ko’ra ustav kapitali hajmini sotib olingan aktsiyalar nominal qiymati summasiga ularni yo’q qilish yo’li bilan kamaytirish mumkin. Bu quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi bilan rasmiylashtiriladi:
Debet 8310-«Oddiy aktsiyalar»
Kredit 8610-«Sotib olingan xususiy oddiy aktsiyalar»
Do'stlaringiz bilan baham: |